Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №14
Agar siz haddan ziyod g`amxo`rlik qilaversangiz, erkak mudofaa pozitsiyasini oladi va o`z erkini saqlab qolish uchun qochish yo`lini qidiradi. Xohlagan ishini qilishi uchun sizdan ruxsat so`rab yurishiga majbur qilmang. Unga ortiqcha g`amxo`rlik qilavermang. Ortiqcha e`tibor va g`amxo`rlik erkaklarning asabiga tegadi. U o`zini xuddi mikroskop ostidadek his qilishiga olib kelmang. Uni nazorat qilishga urinayorganingizni sezishi bilanoq, sizdan tezroq qutulishni istab qoladi. Ertalab erkak soqol olish bilan ovora bo`lib ishga kechikayapti, siz bunig xabarini berish uchun vannaga yugurmang. Mashinasining g`aladonini biror shubhali narsa topib olish ilinjida kavlashtirmang. U telefonda suhbatlashayotganda gap poylamang. Hamma bo`sh vaqtini siz bilan o`tkazishini so`ramang. Agar erkakni 2 soatgina ko`rmagan bo`lsangiz, unga: “Seni juda sog`indim”, - demang. Agar mening maslahatlarimga quloq osmasangiz, erkakni beixtiyor ta`qib qila boshlaysiz. Hech qahon erkakka “Tugmalaringni taqib ol”, “Qo`lingni yuv”, “Sochingni tara” degan gaplarni aytmang. Qorni och yoki to`qligini 5 martalab so`ramang. Shamollab qolmasligi uchun issiqroq kiyim kiyishni taklif etmang (aytgancha, ozroq g`amxo`rlik halal bermaydi, erkaklar oddiy tumovni ham vabodek qabul qilishadi). Baliq oviga sizdan ruxsat so`rab yurmasligi uchun barcha dam olish kunlarini birga o`tkazishni rejalamang. Uning bir juft baliq tutishiga imkon bering. Yo`qsa, u siz bilan uchrashuvlarni bekor qilishni boshlaydi. Nega? Chunki u o`zini onasining oldida o`z menini qo`yib isyon qilayotgan o`smirdek tuta boshlaydi. Buni u atay qiladi. Xullas, sizga erkakka bo`sh vaqtini qanday o`tkazishini buyurmaslikni maslahat beraman. Siz bilan birga vaqt o`tkazishni erkak o`zining burchi deb hisoblaydi, unga ham maroqli bo`ladigan biror narsa o`ylab toping. Siz mehribon va yaxshi bo`lsangiz-u, erkak o`zini sizni oldingizda qarzdor deb hisoblasa, sizning talabchanligingiz munosabatlarni qiyinlashtiradi. Agar erkakni siz bilan uchrashishga majbur deb his qilishiga olib kelsangiz, sevgi unga bir yumushdek ko`rina boshlaydi. Agar u siz bilan ko`rishishga majbur bo`lmasa, aynan shu harakatlar unga maroq bag`ishlaydi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling