Ayol erkakdan juda ko`p narsalarni talab qilib yuborganda, erkak bor kuchi bilan
mas`uliyatdan qochadi. Avval unga qo`lidan nima kelishini ko`rsatishi uchun imkon
bering, keyin uni kimligiga baho berasiz.
Erkaklar mashaqqatni sevishadi. Ular sport mashinalarini haydashni xush ko`rishadi.
Ularga parashyutda sakrash, baland tog` cho`qqilarini zabt etish yoqadi. Ular imkonsiz
narsalarni amalga oshirishni sevishadi. Agar erkak siz bilan uchrashuvlarni imkonsiz
narsadek qabul qilsa, u siz bilan yanayam baxtliroq bo`ladi. Uchrashuvlar unga endi
yumushdek tuyulmaydi. Bu nazariya qolgan barcha narsalar: telefon qo`ng`iroqlari,
birga o`tkaziladigan vaqt va mashg`ulotlar, kun so`ngidagi uchrashuvlar uchun ham
o`rinli. Agar uning o`z shaxsiy ishlarini bitirib olishi uchun bir dunyo vaqti borligini his
etishiga imkon bersangiz, u hamisha siz uchun vaqt topadi. Siz uning onasiga emas,
mahbubasiga aylanasiz. Shunda u sizni elkadagi olahurjun emas, balki xuddi boshidagi
tojdek qabul qiladi.Shundagina erkak sizning ortingizdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: