Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №49 To`la itoatkorlik va emotsional bo`gliqlik uni sizdan sovutadi. Erkak o`z shirinlik bo`lagini olish imkoni borligini payqaydi va darhol yeb qo`ya qoladi.Bu imkonni bermay ko`ringchi u bor kuchi bilan sizni ko`nglingizni olishga urinadi. Keling ayol it kabi halqadan itoatkorona sakraganda nima bo`lishini ko`rib chiqamiz. Sizga klassik senariy. Sara Mikki bilan uchrashish uchun samoletga chipta sotib oldi. Mikki bu shaharga tatilida kelganida bir marttagina uchrashishgan edi. Bir oy telefonda gaplashib va elektron pochtadan hat almashgandan so`ng Sara bildiki bu uning orzusidagi inson. Sara u bilan yana bir martta uchrashmoqchi bo`ldi. Chipta to`rt yuz dollar turardi. Mikki mehmonhona harajatlarnini to`laydigan bo`ldi. Motel harajati qirq dollarni tashkil etardi. Mehmonhonada birga qolishdi, shubhasiz qiz bunga osonlik bilan rozi bo`ldi. Keyin u qizni nomer harajatlari ichiga kiradigan qahvahonaga taklif etdi. Honaga qaytishganda esa yigit go`yoki hech kim yo`qdek futbol chempionatini tamosha qildi. Ajoyib uchrashuv shunday emasmi? Na musiqa va na shamlar hech qanday romantika ham yo`q. Bu uchrashuvni romantik deyishga til ham bormaydi. Ikki kunlik shunday romantikadan so`ng ikkovilari ham tezroq bir birlaridan qochib qutulishni hohlab qolishdi. Ana endi moliyaviy tahlil olib boramiz. Erkak juda ko`p ovqat, juda ko`p mehr muhabbat , va qiziqarli matchni bor yo`g`I qirq dollarga oldi. Qiz esa samolyotda yeb ketish uchun 2 qog`oz haltada yeryo`ng`oqli bo`ldi. Har birida ikki yarimtadan jami beshta yer yong`oq. Natija ko`ngilni tinchlantiradigan emas albatta. Yomon qiz bunday holatga tushib yurmaydi. U erkak ke desa chopib bormaydi. U bilan uchrashmoqchi bo`lsa erkakni o`zi keladi. Va uni uyga yaqinroqdagi biror mehonhonada to`htashini so`raydi, uyiga kirga`zib olmaydi. Yahshi qiz buyurilsa olovli halqadan sakrashga tayyor hukmdorining ko`ngli nima tusasa shunga rozi, chunki shunday qilsam unga ko`proq yoqaman deb o`ylaydi. Erkak ega bo`lmagan narsasiga qiziqadi,va unga erishish uchun harakat qiladi. Yahshi qiz unga qattiq gapira olamydi ahir u “orzusidagi shahzodasi”, “ osmonlarda bitilgan bahti”. Ammo bularning bari be`mani ertak yanayam aniqrog`I zararli ertak, chunki shularga ishonib qiz bu yigitni o`z olami markaziga aylantiradi. Ayolalrni oqibatini o`ylamay munosabatga kirishishlarining boshqa bir sababi bu qo`rquv. Meri shunday hikoya qiladi: “ Men yigitimga hech yo`q deya olmayman. Meni uni uyi olidga kelamanu uni ishdan qaytishini mashinamda o`tirib kutaman. Keyin birga ovqatlanamiz, men unikida alamahalgacha qolib ketaman, vaholangki vaqtli turishim kerak. Ertasiga o`zimni suvi siqib olingan limondek holsiz sezaman” Men Meridan nega yigitiga : “Azizim men charchadim, uyimda biroz dam olay” deya olmasligini so`radim. U esa :”unda meni tashlab ketishidan qo`rqaman. Uydayam baribir uhlay olmayman qaysi qiznikiga ketdi ekan deb o`ylab” dedi. Yomon qiz erkakni yo`qotishdan hecham qo`rqmaydi, chunki u o`z qadri va bahosini yahshi biladi, agar u tashlab ketsa o`ziga qiyin u ayolni yo`qotgan hisoblanadi. Ayol ehtiyotsizlik qilib arzimaygan mayda chuydalarda o`zini yerga uradi ammo ana shu mayda narsalar yig`ilib qor uyirini tashkil etadi va butun vazni bilan ayolni bosib qo`yadi, natijada u o`zini tushkun his etadi. U erkakni hayotining markaziga qo`yib yanglishadi, va bu xatosi tufayli u o`z kundalik ehtiyojlaridan ham voz kechadi. U borgan sari holdan toyayotganini sezib turadi ammo erkak bu fidoiylikni qadrlaydi va qaytaradi deb hisoblab bor kuchi bilan urinishda davom etadi. Erkak esa uni o`zini qurbon qilib yuborishga tayyor ekanini sezib hotirjamlashadi chunki endi u hamma hohlagan narsasiga erisha olishini biladi. Ayol esa uni hotirjamlashganini ko`rib yoqmay qoldimmi deb hayol qilib sarosimaga tushadi va qayta qayta olovli halqadan sakrayveradi. Ayolning iztiroblari esa oshib boraveradi. Qanday qilib bu holatdan chiqish mumkin. Faqat bir yo`l bilan- puch orzu hayyolardan voz kechib. Munosabat uchun nimadandir voz kechib yoki nimanidir sarf qilganingizda o`zingizni ranjigandek his etsangiz ortiq bunday harakat qilmang.o`zingiz chin dildan hohlaganingizdagina munosabatga qandaydir ulush qo`shing. Ana shunda ikkita oyog`ingiz bilan yerda mahkam turasiz. Bolalar bog`chasida bizga o`rgatilgan oltin qoidani elslaysizmi? Bu nazairyada hammasi zo`r ammo real hayot o`z talablarini ilgari suradi. Keling o`zgartiramiz… Bilan… Senga qanday munosabatda bo`lishlarini istasang boshqalarga shunday munosabatda bo`l Boshqalarga yahshilik qil, qachonki ular bunga loyiqligini isbot etishganda Muhabbat hamisha g`olib Agar bor yo`gingni berib yuborsang Muhhabat seni maxv etadi Bergan qo`l olgandan yahshiroq Afzali ham berish ham olish Hayriyani o`z uyingdan boshla Uyda hech qanday hayriyaga o`rin yo`q Barcha yahshi narsalar ohiri bilan Yakuni ezgulik bilan yakun topishi uchun qayg`uradiganlarda hamma narsa yahshi Yaqiningni sev Avval o`zingni sevishni o`rgan shunda seni atrofingdagilarga sen bilan birga yashash oson va maroqli bo`ladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling