Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uning “nimasidir” bor.
Ayol nima o`ylaydi
Erkak nima o`ylaydi U uchun qo`limdan kelgan hamma narsani qildim. U men uchun juda ko`p urinayapti. Aftidan menga qattiq yopishib oldi. Men o`yin o`ynagim va birovni nog`oramga o`ynatgim yo`q. U juda ko`p gapiradi. Men unga g`amxo`rlik qilayapman. Ey xudo, u menga bunchayam onamni eslatmasa. Men munosabatlarimiz uchun jon kuydirayapman. U judayam yaxshi, ammo unga nimadir yetishmaydi. Uning “nimasidir” bor. Biz shunday ayollik sifati haqida gapirayapmizki, uning aniq nomi ham yo`q. Bu shunday ichki jozibaki, uni qo`l bilan tutib bolmaydi. Ho`sh, u kimda to`laligicha namoyon bo`ladi. O`zidan norozi bo`lishni o`rinsiz deb biladigan va o`zi bilan uyg`unlikda yashayotgan ayolda. Biz tashqi go`zallik haqida gapirmayapmiz, go`zallar har qadamda uchraydi. Biz intellekt haqida ham gapirmayapmiz. Shaxsiy hayotdagi fojia ahmoq ayollarda ham, IQ si juda baland bo`lgan ayollarda ham uchrab turadi. “nimadir” – bu jumboq, qiziqtirib qo`yib, javob kalitini bermaslik. Siz bu sirlilikni yo`qotganingizda munosabat so`nadi, u zerikarli va odatiyga aylanib qoladi. Tasavvur qiling, erkak gugurt cho`pi. Uni yoqish uchun gugurt qutisi sirtidagi yondirgich tomoni kerak. Vaqt kelib, ana shu sirt yedirilib ketadi, ming urinma,ng endi yondira olmaysiz. Agar erkak ayolga: “Azizam, miyamni joyiga qo`yib olishim uchun menga vaqt kerak”, - desa. “yaxshi ayol” darrov xavotirlanib: “Iltimos, faqat meni tashlab ketma “, - deydi. “Yomon qiz” esa hech qachon bunday qilmaydi, aksincha, uning narsalarini yig`ishtirishda o`z yordamini taklif etadi. Ayting-chi, nega unday qiladi? Quyidagi javob variantlaridan birini tanlang. A. U yordamga tayyor. B. U narsalarini jomadonga joylashni bilmaydi. V. U o`zini juda sevadi. Albatta-da, yomon qiz o`zini sevadi va unga uni xohlamaydigan odamning keragi yo`q. U erkakning poyiga bosh urib, rahm qilishini tilamaydi. U o`z hayoti bilan yashaydi, bunday ayoldan esa erkak hech qayerga ketmaydi. Ayol usiz yashay olmaydimi yoki usiz ham xotirjam kunini o`tkazishini erkak juda yaxshi tushunadi. Poyezdni “yomon qiz” yengillik bilan boshqaradi. Aynan ana shu yengillik unga latofat va joziba bag`ishlaydi. “Nimadir” – seksuallikning yuqori darajasi. “Yomon qiz” nafaqat erkaklarga ehtiyoj sezmaydi, balki ko`pinchi atrofdagi erkaklarni payqamaydi ham. Hech e`tibor berganmisiz, telefonda qizg`in suhbat qurayotganingizda, yoringiz har xil bahona bilan diqqatingizni tortmoqchi bo`ladi. Siz uni payqamaganga oling, shu paytda uning sizga e`tibori yanayam ortadi. Erkakni mehr-muhabbatingiz va diqqatingiz markaziga aylantiring, shuda u sizdan ertasigayoq qochib qoladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling