Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №46 
  Ayol erkak aytgan mezonlarga mos bo`laman deb urinishni boshlashi bilanoq  
o`rtadagi munosabat sifatini tushira boradi. 
Ayol o`zligini yo`qotib o`z dunyosidan uzoqlashib ketmas ekan, erkak unga intilaveradi. 
O`z hayotini o`z qoliga olgan ayolni ko`rgan erkak nogohon uning tanlovi, didi, unga 
nima yoqishi  bilan qiziqa boshlaydi, va qay yo`l bilan uni hursand qilish haqida 
o`ylaydi. 
Ayollar osonlik bilan rejalagan ishlarini bekor qilib yuborishadi. Erkaklar hecham oshna 
og`aynilar bilan o`tirishga bormasdan qolmaydi.Ular ishini tashlamaydi,uyqu va 
ovqatdan voz kechmaydi. Tabiyki ular huddi shunday yo`l tutadigan ayolalrni hurmat 
qilishadi. Ya`ni  o`z qiziqishlarini qadrlaydigan va ularni qurbon qilmaydigan. 
Erkak kishi o`z sartaroshiga qo`ng`iroq qilib “Sem  kel 2 45 dagi soch kestirishni bekor 
qilib turaylik. Dugonam  Salli bilan biroz gaplashay devdim” deganini hech 
eshitganmisiz. Bunaqasi also bo`lmaydi. Sizni hozirgina qanchalik unga mehr berib, 
qanday hunarlar ko`rsatganingiz ahamiyatsiz, yoringiz ropa rosa 2-45 da Semni 
huzurida bo`ladi. Erkaklar osonlik bilan romantikadan real hayotga o`ta olishadi. 
Yomon qiz ham huddi shunday qiladi. Yomon qiz u bilan uning tilida gaplashadi. Yahshi 
qiz esa judaym bog`lanib qoladigan. U buni oqlash uchun “U meni deb aqldan ozadi” – 
deydi. U aqldan ozsa ozgandir ammo siz boshingizni yo`qotishingiz mumkin  emas, 
faqat shu yo`l bilan o`z hayotingizni bekasi bo`la olasiz. 


Hatto avtomobillar poyagasida ham g`ildirak almashtirish uchun biroz to`htab tin 
olishadi, yo`qsa marraga kelganda to`htay olmaydi. Erkaklar keyin nima bo`lishi haqida 
hecham o`ylashmaydi,mabodo tezlik nazoratini ularga topshirilsa, munosabatingiz 
halokatga yuz tutadi. Agar shamni ikki tomonidan yoqsangiz, tez yonib bitadi. Mana 
nega munosabat ritmi va tempini faqat ayol kishi nazorat qilishi kerak. Yo`qsa u sizni 
huddi sirkdagi o`rgatilgan itdek halqadan sakrashga majbur qiladi. Yana qaytaraman u 
sizni ko`rmasa turolmaydimi, ajoyib insonmi, siz ham uni yoqtirasizmi farqi yo`q 
vaqtingizni  borini unga sarflamang. O`zingiz uchun ham ozgina vaqt qolsin. 
Endigina tanishgan paytlaringizda u birga o`tkazish uchun taklif etgan vaqtning uchdan 
ikkisini  unga ajrating. Qolgan bir qismida esa o`z shahsiy ishlaringiz bilan shug`ullaning. 
Qachon qo`ng`iroq qilarkin deb hayol surib  uyda o`tirmang. Esda tuting bunday hatti 
harakat uni boshqarish uchun  emas, balki sizni realikdan uzilmasligingizni ta`minlash 
uchun. U bilan uchrashishdan avval qanday turmush tarzida yashagan bo`lsangiz keyin 
ham uni saqlab qoling.O`z ritmingizni yo`qotish bilan ruhiy muvozanatni ham 
yo`qotasiz shuning uchun unga bog`lanib qolasiz. 
Meni hamhonam Geyl buni juda yahshi o`zlashtirib oldi. U tez tez telefonini o`chiradi 
va qo`ng`iroqlarga javob bermaydi. Agar u ishdan charchab kelgan bo`lsa barcha 
uchrashuvlarni bekor qiladiyu, uyda hotirjam dam oladi. Bir qadah sharobni quyib 
divanga yonboshlab kitob o`qiydi yoki televizorda biror film ko`radi. Geylni oshiqlari  
esa har doimgidek yetarli. 
Men sizni manmanlik va takabburlikka chaqirmayapman. Aslida ayol dimog`dor 
mag`rurligini ushlab turaman deb o`z tabiyligini yo`qotadi. Chunki  u judaym  o`ziga 
ishongandek ko`rinish uchun qattiq urinadi. 
Gregori Korso aytganidek “Muyulishda turib ammo hech kimni kutmayotganingda o`z 
kuchingi his etishishing mumkin” Hech kimni kutmayapsiz demak hech kimga 
ehtiyojingiz yo`q. Agar erkaklarga nisbatan shunday munosabat qilinsa, ular sizning 
shartlaringizga ko`ra o`ynay boshlaydi. Eng avvalo erkaklarni ko`nglidagidek bo`lishga 
urinishni to`htating, keyingina sizni hohishlaringiz qondiriladi. 
Linn plastik jarroh Kevin bilan uchrashishni boshladi.Ikkoviyam o`z shahsiy kvartirasida 
yashardi. Oqshomlardan birida Linn u uchun kechki ovqat tayyorladi. Kevin ohirgi 
daqiqilarda qo`ngiroq qilib boshqa bir jarroh bilan o`rin almashgani uchun kela 
olmasligini aytdi.Ovqat allaqachon tayyor edi, qo`ngiroq aytilgan vaqtga yarim soatgina 


qolganda  bo`ldi.Vaqtliroq aytganida shuncha urnalmasdi, tinchgina dam olgan 
bo`lardi. 
Linn mana shu yerda olovli  halqadan sakrab hato qildi. Chunki  u Kevin uchun ertasiga 
ovqat tayorlab berishini aytdi. Kamiga yana unikiga borib pishir kuydir qiladigan bo`ldi. 
Ho`sh bu holatda nima qilish kerak edi?  Linn: Ha? Mayli Kevin  hammasi joyida. Afsus 
kela olmas ekansan. – deyishi kerak edi.  
Erkak ayolga yetarlicha hurmat ko`rsatmaganda  ham ayol bunga ko`nib ketaversa, u 
ohiri bilan o`z hurmatini yo`qotadi. Tabiyki ertasi kuni Linn Kevinnikiga keldi, ammo 
uning fidoyiligi yetarlicha baholanmadi, bundan dili og`ridi. Bu munosabat esa asta 
sekin barham topdi. 
Yomon qiz har doim o`z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo`yadi. U ni “yoq” 
javobi yo`qni bildiradi, “ha” si esa to`la va samimiy rozilikni. Gap qo`ppolik yoki 
e`tiborsizlik haqida ketmayapti. Muhimi ochiq bo`lish . Siz muloyim bo`lish bilan birga 
ochiqqina ham bo`lishingiz mumkin. O`z nima hohlayotganini aniq biladigan va ayta 
oladigan ayolalrga erkaklar hurmat bilan qarashadi. Agar erkak uchrashuvga 
kechikayotgan b`olsa u achchiqlanadi chunki bu hatti harakati bilan unga noqulaylik 
tug`dirdi. Achchiqlanishni emotsional ta`sirlanishdan farqi bor. U darhol: “ Meni 
vaqtimni bekorga isrof qilma, kechikayotgan bo`lsang oldindan aytib qo`y men 
rejalarimni o`zgartiray.Meni seni kutishdan ham bo`lak qiladigan ishlarim bor” deb 
noroziligini namoyish etadi 
Kelasi safar kechikkanida u o`n besh daqiqia kutadiyu keyin usiz ketadi.Yomon qiz 
uchun o`z qadriyatlari muhim, u o`z vaqtini qadrlaydi. U o`z manfaatlaridan hecham 
voz kechmaydi. 
Shunday vaziyatga tushganingizda o`zingizga savol bering: - Mening hatti haraktim 
unga qanday ko`rinadi? Bu hatti hakat bilan unga nimani tushuntirib qoymoqchiman? 
Sizni haqiqiy  ta`sir kuchingiz quyidagilardan tashkil topadi 
•O`z ritmini anglash va unga monand yashash  
•O`z “Men”I va o`z qiziqishlarini tushunish va nimaga toqat qila olmasligini anglash 
•O`z manfaat va hissiyotlarini unutmagan holda qaror qabul qilish qobiliyati. 
•O`zini idora qila olish, chunki haqiqiy kuch o`z hayotini idora qila olishdadir 


O`z hayotingizni o`zingiz idora qilganingizda , oh vohlarga o`rin qolmaydi. 
Qatiyatingizni namoyon qiling shunda o`zingizga o`zingiz bekaligingizcha  qolasiz.  Va 
ayni vaqtda yoringizni ham bekasiga aylanasiz. 
 Bo`sh bayovlikdan dadillikka. 
Ayolni  juda ta`sirchan va boshangligi erkakni cho`chitadi, ayniqsa uni yahshi bilmasa. 
Yomon qiz dadilligi bilan ajralib turadi, u bilan suhbatlashish osonroq. Uni gapirishi 
erkaklar o`zaro so`zlashadigan dangalcha tilni eslatadi.  
Meni bir tanishim o`ta emotsional suhbatlardan erkaklar qanchalik qo`rqishi haqida 
ajoyib misol keltirdi. Shahsan uni endigina tanishgan ayolaridan kelgan oh vohli dil 
so`zlari bitilgan yorliqlar qo`rqitganini aytib berdi. 
Yana bir yigitga qiz nuqul she`r o`qirkan “Ular biram uzun va hissiyotga to`la edi. 
Ayrimlari esa qisqa va zerikarli. Ammo bularning bari bitta umumiy mavzuda edi. 
Ya`ni:”Azizim seni naqadar sevaman!” Va bu qiz she`riy satrlarini ko`z yosh bilan 
o`qirdi.Men har hil bahonalar bilan shu qizdan o`zimni chetga tortadigan bo`ldim” 
Meni uchunchi suhbatdoshim esa bir necha haftadan beri bir ayol bilan uchrashardi va 
o`z tajribasidan kelib chiqib shunday dedi: “ Har o`ttiz sekundda meni qanday sevishini 
aytishi shart emas. Ammo ayollar buni qayta qayta takrorlayverishadi. Bu huddi kakadu 
to`tisi bilan yurgandek gap … Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni 
sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman… Men seni sevaman…” 
Ayol kishi bor kuchi bilan munosabatni saqlab qolmoqchi  yoki mustahkamlamoqchi 
bo`layotganini erkaklar darrov sezishadi. Kitob javoningizga bir qaranga. U yerda 
shahsiy munosabatlarni mustahkamlashga oid o`nlab kitoblar turgandir. Balki sizni 
hayotingizda aynan erkakka ehtiyoj borligini yana boshqa narsalar sotib qo`yar. 
Erkak o`zini juda kerakli ekanini anglashi bilanoq o`yin tugaydi. Agar siz behosdan 
bunday hatoga yo`l qo`ygan bo`lsangiz unga o`lib turmaganingizni namoyish qilish 
bilan  ko`nglini qayta qayta zabt etishingizga to`g`ri keladi. Ahir sizni o`z hayotingiz bor. 
Undanda oldin paydo bo`lgan qadriyatlaringiz bor.  
 
Maftunkorlik omili 47 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling