Mening kitobim- o`ta yahshi ayollarga shahsiy munosabatlar haqida qo`llanma
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5204424297350696047
Maftunkorlik omili №11
Yonginangizda turgan narsani olishning imkonsizligi qondirilishi shart bo`lgan xohishni keltirib chiqaradi. Odatda erkaklar: “Biz erisha olmaydigan narsalarni xohlaymiz”, - deb tan olib turishadi. ”Yomon” qiz hech qachon erkakning unga erishdim deb tushunishiga yo`l qo`ymaydi. Modomiki erkak hech qachon uni tuta olmas ekan, ta`qib qilishdan to`xtamaydi. Keling, “yaxshi” va “yomon” qizni taqqoslaymiz. 1-ssenariy Uyda deb hisoblab sizga qo`ng`iroq qilyapti. Agar yaxshi qiz uyda bo`lmasa, o`zining qayerda ekanini va qachon qaytishini yigitga qo`ng`iroq qilib aytib qo`yadi. Yomon qiz esa shu paytda qayoqlarda yuribdi deb o`ylashga uni majbur qiladi. Yaxshi qiz qo`l telefoni hamisha yoqiqligi va unga istalgan vaqt qo`ng`iroq qilish mumkinligini doim eslatib turadi. Yomon qiz esa yigitni nega qo`l telefoni bo`la turib, u bilan bog`lanib bo`lmayapti deb oylashga majbur etadi. 2-ssenariy Erkak: “Falon vaqtda telefon qilaman, keyin olib ketish uchun kelaman”, - dedi. To`rt soatga kechikib qo`ng`iroq qildi. Yaxshi qiz: “Qo`ng`iroq qilib qo`yish kerak edi”, - deb xavotirlanganini aytib baqiradi. Yomon qizni tashvishlantirish uncha oson emas, shuning uchun ham uning hissiyotlarini bilish undan-da qiyin. U telefonga javob berishi ham mumkin, bermasligi ham. Va bu uning sog`inishlariga sabab bo`ladi. 3-ssenariy U charchagan, horg`in va kamgap ko`rinayapti. Yaxshi qiz darrovgina oldiga borib: “Nimalarni o`ylaypsan?” - deb so`raydi. Chunki uni tashlab ketadi deb xavotirlanadi Yomon qiz o`z yumushlari bilan band bo`ladi. U vahimaga tushmaydi, shunda erkak o`zi kelib ishlari haqida gapirib beradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling