Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/130
Sana09.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#259327
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130
Bog'liq
2 5204424297350696047

1-shart 
   U har doim uchrashuvlarni oldindan belgilaydi. 
   Ma`nosi:  Sizning  vaqtngiz  va  e`tiboringiz    u  uchun  qadrli.  Agar  siz  o`z  qadringizga 
yuqori  baho  bersangiz,  erkakning    ham  sizga  beradigan  bahosi  siznikidan  kam 
bo`lmaydi.  Misol  keltiraman:  u  sizga  qo`ng`iroq  qilib:  “Sizni  qachon  ko`rishim 
mumkin?”  -  deydi.  “Istagan  vaqting,  azizim.  Vaqtni  ayt,  sen  uchun  men  doimo 
bo`shman”,  -  deb  javob  bera  ko`rmang.  U  sizga  jumani  aytsa,  siz  xursand  bo`lib  rozi 
bo`lasiz.  Keyin  o`ylab  turib  “Ehtimol,  seshanba  yaxshiroqdir”.  Siz  ungayam    rozisiz. 
Shunda  u  yana  o`ylab:  “Balki,  kelasi  yakshanbadir”,  -  deydi.  Sizga  buyam  to`g`ri 
kelaveradi. 
   O`zingizni bunday tutishingiz yaramaydi. Muloyimlik bilan sizga ikki kun oqshom vaqti 
to`g`ri  kelishini  ayting.  Mayli,  qay  birilgini  o`zi  tanlay  qolsin.  Bunday  holda  u 
ikkoviniyam tanlaydi. 
   Shunga  o`xshash  boshqa  bir  holatni  aytib  beraman.  Mening  vrach  tanishim  xususiy 
amaliyotni  boshladi.  Uning  kotibasi  bemorlarga:  “Mening  barcha  vaqtim  bo`sh, 
istaganini tanlang”, - deyishini istamasdi. Buning o`rniga kotibaning: “Doktor sizni  soat 
2. 15 va 4 15 larda qabul qilishlari mumkin. Qay biri sizga qulay?” - deyishini buyurdi. 
Juda  bandligiga  qaramay  har  bir  bemor  uchun  qulay  vaqt  belgilaydigan  doktorni 
bemorlari hurmat qiladi 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling