Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
O`ta yaxshimisiz?
Tezkor test 1.“Yo`q” deganingizda aybdordek his qilasizmi? Rad qilganingizdan keyin aybdorlik hissi qiynaydimi? Ha. Yo`q. 2. Juftingizga sizga hurmat bilan munosabatda bo`lishi kerakligini tez-tez aytib turasizmi? Ha. Yo`q. 3. Ko`pincha o`z xohish va ehtiyojlaringizni bildirishda savdolashishga yoki muzokoralar olib borishga majbur bo`lasizmi? Ha. Yo`q. 4.Uning xohishlarini qondirish uchun ko`pincha uyqudan va boshqa ehtiyojlaringizdan voz kechasizmi? Ha. Yo`q. 5. Erkak bilan u istaganda va u uchun qulay bo`lgan vaqtda uchrashasizmi? Ha. Yo`q. 6. U bir marta hech eshitmagani uchun iltimosingizni takrorlashingizga to`g`ri keladimi? Ha. Yo`q. 7. Janjal yoki tortishuvdan keyin siz birinchi bo`lib yarashishga urinasizmi? Ha. Yo`q. 8. Munosabatda unga nisbatan siz o`zingizni ko`proq fido qiloyatganga o`xshamayapsizmi? Ha. Yo`q. 9. U bilan uchrashuvdan keyin ko`pincha siz o`zingizni charchagan yoki ezilgandek his qilmaysizmi? Ha. Yo`q. 10. Ko`proq e`tibor va g`amxo`rlik istaysizmi? Ha. Yo`q. Agar siz 5 yoki undan ortiq savolga “ha” deb javob bergan bo`lsangiz, olishdan ko`ra ko`proq berayapsiz. Keling, xorlik nima uchun hech qanaqasi foyda keltirmasligini tahlil qilamiz. Ayol ish va o`yin orasida muvozanat bo`lishi kerakligini yaxshi tushunadi. Ular o`z vaqtlarini do`stlari va oila orasida taqsimlay olishadi. Ish bilan o`qishni birga olib borisha oladi. Ammo erkaklar bobida yaxshi qiz muvozanat haqidagi har qanday tasavvurini yo`qotib, shu zahotiyoq bor vaqtini erkakka bag`ishlab yuboradi. Yomon qiz esa unga qancha vaqt ajratsa, shunga rozi bo`lishga majbur qiladi. Qolgan barcha qismlar unda allaqachon taqsimlab rejalangan. Hamma narsa ozginadan boshlanadi. Qo`ng`iroq qilib yigit so`raydi: “Hozir nima bilan bandsan?” “Dugonam bilan kinoga bormoqchi edim”, - javob beradi u. Ahamiyat bering-a, u o`tgan zamonda gapirayapti. Shunda u so`raydi: “Uchrashishmaymizmi?” Qiz esa 2 soniya ham o`ylab o`tirmay: “Kelishdik!” – deya javob qaytaradi. Erkak sizni iloji boricha qo`lga olmoqchi bo`ladi, chunki siz bilan o`ziga qulay munosabat yaratmoqchi. Va bu mutlaqo tabiiy. Quyidagi iboralarni ishlatgan holda u buni amalga oshiradi. “Menga hamma narsani oldindan rejalash yoqmaydi”, “Men spontanlikni sevaman”, “Menga kutilmagan syurprizlar yoqadi”. Yomon qiz bilan yaxshi qizni jiddiy farqlaydigan yana bir jihat ayolning munosabtlarga qanchalik o`zini qurbon qilib yuborishga tayyorligi. Erkak bilan munosabatlar boshlanganida u sizga qiziqayotganini namoyon qilishni boshlaydi. Bu davrda spontanlik elementlari bo`ladi, albatta. Munosabatlarning ilk bosqichida unga ilinganizni hech qanaqasiga bildirishingiz mumkin emas. Agar bunga yo`l qo`ysangiz, munosabat uning shartlari asosida rivojlanadi. Yaxshi qizlar ko`pincha erkak bilan so`nggi daqiqiada belgilangan uchrashuvni deb o`z rejalarini o`zgartirib yuborishadi. Yomon qiz esa, albatta, o`zi rejasidagi ishni qiladi. Jufti boshiga ko`tarishga tayyor bir shunday ayolni bilaman. Agar sevgilisi qo`ng`iroq qilgan vaqtda u tirnoqlarini bo`yayotgan bo`lsa, u: “Azizim, men band edim, hozir gaplasha olmayman”, - deydi Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling