Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №12
Qaysi ayolga oxirgi daqiqada iltimos bilan murojaat qilish mumkinligini erkaklar juda yaxshi his etishadi. Ayrim hollarda erkak haqiqatda ham oxirgi daqiqada chipta sotib olishi mumkin. Yoki rejada yo`q romantik syurpriz qilishi mumkin. Ha, u spontan, ammo siz avvalgidek asosiy qadriyatligingizcha qoldingiz. Bu yerda spontanlikning zarari yo`q. Agar erkak sizga tez-tez qo`ng`iroq qilib sizni ko`rgisi kelayotgan bo`lsa, sizda hammasi joyida. Boshqa tuzukroq davra bo`lmagani uchun oxirgi daqiqada taklif qilingan uchrashuv sizni tashvishga solishi kerak. Ayrim hollarda sevib qolgan ayol birini ikkinchisidan ajrata olmay qoladi. U uchun muhimi do`stlari bilan muloqot va ichkilik. Do`stlari sizni deb ularni mutlaqo tashlab qo`yganidan shikoyat qilishadi. Uni mazax ham qilishadi, ammo u bunga e`tibor ham bermaydi. U sizni taklif qilmasdan, do`stlari bilan sayohatlarni rejalashtiradi. U ko`pincha biror joyga birga sayohat qilib kelish uchun ishdan javob so`rashingizni iltimos qiladi. U sizning yoningizda ko`pincha asabiylashadi va o`zi uchun vaqt ajrata olmayotganini aytib shikoyat qiladi. U siz bilan o`zini baxtli his etadi. Yaqinlari va oilasidagilar uning ko`rinishi avvalgidan yaxshiligini payqay boshlashadi. U sizga telefon qilib, u uchun oqshom rejalarini o`zgartirishingizni so`raydi. Shu kuni kechqurun uyiga qo`ng`iroq qilsangiz, avtojavobbergichga to`g`ridan-to`g`ri ulanasaiz. Ertasiga u sizga qo`ng`iroq qilib, kechagi kun uchun biror bahona topib uzrini aytadi. Agar biror rejani qoldirishga to`g`ri kelib qolsa, uni aybdorlik hissi qiynaydi. Sizdan yashiradigan siri yo`qligi va sizni yaxshi ko`rgani va buni bilishingiz uchun u hamma joydan sizga qo`ng`iroq qilib turadi. U sizni hech qachon restoran yoki teatrga taklif qilmaydi va sizga pul sarflab yurmaydi, aksincha, u sizdan qarz so`rashi mumkin. Yuzingizda tabassum ko`rish uchun u hamma narsa qiladi. Dam olish kunlari bo`sh ekaningizni bildirib qo`ydingiz. U shunga qaramasdan siz bilan ko`rishishga urinmaydi. U deyarli har doim siz bilan uchrashishga tayyor, agar bunga uning ishi yoki o`ziga bog`liq bo`lmagan boshqa vaziyatlar monelik qilmasa. U deyarli har doim siz bilan uchrashishga tayyor, agar bunga uning ishi yoki biror o`ziga bog`liq bo`lmagan vaziyatlar monelik qilmasa. Oxirgi daqiqada qilinadigan qo`ng`iroqlarga yorqin bir misol. Avvaliga yigit yana kimdir qo`ng`iroq qilib qomasmikin deb kutadi, keyingina sizga qo`ng`iroq qilib, uchrasha olishi haqida xabar beradi. Soat beshda telefon qilib hali dush ham qabul qilmaganini aytadi. Soat yettida qo`ng`iroq qilib “To`satdan eski do`stim kelib qoldi” degan “noxush” xabarni yetkazadi. Keyin esa do`sti bilan suhbatlashib o`tirishga to`g`ri kelishini aytib, siz bilan boshqa bir payt uchrashishini bildiradi. Kech bo`lganda yana qo`ng`riroq qilib sizni uyiga taklif qiladi, kamiga u yerga o`zingiz yetib olishingiz kerak. Ming ko`rgingiz kelayotganiga qaramay, unikiga also bora ko`rmang. Aksincha, bu odam bilan munosabatni davom etirish kerakmi yoki yo`qligini bir o`ylab ko`rishni maslahat beraman. Hech narsga qaramay borsangiz, unga judayam yoqimsiz ko`rinasiz. Bu xatti-harakatingiz bilan uning sizga bo`lgan qiziqishini o`ldirasiz. Izoh: O`zini hurmat qilgan o`zbek qiziga, ayoliga ham yigit “Uyimga kel” demaydi, kamiga yana tunda. Agar shunday bo`lib qolgan bo`lsa, unga kimligingizni eslatib qo`ying. Endi esa kitobni birga o`qishda davom etamiz. Mening Kristal degan dugonam xuddi shunday vaziyatga tushub qoldi va undan juda chiroyli chiqdi. Uning do`sti Bret shanba kuni kechqurun qo`ng`iroq qildi. Yarim tun. Yomg`ir yog`ayotgan edi. Bret ehtirosli ovozda Kristalni uyiga taklif qildi. Oxirgi daqiqada amalga oshiriladigan qo`ng`iroqlarning klassik turi. U ikki haftadan beri qo`ng`iroq qilmasdi, chunki u boshqa birovlar bilan ko`rishishni istardi. Bretning uyi dugonamning uyidan 35 mil uzoqlikdaligini eslatib otish kerak. Ho`sh, Kristal qanday yo`l tutdi? U: “Yaxshi azizam, men otlanayapman. Plashimni topib olishimga menga 5 daqiqa ber, 40 daqiqada uying yonida bo`laman”, - dedi va Bretdan yomg`irda ivib ketmaslik uchun uy oldida soyabon bilan uni kutib olishni so`radi. U kutdi,kutdi va yana kutdi. Uch soatdan keyingina vaqt o`tkazishga hech kim topilmagani uchun yarim tunda qizlarga qo`ng`iroq qilmaslik kerakligi unga yetib keldi. Ertalab Kristal avtojavobbergichini tekshirdi. Unda Bretdan bir nechta xabar bor edi. Shu jumladan, u yomg`irda qolib ketgani uchun qattiq tumov bo`lib yotganining xabarini qoldirgan (Bunda uning aybi yoq. Tuzukroq kiyinish kerak edi, vassalom). Yana bir bor eslatib o`taman “yomon qiz” juda muloyim. U shaftolidek totli. Ammo har bir shirin shaftolida bo`lganidek, unda ham qattiq danak bor. Bu degani agar unga erkak behurmatlik qilsa, u bu oddiy narsani tushuntirib o`tirmaydi. Qo`pollik va hurmatsizlikka hamisha toqat qilib o`zligini saqlab qolish mumkin emas. Hech bir erkakka oyoqni artib tashlasa ham bo`laveradigan ayol kerak emas. O`zingizga hurmat ko`rsatishning hech qanday yomon joyi yo`q. Buning uchun bir nechta shart bajarilishi kerak. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling