Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
2-shart
Agar nimadir sizning ko`nglingizdagidek bo`lmasa, u bilan uchrashmang. Ma`nosi: U ikkovingiz uchun ham qulay vaqtni tanlashi kerak. Erkak soat to`qqizni ko`rishishni istayorganini aytyapti, ammo siz buncha kech qolib ketgingiz yo`q. “Men vaqtliroq ko`rishsak degandim”, - deb unga ayting. Agar u ishdan kech chiqqani uchun bu to`g`ri kelmasligini aytsa, bundan muammo yasamang. Shunchaki uchrashuvni boshqa kunga qoldiring. 3-shart Agar sizga erkak yoqmasa, darhol u bilan uchrashishni to`xtating, uni bekorga umidvor qilib yurmang. Ma`nosi: Sizga qanday munosabatda bo`lishlari kerakligi haqida aniq standartlar mavjud. Deylik, siz u bilan birinchi marta uchrashayapsiz. Erkakning kayfi bor va o`zini risoladagidek tutmyapti. Boshlovchilarga maslahatim: hech qachon ichgan odam boshqarayotgan mashinaga o`tirmang. Doimo yashirin cho`ntagingizda plastik karta va naqd pul olib yuring. Hamrohingizga uyga ketishingiz kerakligini ayting. Uzr so`rang-u, ayollar xonasiga chiqing va taksi chaqiring. Mening Kelli degan dugonam ayollar borasida juda omadi chopgan bir erkakni tan berishga majbur qildi. U bunga osongina erishdi. Yigit juda omadli, juda kelishgan va juda ko`p ayollarga yoqardi. Kellini u o`zi doimiy ovqatlanib yuradigan kafeteriysida tushlik qilayotgan vaqtida uchratib qoldi va birinchi bo`lib e`tibor qaratdi. Bu erkakdan o`ziga bo`lgan ishonch yog`ilar va barcha ayollarning diqqatini tortardi. Ammo Kelli bundan mustasno bo`ldi. Erkak uning diqqatini tortishga harchand urinmasin, uning diqqati butunlay sendvichga qaratilgan edi. Albatta, shundoq yigit unga qarayotganini bilardi, ammo payqamaganga oldi. U seshanba kuniyam keldi. Chorshanbada ham va payshanbada ham. Nihoyat u bilan gaplashishga erishdi. Kelli darrov javob beravermadi: “Men sizni bilmayman, shuning uchun sizga ishq ko`zlari bilan qarolmayman. Biz do`stlashishimiz mumkin, nima bo`lishni keyin ko`ramiz”. Qarshimizda ayollar uni ko`rsa yiqilishiga o`rganib qolgan yigit. Kelli esa unga go`yoki ringga chaqiriqdek bo`ldi. Qo`lga kiritish oson emasligini darrovgina ko`rsatib qo`ygan bu ayolning ko`nglini olish uchun uning izidan qolmaslikka to`g`ri keldi. Kelli uni deb har ko`yga tushmadi, balki aslicha qoldi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling