Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №2
Erkaklar ularni deb devor oshishga tayyor ayollar alohida sifatga ega bo`lishlari mutlaqo shart emas. Odatda bunday ayollarni qarama-qarshi jins vakillari bilan ishiyam yo`q. Gap erkaklar bilan qandaydir o`yin o`ynash yoki ularni o`z nog`orasiga o`ynatish haqida ketmayapti. Siz avval aniqlab oling, siz haqiqatda ham talabchan va munosabatlarga tobemisiz yoki teng huquqli munosabatlar tarafdorimisiz? Muhimi har qanday munosabatlarda aslingizni saqlab qolishingiz, erkak uchun o`zlikdan kechmaslik. Agar xatti-harakatingiz bilan erkakka uning istaklariga bo`ysinishingizni bildirib qo`ysangiz nima bo`ladi? Shu zahotiyoq u sizni umidsiz holatda deb xulosa chiqaradi va qancha pastka tushishga tayyor ekaningizni ko`rishni istab qoladi. Inson tabiati shunaqa, darrov sinab ko`rgisi keladi. Siz qanchalik yuvvosh bo`lsangiz, uning talablari shunchalik ortib boraveradi. U sizni “dyurasel” batareykasidek qabul qiladi. “Qanchaga chidarkinsiz-a?” “Sizdan yana nimalarni olish mumkin?”degan savollar qiziqtiradi uni. Yaxshi qizlar erkaklar bilan munosabat o`zlari istagandek bo`lishi uchun yomon qizlar allaqachon egallagan bilimlarni bilishlari shart. Ko`nglini olish, istaganini muhayyo qilishga urinishingiz bilan erkaknig sizga bo`lgan hurmatini so`ndirasiz. Uning nazdidagi husni malohatingizni o`z qo`lingiz bilan barbod qilasiz. O`rtangizdagi munosabatning esa kelajagi yo`q, faqat uni yana qanchagacha cho`zishingiz mumkinligi ma`lum emas. Ko`pchilik erkaklar ularga yoqish uchun har kuyga tushadigan ayollarni yurakka o`t yoqadiganlar qatoriga qo`shishmaydi. Ziyoli ayol u bilan siyosat yoki iqtisod haqida suhbatlashib, erkakni aql bilan qo`lga kiritish mumkin deb oy`lab xato qiladi. “Aqlni shoshirish”ning umumiy mavzudagi suhbatlarga hech qanday aloqasi yo`q. Aqlini shoshira olishingiz siz erkakdan hurmat kutishingiz mumkinmi yo yo`qligini aniqlab beradi. Buni sizning unga bo`lgan munosabatingiz va uni yo`qotishdan qo`rqmasligingizni anglashi belgilab beradi, aqlli suhbatingiz emas. Yaxshi qizning xatosi esa erkak unga istagan vaqtida erishishi mumkinligini sezdirib qo`yishidadir. Men sen bilan o`yin o`ynashni istamayman deyishi bilan uni yo`qotishdan qo`rqishi ayon bo`ladi. Ana shunda erkak ayolga 100 foiz erishdim deb hisoblaydi. Aynan shu vaqtdan boshlab ayolda “Uning menga vaqti yo`q, u avvalgidek romantik emas”, degan nolishlar davri boshlanadi. U bilan bo`g`lanish borasida bizning qahramonimiz juda talabchan. U istasa u bilan bo`glana olasiz, uchrasha olasiz, istamasa yo`q. Buni u belgilaydi, erkak emas. Ammo erkak kim bilandir uchrashgisi kelganda birinchi bo`lib xayolga keladigan darajada maftunkor. Chunki u xushiga kelib qolsa, uchrashishga rozi bo`ladi-da. Bundan kelib chiqadiki, ayol erkakka to`laligicha tegishli emas, ya`ni u erishilmagan marra. Bir martagina ko`rishish uchun har narsaga tayyor ayol haqida nima deyish mumkin? Uning hech qayerga ketmasligini erkak aniq biladi. Ikkita uchrashuvdan keyin erkak do`stlari bilan uchrashadi, ishida ushlanib qo`ladi, qo`ng`iroq qilib belgilangan uchrashuvni keyinga qoldiradi. Ayol erkak bilan uchrashish uchun tunda qayerdandir yetib kelganida unga “yetkazib berish xizmati” degan neon lampali yorliq yetishmaydi xolos. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling