Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №5 
   Tobeligingizni  nomiyish  etish  bilan  erkakni  o`zingizdan  itarishga  erishasiz  xolos. 
Agar  erkak  yetisha  olmayotgan    biror  narsasi  bo`lsa,  u  to  bunga    erishmagunicha 
qo`ymaydi 
   Odamlarni manipulyatsiya qilish, g`irrom o`yin olib borish sirlarini   o`rgatish niyatim 
yo`q. Shunchaki siz inson tabiatini tushunib, unga mos harakat qilishni bilishingiz kerak. 
Erkak  har  doim  erisha  olmaydigan  narsasini  xohlaydi.  Unga  erishib  bo`lmaydigan 
ko`ringan  ayol  bilan  uchrasganda,  uni  “aqlni  shoshirish”  deb  qabul  qiladi.  U  bu 
chaqiriqni  qabul  qiladi  va  bor  kuchi  bilan  shu  ayolning  ko`nglini  zabt  etish,  g`alaba 
qozonish uchun kurashadi. Agar erkak ayolni qo`lga olishga urinsa-yu, shunga qaramay 
ayol    o`z  g`ururi  va  hurmatini  yo`qotmasa,  unda  voqealar  rivoji  o`zgaradi.  Sizga 
hozirgina yetarlcha e`tibor ham qilmagan erkak  endi oziga ishonishni boshlaydi. Men 
mana  shu  qizga  paypoqlarimni  yuvdirsam,  tushlik  tayyorlatsam    yoki  nimadir  qilib 
uning  diqqat-e`tiboriga  sazovor  bo`lsam,  deb  xayollar  qila  boshlaydi.  Unga  o`z 
tobeligingizni ko`rsatishingiz bilan ana shu erishilgan narsalar o`z qadrini yo`qotadi. 
   Ayollar  ko`pincha  yo`l  qo`yadigan  yana  bir  xato.  Ular  o`zlarini  pastga  urishadi. 
Uchrashuvda  siz  mo`ljallayotgan  plastik  jarrohlik  yoki  ozishingiz  kerakligi  haqida 
gapirmang. 
   Hech  qachon    komplimentlarni  inkor  qilmang.  Balki  ularni  tabiiydek  qabul  qiling. 
Hamisha  o`z  qadringizni  biling  va  hech  qachon  erkakka    yon  berish  uchun  o`zingizni 
pastga urmang. 


   Ho`sh,  o`z-o`ziga  qanday  munosabatda  bo`lish  kerak?  “Mana  mening  ko`rkimdan 
oylar  hijolat.  Bundan  ortig`i    bo`lmaydi”.  Pulingizni  psixoterapevtlarga  ketkazib 
yurmang.  To  bunga  o`zingiz    ishonguningizcha  boyagi  so`zlarni  qaytaring.  Oxir  oqibat  
siz bunga ishonasiz va shu zahoti u ham.  
   Xo`rlik.  Xavotir  olmang,  bu  tuzaladigan    yara.  Agar  siz  o`zingizni  kamtarlik  yoki 
kamsuqumlik  qilyaotganingizni  sezib  qolsangiz,  shu  zahotiyoq  buni  tuzating.  Demak, 
yuqoridagi  tavsiyalarga  qaytasiz,  darhol  o`zingizning  bebaho  xazina  ekaningizga 
ishontirasiz. Nuqta. Tugadi. Ish yopildi.  
   Agar  kimgadir  sizning  o`zingizga  bo`lgan  ishochingiz  yoqmasa,  bu  ularning 
muammosi. Nega? Chunki siz ulardan yuqoriroqsiz. 
   Demak,  xulosa.  Hech  eshitganmisiz  biror  erkakni    “Barcha  erkaklar  o`zlarini  sobiq 
ayollarini  qo`msashadi”,  degannini.  Erkaklar  ularni  shunchalik ko`kka  ko`tarishadiki,  u 
qizlarning  suratini  ko`rganingizda  esa    ko`zlarngizga    ishonolmay  qolasiz.  Siz  shunda  
beixtiyor:    “Bu  qiz    “Lyusining  uyga  qaytishi”  filmidagi  asosiy  qahramonga  o`xshaydi-
ku”, - deb yuboray-yuboray deysiz.  Ammo bunday qilish yaramaydi, chunki u darhol: 
“U hayotda chiroyliroq ko`rinadi”, - deb  uning himoyasiga kirishadi.  Savdolashmang… 
Yana bir urinish. “Ha, hayotda chiroyliroq ko`rinarmidi? (Shu joyda pauza.) Ha, aftidan, 
surat    muvaffaqiyatsiz  chiqqan  ko`rinadi”  (Yana  bir  bor  eslataman,  savdolashib 
yurmang!). 
   Erkak  xuddi  erishilish  kerak  bo`lgan  marra  deb  hisoblayotgan  ayol    bu  vaqtda 
erkakning  ko`ziga  hech  narsa  ko`rinmasligini  anglashi  kerak.  Yuqoridagi  misolda 
oddiygina  hiyla  ishladi,  u  quyidagicha:    ayol  o`zini  xuddi  sovg`adek,  sovrindek  tutdi, 
natijada    kulgili  bir  ish  bo`ldi.  Erkak  aslida  nimaga  yoki  kimga  qarayotganini  unutib 
qo`ydi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling