Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Ish =pul=mustaqillik=tanlash huquqi= qadr qimmat


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Ish =pul=mustaqillik=tanlash huquqi= qadr qimmat 
 Erkak  o`ziga  Iqtisodiy  qaram  bo`lgan  ayolga  qanday  munosabatda  bo`lishini 
onalar  juda  yhshi  bilishadi.  Ayol  eri  uchun  quvonch  emas  balki  og`ir  yukka  aylanadi. 
Buni  anglagan  er  bu  munosabatni    ortiq  kurashish  zarur  bo`lgan  imtiyoz  deb    qabul 
qilmaydi. 
Bu  farzand  tarbiyasi  bilan  mashg`ul  ayollarga  taaluqli  emas.Gap  oila  haqida 
borganda  ayol  o`z  burchlarini  ado  etishi  kerak.  Bu  holda  erkak  uni  yuk  deb 
hisoblamaydi, chunki ayolning vazifalari unikidan kam emas. Erkak uy ishlaridan ko`ra 
ko`chadagi yumushini afzal bilgani uchun ham ayolga hurmat bilan qaraydi. 
Shart  sharoitni  tanlash  imkoniga  ega  ekansiz,  o`z  hayotingizga  o`zingiz 
bekaligingizcha  qolasiz.  Kuch  va  hokimiyatni  ham  saqlab  qolasiz.  Agar  ketgingiz  kelsa 
buyumlaringizni  yug`asizu  ketasiz.  Sizning  mustaqilligingiz  erkakni  sizni  ketishingizni 
istamsligiga  majbur  etadi.  Sizni  behurmat  qilishlariga  toqat  qilib  o`tirmaysiz.  Butun 
dunyo  maftunkorligi  yig`ilsada  shu  birgina  o`zini  hafa  qildirib  qo`ymaslik  imkonini 
o`rnini bosa olmaydi. 
O`z hayotingiz ma`suliyatini erga topshirganingizda  u o`zini qopqonga tushgandek 
his etadi. Siz bilan birgaligidan quvonchni emas, siz uchun masul ekanini his etadi.  Va 
bu  yukni  tortishga  uni  qurbi  yetmay  qolishi  mumkin.  Endi  u  ikkita  odam  uchun  oziq 
ovqat topishga, ikkta odam uchun uy topishga va ikki hissa to`lov to`lashga mahkum. U 
juda tez ikki baravar ma`suliyatning bosimini his etadi. 
Yomon  qiz  odatda  o`z  mustaqilligini  saqlab  qolishga  intiladi.  U    munosabatga 
shunday  kirishadiki  uni  hech  kim  yuk  deb  qabul  qilmaydi.  U  hecham  o`z  oyoq  qo`lini 
bog`lab bermaydi. 
Siz o`z qadr qimmatingizni har narsadan ustun qo`yishingizni erkak anglashi kerak, 
hatto  u  judaym  boy  bo`lsada.  U  shuni  bilsinki  bordiyu  sizga  yetarlicha  hurmat  bilan 
munosabatda  bo`lmasa    siz  yuklaringizni  yig`asizu    uni  shohona  qasridan  hech  o`ylab 
o`tirmay    o`zingizni  bir  honali  kvartirangizga  chiqib  ketasiz.  Bordiyu  qimmatbaho 
mashinada hurmatsizlikka toqat qqilishingizga to`g`ri kelsa siz “Mersedes Bens” o`rniga 
“Fiat  Puntoda”  yurishni  ma`qul  ko`rasiz.  Siz  o`zingizga  yoqmagan  narsalarga  toqat 
qilishga  majbur  emassiz.  U  hayotingizda  paydo  bo`lishidan  avval  ham  juda  yahshi 
yashaganingizni bilishi zarur. 


Odatda  siz  buni  unga  o`z  hatti  harakatingiz  bilan  ko`rsatasiz,  ammo  lozim  bo`lib 
qolsa bularni so`z bilan ham ifoda etishingiz mumkin.Masalan siz serial ko`rayapsiz va u 
yerda bahtiqaro ayol erdan qayta qayta kaltak yeyapti.Fursatdan foydalanib yoringizga 
tarbiyaviy  suhbat  uyishtirishingiz  mumkin.  Shunchaki  unga  o`giriling  va  ko`zlariga  tik 
boqib : “ Men bunday erkakni joyida o`ldirardim!” deng 
 
Maftunkorlik omili 77 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling