Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

Maftunkorlik omili №7 
   O`zingizni taqdir sovg`asi deb biling, shunda erkak  ham bunga ishonadi. 
   Ayol o`zini boshqa ayollar bilan solishtirish bilan qadrini yerga uradi. Xonaga boshqa 
bir  ko`hlik  ayol  kirib  kelganda,  bundan  xavotirga    berilmang.  Agarda  o`rtacha  husnli 
ayolni erkak oldida betakror go`zalga aylanntirishni istasangiz, nima ham qilish kerak? 
Oddiygina. Uni o`zingiz uchun kuchli raqib deb bilib, xavotirga tushing. Agar o`zingizni 
unga  e`tibor  qaratmayotgandek  tutsangiz,  erkak  sizning  o`zingizga  bo`lgan 
ishonchingingizni qadrlaydi va siz bilan  qiziqib qoladi. 
   Bu  yerda  boshqa  qiziq  ish  bo`ladi,  shu  ondayoq    boyagi  ayol  ortiq  maftunkor 
ko`rinmay qoladi. U ayolda siz unga beradigan kuchdan ortig`i yo`q.  
   Mening  dugonam  Samantani  birinchi  uchrashuvda  yigit  boksga  taklif  qildi.  Ringlar 
orasidagi  tanaffusda  har  doimgidek  qo`llab-quvvatlash  guruhidan  bo`lgan  yarim 
yalang`och qizlar yugirib chiqishdi. Yigit  esa ulardan ko`z uzolmay qoldi, orada hurmat 
yuzasidan    bir-bir  Samantaga  yuzlanib  turdi.  Samanta  esa  yigitni  nega  o`ziga  bunday 
qarayotganini  yaxshi biladigandek tutdi. 
   Kelasi  tanaffusda  yana  osha  go`zallar  ichi  ko`rinadigan  kiyimlarda  chiqqanda, 
Samanta yigitdan suv so`radi. Shu zahotiyoq u qo`lidagi shishani uzatdi. Samanta biror 
martayam  ringdagi  qizlarning  o`ziga  xavf  tug`dirayotganini  ko`rsatmadi.  Aksincha,  u 
o`zini shunday xotirjam tutdiki, go`yki o`zidan boshqa ayol zoti mutlaqo yo`q. Uhcinchi 
raund so`ngida esa yigit undan boshqa hech kimga qiyo ham boqmadi. 
   Tabiiyki yigit Samantaga butunlay maftun bo`lib qoldi. Kela-kelguncha uning qanday 
go`zalligini  ta`riflab  keldi.  Yigit  anavi  rigndagi  qizlarni  emas,  Samantaning  izidan 
qolmadi. 


   Dugonam  oqshomda  o`zini  namunali  tutdi,  ammo  yigitning  xatti-harakati  mutlaqo 
romantikaga  to`g`ri  kelmas  edi.  Aytgancha,  shuni  aytib  qo`yishim  kerakki,  erkaklar 
ko`pincha  birinchi  uchrashuvda  mutlaqo  romantikadan  yiroq  bo`lishadi.  Agar  erkak 
uchrashuvga sizni boksga, futbolga yoki og`aynlarini  uchratib qolishi mumkin bo`lgan 
boshqa  bir  joylarga  taklif  qilsa  bilingki,  u  siz  bilan  uzoq  muddatli  munosabatlarni 
rejalashtirmayapti.  Agar  birinchi    uchrashuvda  sizni  ana  shunday  joyga  taklif  qilishsa, 
ikkinchisiga vaqt ketkazib o`tirmang. 
   Agar  noqulay  vaziyatga  tushib  qolsangiz,  boshqa  ayol  bilan  musobaqalashishga 
harakat qilmang. Siz erkakning diqqatini tortishga mas`ul emassiz.   Bunga urinib, kuch 
sarflab  o`tirmang.  Xonadagi  ayollarning  kiyimiga  qarab  qaysidir  kiyimini  yechib 
tashlashni boshlaydigan ayolarni bilaman. Yana gap o`ziga bo`lgan ishonchsizlik va o`z 
o`zini pastga urish haqida ketayapti. Bu o`ta ahmoqona va be`mani odat. 
   Yarim yalang`och kiyim erkakni o`ziga tortishning eng  yaxshi usuli emas. Gap uning 
e`tiborini torta olishingiz haqida ketmayapti. Bu uncha katta marra emas. Erkak chiroyli 
mashina  yoki  mototsiklni  ko`rganda  ham shunday  ehtirosga  berilishi  mumkin.  Biz uni 
yondirish  qo`lingizdan  kelish-kelmasligi  haqida  gapirmayapmiz.  Asosiysi,  ehtirosi 
qongandan keyin ham u yonadimi? Mana muammo nimada. 
   Haqiqiy  erkaklarni  oz  narsa  o`ziga  tortadi,  ko`pi  emas.  U  sochlarini  oddiygina  yig`ib 
yuradigan    kelishgan  kotiba  qizni  ko`rgan  zahoti    uning  sochlari  elka  ustida  yozilsa, 
qanday bo`lishni tasavvur qila boshlaydi. Yopiq kiyingan ayolning sviteri ostida nimalar 
borligini erkak o`zicha  taxmin qiladi, shu bilan birga uning aslida qandayligini bilishga 
bo`lgan  qiziqishi    ochiq-sochiq  kyingan  ayolni  ko`rishga      bo`lganxhohishdan  ancha 
kuchliroq  bo`ladi.  Ha,  ayol  o`z    qaddi-qomatini  chiroyli  qilib  ko`rsata  bilishi  kerak, 
ammo bu tanani har santimetrini ochish degani emas.  Sovg`aning o`zidan ko`ra uning 
o`ramidan ochish insonga ko`proq zavq beradi.  
   Hirsni  qo`zg`aydigan  kiyimlar  kiygan  ayollarni  ko`rganda  erkak  “Bu  bilan  to`shakda 
bo`lishga yo`q demasdim” deb o`ylaydi. Bu rostdan ham shunday. Ammo erkak hirsini 
qondirgandan keyin ayolga bo`lgan har qanday qiziqishi yo`qoladi. Asosiy vazifa erkak 
diqqatini tortish emas. Asosiysi  ana shu diqqatni  ushlab qolishdadir. 
   Munosabatning qanday bo`lishi ko`p jihatdan sizning o`zingizni tutishingizga bo`g`liq. 


Har  narsada  me`yorni  biling,  oshirib  yubormang. Bunga  hamma  narsa  kiradi:  erkakka 
tez-tez  qo`ng`iroq  qilaverish,  uni  ziyofatlar  bilan  siylayverish,  hirsini  qo`zg`aydgan 
kiyimlar kiyish. “Tez yongan bot so`nadi” degan maqolni unutmang. 
   Agar  vaqt  o`tibgina  keyingi  uchrashuvlarga  o`zingizga  avvalgisidan  ko`proq  oro 
bersangiz,  vaziyat mutlaqo boshqacha bo`ladi. Erkak buni u uchun qilganingizni biladi 
va  buni  o`zi  uchun  sovg`a  deb  qabul  qiladi.    Erkaklarni  ko`rmagan  narsasi  qiziqtiradi. 
Erkaklarning  diqqatini  tortib  va  shu  diqqatni  ushlab  tura  oladigan  ayollarning  o`ziga 
bo`lgan ishonchi mini yubka, kindikdagi halqa yoki chuqur dekolte o`yilgan qora ko`ylak 
tufayli  emas.  “Yomon  qiz”  o`zini  ishonch  bilan  tutishda  bunday  mayda-chuyda 
narsalarga tayanmaydi. U o`zining ayollik jozibasiga va shxhsiy sifatlariga ishonadi. 
   “Meni borimcha qabul qilsin” deydi juda yaxshi ayol. Qabul qilsin? Yo`q-yo`q azizam, 
buni uniting. U sizni aqldan ozar darajada xohlashi kerak. Qabul qilish haqida gapirish 
bu yerda o`rinsiz. U pol lataniyam pol latta ekan deb qabul qiladi. Ammo u  faqatgina  
o`z orzusidagi qizni xohlaydi. Agar sizni qabul qilishlarini istasangiz, psixologik qo`llab-
quvvatlash guruhiga boring. Biz erkak tashnaligi  haqida gapirayapmiz. Bu tashnalik  uni 
bolaligidan  boshlangan.  Yangi  yilga  o`zi  so`ramagan  o`yinchoqni  sovg`a  qilishganda 
bola uni 5 daqiqagina o`ynaydi. 2 oylab  tushlikka berilgan  pullarni  yig`ib sotib olgan, 
magazinning eng yuqori tokchasida turadigan o`yinchog`i u uchun eng katta qiymatga 
ega. Oldin unga uzatsa qo`li yetmasdi, ammo uni ko`rib zavq olardi. U bu pulni yig`ish 
uchun juda ko`p zahmat chekdi, har xil  yumushlarni bajarib  pul ham topdi. Aynan shu 
o`yinchog`ini bola bir umr eslab qoladi, chunki uni qo`lga kiritish oson bo`lmagan. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling