Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №35 Agar erkak ayolga pol lattadek munosabatda bo`lsa, birinchi uchrashuvdayoq unga o`zi uchun pul to`lashiga imkon beradi. Va u hech qachon uning orzusidagi qizga aylanolmaydi. Radoimuloqotlaarimdan birida shunday hodisa bo`ldi. Bir ayol studiyaga sim qoqib, erkak kishi u uchun to`lashiga ruxsat berishi kerak yoki yo`qligini so`radi. “Munosabatning ilk bosqichida, albatta”, - deb javob berdim. Shunda studiyada qarshimda o`tirgan erkak va ovoz muhandisi birvarakayiga “Bu adolatdan emas”, - deb qichqirib yuborishdi. Men ularga javoban “Bu adolatdan. Ado-lat-dan”, - deb javob berdim. Men bu erkaklarni juda yaxshi tushunardim. Erkak bilan bir xil ishlab u bir dollar, ayol bo`lgani uchun buni 36 sent olishi adolatdanmi? Ko`krakni baland ushlash uchun siynaband taqib siqilishimiz, baland poshnali tufli kiyishimiz adolatdanmi? Bolani qornimizda to`qqiz oy ko`tarib yurib, keyin tug`uriq azobini tortishimiz adolatdanmi? “San to`la”, “Man to`la” qilib maydalashib yurmay hech bo`lmasa bu borada sal erkakka o`xshashsa. yomon bo`lmasdi. Erkak kishi kechki ovqatga taklif qilganda uning tanlovini va sa`y-harakatini qadrlashingiz juda muhim. Uning didini, buyurtma qilgan ovqatini, sharobni va tanlagan restoranini maqtab qo`ying. Agar nimadir yoqmasa, yaxshisi bunga to`xtalmang. “Tentak tulki” erkakni qancha kam tanqid qilsa, shuncha yaxshi ekanini biladi. Mana u nega hecham arralamaydi. Buning o`rniga u taktika qiladi. Masalan, yoringiz kiyimini shundoq yechib polga irg`itib ketsa, uni koyimang. Ertalab turganida o`zi uni olib qo`yadi. Keyin esa kiyimlarini joyiga ilishni o`rganadi. Uni paypog`-u ich kiyimlari hamma yoqda yoyilib yotgan bo`lsa-chi? Ayb o`zingizda, kim aytdi sizga qopqoqli kir solgich oling deb ( uni ochish biram qiyinki). Usti ochiq idish oling va burchakka joylashtiring. Endi sizni tabriklasa ham bo`ladi. U uchun o`ziga xos basketbol korzinasi yaratdingiz. Mo`ljalga to`g`ri tushgan har bir iflos paypoq uchun ikki ball. Hojatxona qog`ozini tugaganda nuqul siz almashtirasizmi? Yoringiz bunga mutlaqo e`tibor qilmasligi g`ashingizni keltiradimi ? Ko`nglingizni cho`ktirmang. “Tentak tulki”ning uddalamagan ishi yo`q. Yakshanba kuni ertalab yoringiz sport gazetasini qo`ltiqlab hojatxonaga yo`l oladi. Mutolaa bilan juda band bo`lgani uchun yigirma daqiqagacha hojatxona qog`ozi tugab qolganini bilmaydi. Eng so`nggi futbol matchlari natijalaridan xabar topib bo`lganidan keyin mutolaani tugatib, sizni chaqira boshlaydi: “Azizam, azizam! Meni eshitaypsanmi?” Javob bermang. Shu paytda blender yoki idish yuvish mashinasi yoqib yuboring va tonggi quyoshdan bahra olish uchun tashqariga chiqib keting. Quyosh charaqlamoqda, gullar ochilgan, qushchalarning sayrashini aytmaysizmi (qiziq, qo`shimcha qog`oz ruloni uning yonginasidagi shkafda turishini anglashi uchun qancha vaqt kerak bo`lar ekan). Agar er uy yumushlarida mutlaqo yordam bermasa, “tentak tulki”: “Uyingizda qo`lim kosov, sochim supurgi, xizmatimni butun umr to`lasangiz ham oqlay olmaysiz“, deb shikoyat qilib yurmaydi. Buning o`rniga uyga xizmatchi yollaydi. Qarang, naqadar oddiy. Agar yoringiz sizga haq to`lashni istamasa, unda boshqa birovga to`laydi. Shunday to`laydiki, sizning ko`zga ko`rinmas xizmatingiz bebaho ekanini tushunadi. “tentak tulki”ning ajoyib taktikalariga yana bir misol. Mening dugonam Sherron eri va bolalarining ortidan uy yig`averib joni halak bo`lardi. Hech bo`lmasa haftada bir marta unga kimdir yordam berishini istardi. Haftada 50$ to`lashni istamagani uchun eri bunga mutlaqo qarshi edi. Vaholangki, bunga imkoni bor edi. U yordamchini bir oyda bir martadan ortiq kelmasligini talab etardi. Dugonam “tentak tulki” roliga o`tdi va rozi bo`ldi. U chek qog`ozlarni qalbakilashtirishni boshladi, ya`ni har haftadagi harajatlari miqdorini 50$ ga oshirdi. Albatta, erning xohishiga qarshi o`laroq yordamchi haftada bir marta kelaverdi. Xonadon tinch, bahsga o`rin yo`q, Sherron esa orasta uyda biroz yengil nafas olish imkoniga ega bo`ldi. “tentak tulki”ning shiori to`qnashuvlarni mohirona aylanib o`tish. Muhimi: Nima desa to`gri deyish. Hech narsani tushuntirib yurmaslik. Keyin esa o`z bilganidan qolmaslik. Ana shunda hayot ancha yengillashadi. “tentak tulki”ning donoligiga yana bir misol, u erkak zoti bilan vannaxonani bo`lashmaydi. Birinchidan, mehmonlar uchun sochiq yoki naqshinkor bezakli sochiq degan tushunchalar erkaklar uchun yot. Ular uchun sochiq bu sochiq, hammom sochiqdan plyajda ham, mashina yuvishda ham, iflos qo`llarni artishda ham foydalansa bo`laveradi. Yumshoq chiroyli kashtalar bilan bezatilgan pushti rang sochiqni yoringiz garajga olib kirib ketmas deb o`ylasangiz, qattiq yanglishasiz. Siz yuz artadigan sochig`ingizni pol latta o`rnida ishlatmaydi deb orzu qilayapsizmi? Unda erkaklarni yaxshi bilmas ekansiz. Bahslashmayman erkaklarniyam orasta, farosatlilari uchrab turadi. Ammo ularning asosiy qismiga mansub bo`lgani bilan bir vannaxonadan foydalanish do`zax azobining o`zginasi. Siz vannaxonani tozalab chinniday qilib chiqaningizdan 10 daqiqia o`tib, u kiradi, shunda suv zarrachali hamma yoqqa sachraydi. U yer zumda tozalnishdan avvalgi holga qaytadi-qoladi. Bu uy morji bilan bitta hammomdan foydalanish bir xil. Ruhshunoslar va zoologlar birlashib nega erkak zoti suv sachratishining sababini aniqlaganlaricha yo`q. Olimlar bu muammoni bartaraf qilgunlariga qadar vannaxonangiz alohida bo`lishi kerakligini aytib turib oling. “tentak tulki” uy-joyni adolatli taqsimlashni yaxshi biladi. Erkakka shkafni 20 foizini ajratadi, ammo evaziga butun garaj va yerto`lani unga topshiradi. Yana o`t o`radigan mashina, avtomobil, qo`ra va boshqa asbob-anjomlar erning nazorati ostida bo`ladi. Unutmang, erkak zoti o`z sarhadiga ega bo`lishni hush ko`radi, shuning uchun hovli ham unga bo`la qolsin. Ana endi siz bemalol yotoqxonani o`z -o`zngizniki deyishingiz mumkin. Yaponlarda ajoyib maqol bor: “Aqlli burgut hecham tirnoqlarini ko`rsatmaydi”. Amerika ayollari yapon ayollarining eriga bo`ysungani va nuqul bir qadam ortida yurgani uchun yoqtirishmaydi. Biroq yapon erkaklari hamma topgan-tutganini uyiga olib boradi va xotiniga topshiradi. Barcha harajatlarni ayol nazorat qiladi, nimaga qancha ishlatishni ham u hal qiladi. Yapon ayollarining nega orqada yurishining asl sababi ular og`ir hamyon bilan quruq cho`ntakli eriga yetib olishlari oson emas. Yoringiz o`zini “haq” deb his etishi uchun, go`yoki g`oya undan chiqqandek tassavur uyg`oting. Yodda tuting, har doim hamma narsani u o`ylab topgan. Bu fikr sizdan chiqqan bo`lsa ham, bu unikiligiga ishontiring. Do`stlar yoki qarindoshlar davrasida u aytishi kerak bo`lmagan gapni gapirib yuborsa, bundan fojia yasamang. Erkak o`zini oila boshlig`i ekanini ko`rsatishni istaydi. Do`stlar davrasida uning gapiga tuzatish kiritmang, uning erkaklik g`ururini yerga urmang. Bolasini avalayotgan onadek munosabatda bo`lmang. U odamlar orasida o`z hurmatini asrab qolishni istaydi, bunga imkon bering. Agar unga aytib tashlaydigan gapingiz ichingizga sig`mayotgan bo`lsa, unda holi qolguningizcha sabr qiling. Buni yuzma-yuz hal qiling, also odamlar orasida emas. Agar u be`mani gaplarni valdiryaotgan bo`lsa-yu, ammo uninng sizga zarari bo`lmasa, ahamiyat bermang. Sizning shundan bo`lak qiladigan ishingiz yo`qmi? “tentak tulki” buni yaxshi biladi. U arzimagan narsani deb bahslashib yurmaydi, ayniqsa, bu ga`labadan hech narsaga ega bo`lmasa. U o`z foydasini yaxshi biladi, bo`lar-bo`lmasga pachakilashib yurmaydi. U o`z hukmronligini saqlashni biladi, ammo hecham yoriga buni sezdirmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling