Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Tarjimondan
“Yomon qiz” sarlavhadagi bu nom har hil asostsiyalarni olib keladi. Ingliz tilida “bitch” rus tilidagi “sterva” so`zini o`zbek tiliga tarjima qilishda munosib so`z topolmay ancha qiynaldim.Kitobni qayta qayta o`qish davomida targ`ib etilayotgan ayol qiyofasi o`ziga ishongan, jasur, o`z hohishlarini aytishdan qo`rqmaydigan,o`z so`zini o`tkaza oladigan vaqti kelsa ayyor, o`ziga pishiq, birovni nog`orasiga o`ynamaydi kerak bo`lsa boshqalarni o`ynatadi, hayot ummonida erkin suzadigan eng muhimi hech kimga tobe emas balki unga boshqalar mushtoq, u erkakni yo`qotishdan qo`rqmaydi. Ayyor hudbin erka bu yomonni nima dey, dedimu beihtiyor onamni “yomonim”deb erkalashlari yodimgha tushdi. “Yomonsan ammo yahshi ko`raman” erka singlimga qarata aytilgan bu gaplar miyamda yarq etdi. Ha ha aynan yomon ijobiy ma`nodagi yomon. Barchaga birdek yoqishga urinayotgan zerikarli “yahshi”dan ko`ra, odamlar nima deyishini o`ylab o`zini o`zgartirmaydigan, jasur ,sho`h “yomon”. Uni ayrim ishlari chegarlaarga tog`ri kelmasligi mumkin ammo unda qaynayotgan hayotni ko`rib beihtiyor o`zingiz ham unga maftun bo`lasiz. Erkak zoti uchun jinsiy hayot birinchi navbatda turadi shuning uchun ham ularni buzuq ayolar o`ziga tortadi degan fikrga ko`pchilik ishonadi. Bu fikrda jon bor albatta. Ammo biror martta ham ular nimasi bilan tortishini o`ylab ko`rishmaydi. Natijada erni ushlab qolish uchun to`shakda sanat ko`rsatish kerak degan yanglish qarorlarga kelib qolishadi.Erkakka yoqish uchun buzuq bo`lish shart emas ammo nozik vaqtda odamlarni va erni ham nima deb o`ylashidan qo`rqmay, o`zidan qandaydir obraz yasamay, o`z hissiyotlariga erk bera bilish. Yomon qiz also buzuq emas. U o`z qadr qimmatini har narsadan ustun qo`yadi. U yolg`onchi ham emas halol o`yin o`ynaydi. U birinchi navbatda o`ziga sadoqatli.yahshilar yahshi degan ramkada qolib ketishadi yomon esa chegaralarini o`zi belgilaydi. Endi aytingchi bunday “yomon” ni sevmay bo`ladimi. Muallif va mutahasis sifatida amerikalik yozuvchi ayol yozgan bu kitobni o`qib butunlay maftun bo`ldim. Va qandaydir plogiat yozishdan tiyilib aslini sizga yetkazishga qaror qildim. Oqila, o`z qadrini biladigan hozirda butun dunyoni maftun qilayotgan o`zbek ayoli ummon ortidagilarni maslahatiga muhtojmikin. Kitobni o`qishdan avval men ham shunday fikrda edim. Ammo kitobni o`qib chiqib amerika ayolining o`ziga bo`lgan ishonchi , jasurligi, erkakni yo`qotishdan qo`rqmaslik, fikrini va hohishini anglash va izhor qila bilish jihatlaridan har qanday halq o`rnak olsa bo`lishini tushundim. Kitobdagi g`oyalar aynan g`arbga hos erkin munosabatlarni tanqid ostiga oladi va mustahkam oilaviy munosabatlarni qo`llab quvavtlaydi. Boshqa mentalitet butkul o`zgacha turmush tarzi, albatta maslahatlar ham shularga asoslangan. Bu nomutanosiblikni siliqlash maqsadida o`z izohlarimni va maslahatlarimni kitobga kiritdim.Munosabatlar bo`yicha mutahahsis sifatida meni qoyil qoldirgan ajoyib kitobni sizga taqdim etayotganimdan bahtiyorman. O`ylaymanki bu kitob sizning ham eng sevimli kitoblaringiz orasidan va ko`nglingizdan joy oladi. Birinchi bob Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling