Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №17
Agar siz erkakka u bilan yaqin munosabat qurish niyatingiz yo`qligini aytsangiz, u bu fikringizni o`zgartirish uchun hamma ishni qiladi. Erkaklar qo`rquvini o`tmaslashtirish uchun unga “juda jiddiy” munosabat qilish niyatingiz yo`qligini ayting. Unga bo`lgan qiziqishingiz yo`qolmagunicha yoningizda qolishi mumkinligini ayting. Erkaklar fikricha, siz aksini xohlashingiz kerak, chunki ayollar uchun mas`uliyat zarurligiga o`rganishgan. Undan mas`uliyat talab etmasdan u uchun g`ayrioddiy jumboqqa aylanasiz. Sizdan nima kutish mumkinligini u endi bilmaydi. Shu yo`sinda erkakning poyezda qolish-qolmaslgini belgilovchi nozir o`rniga o`tasiz. Hamma narsa sizning nazoratingizda ekan, hech qanday ov va poygalar ish bermaydi. Ammo poezdni siz boshqarganingiz uchun u hecham keyingi soniyada nima bo`lishini oldindan aytolmaydi. Ho`sh erkak o`zini qafasda deb his etmasligi uchun nima deyishiz kerak? Birinchi uchrashuvda jiddiy munosabatlarni xohlamaslgingizni. Har qalay hozircha xohlamasligingizni ayting ( albatta, vaqti kelib hamma narsa o`zgarishi mumkin). Agar birga ishlasangiz, unga: “Biznes va shaxsiy munosabatlarni aralashtirish yaxshi bo`lishiga iymonim komil emas”, - deng (buning aksiga sizni ishontirishga urinib ko`rsinchi). Bordiyu siz bir-biringizdan juda uzoqda yashasangiz “Bundan bir narsa chiqishiga ishonmayman, axir biz bir-birimizdan uzoqda yashsaymiz” deng (qani, jonim, meni bunga bir ishontir-chi). Aksi ham o`rinli. Agar sizga erkak yoqmasa va uning ortiq qo`ng`iroq qilmasligini istasangiz: “Bolalar. Men ularni sevaman. Men kamida 5 -6 ta farzandli bo`lishni istayman, ehtimol, undan ham ko`proq. Meni biologik soatlarim bong urayapti, shuning uchun borgan sari tezroq o`z rejalarimni amalga oshirishim kerak. Men kelgusi to`rt besh yilni nazarda tutayapman”ga o`xshash gaplarni ayting va bolalar haqida suhbatni davom ettiring. Bunday usul har doim ish beradi. Agar erkak sizga shunchaki yoqsa, shu jumladan, uni rad javob bilan xafa qilishni istamasangiz,quyudagi gaplar sizni bittada undan halos etadi: “Tagliklar! Ularni osongina eplasa bo`ladi. Sen xavotirlanma… Senga yosh bolalar upasining hidi yoqib qoladi. Va undan keyin bolalar tuvakka juda tez o`rganishadi”. Faqat bunday nutqni u balkondan yiqilib, chil parchin bo`lmasligi uchun birinchi qavatda so`zlang (ko`p qavatli binolar va ochiq oynalardan ehtiyot bo`ling). Siz shunday qilingki, u o`zini qafasda deb his etmasin, shunda erkak sizning qoidalaringiz bo`yicha o`ynay boshlaydi. Erkakni cho`chib qolgan qo`riqchi it deb hisoblang. Xotirjam holatda u o`zini burch va mas`uliyatlarini bemalol uddalay oladi. Mabodo uni cho`chitib yuborsangiz, u shu zahotiyoq tishlay boshlaydi. Erkaklar doimo “yomon” ayollarni xush ko`rishiga yana bir bor amin bo`ldik. Tutqich bermas va biroz yengiltak ayolni ko`rgan erkak nima uchun unga yaqinlasha olmasligini oqlash uchun o`zicha bahonalar to`qiydi. “U yengiltak va men u bilan jiddiy munosabatlar qurmoqchi emasman. Faqat ozgina ko`ngil yozgim keldi”, deb o`z-o`zini ishontiradi. O`zini erkin his etish unga yoqadi. Va bu holat uni ayolga butunlay bo`glanib qolib, uning quliga aylangunicha davom etadi. Erkak hech qachon o`z shaxsiy tanloviga ko`ra sevib qolmaydi. Bu mutlaqo tasodifan ro`y beradi. Mana nima uchun ingliz tilidagi sevib qolmoq (fall in love) so`zi, so`zma- so`z tarjima qilinganda “sevgiga yiqilmoq” bo`ladi. U yurdi-yurdi, paq yiqildi. Uning o`z rejalari bor edi, ammo hamma narsa boshqacha bo`lib ketdi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling