Mening oilam
Download 333.72 Kb.
|
mening oilam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi: Boladagi “Men”ni yuzaga chiqarish va uning oiladagi o‘rnini belgilab olish. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi
- Jo‘jacha
- Tarbiyachi
- MAVZU: INSON MATVAYSIYASINING TARXIY TAFFAKURI:MATVAYSIYA HAQDA ALLOMALARNING QARASHLARI Tarbiyachi: Ahmedova M. N.
MENING OILAM Mashg‘ulot ishlanmasi MENING OILAM Mashg‘ulotning maqsadlari: Ta’limiy: Bolalarda oila haqida tasavvur paydo qilish, o‘z ism sharifi, yashash manzilini o‘rgatish. Tarbiyaviy: Oilaviy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, oila a’zolariga nisbatan mehrli bo‘lishni uqtirish Rivojlantiruvchi: Boladagi “Men”ni yuzaga chiqarish va uning oiladagi o‘rnini belgilab olish. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: – Assalomu alaykum bolalar, mana bu jo‘jachaning sizlarga aytadigan gapi bor ekan. Qani, bemalol gapiraqol. Jo‘jacha: – Men ota-onamni yo‘qotib qo‘ydim. Ularsiz yashash rosayam qiyin ekan. Hyech kim menga don bermaydi, meni bag‘riga bosib erkalamaydi.Men haqimda qayg‘urmaydi. Judayam qo‘rqib ketayapman. Tarbiyachi: – Hyecham qo‘rqma jo‘jacha, biz senga ota-onangni topishga yordam beramiz. Qani bolajonlar, jo‘jachani tabiat burchagida turgan xo‘roz va tovuq oldiga olib boramiz. (Jo‘jachani tovuq va xo‘roz yoniga olib borishadi) Jo‘jacha: – Rahmat sizlarga ey bag‘rikeng insonlar, men o‘z ota-onam bilan butun oila ekanman. Ularsiz hyech narsa qiligim ham kelmay qoldim. Oyi, dada, endi sizlarni hyecham xafa qilmayman, borma degan joyinglarga bormayman. (Xo‘roz, tovuq, jo‘ja guruhdagilarga rahmat aytib chiqib ketishadi) Tarbiyachi: – Bolalar, hammaning o‘z oilasi, ota-onasi bo‘ladi. Oila siz ulg‘ayadigan, sizga mehr beradigan ajoyib maskan. Kishi Vatanini va oilasini har doim e’zozlashi shart. Qani kim biladi, oilaning boshlig‘i kim? 1-bola: – Oila boshlig‘i bobomiz, ulardan keyin esa dadam. Tarbiyachi: – Juda to‘g‘ri. Oila ustuni albatta ota sanaladi. Ota ham boquvchi, ham himoyachi, ham mehribon inson bo‘lib oila qo‘rg‘onining poydevoridir.Oranglarda oila ota-ona haqida maqollar biladiganlar bormi? Qani kim oila haqida, ota-ona haqida maqollar biladi? 1-bola:Bir uy to‘la jonsan, Bir-biringga mehmonsan 2-bola: Onalik uyning ori bor, Otalik uyning zari. 3-bola: Ota-aql, ona – idrok. 4-bola: O‘rgimchak ham o‘z uyim deydi. Tarbiyachi: – Qoyil, bolajonlar, endi barmoq gimnastikasi o‘tkazamiz. Diqqat bilan qo‘limga qaranglar va men qilayotgan harakatni qaytarasizlar. Bosh barmog‘im otam bizni boshqaradi Ikkinchi barmog‘im onam, bizni parvarishlaydi, Uchinchi barmog‘im men ukalarimga qarayman To‘rtinchi barmog‘im ukamni yaxshi ko‘raman Beshinchi barmog‘im singlimni avaylayman. Tarbiyachi: – Qani, kim o‘z oilasi haqida gapirib beradi? 5-bola: – Bizning oilada dadam, oyim, men va ukam bor. Oilamiz judayam ahil. Ukam bilan ba’zida tortishib qolsak, oyim darrov bizlarni yarashtirib qo‘yadilar. 6-bola: Bizning oila katta. Bobom, buvim, dadam, oyim, men va ikkita singlim birga yashaymiz. Bizning oilada bobom va dadamning aytganlarini hammamiz qilamiz. Tarbiyachi: – Oyingizga uy ishlarida yordam berasizlarmi? Bolalar: – Ha. Tarbiyachi: – Unda qani, hozir mehmon keladi rolli o‘yinini o‘ynaymiz. Mehmonlar kelishidan oldin dasturxon tuzaymiz. Guruhdan bitta ota, bitta ona, bitta buvi va bir qiz kerak. (Tanlab olingan bolalar o‘z rollariga kirib dasturxon tuzaydilar) Tarbiyachi: – Sizlarning xitti-harakatinglardan uyda ko‘p mehmon kutishinglarni sezib qoldim. Barakalla, sizlar onangizga judayam dastyor ekansizlar. Axir oila a’zolari bir-biriga yordam bermasa ham bo‘lmaydi-da. Endi esa har birimiz “Mening oilam” mavzusida surat chizamiz. Suratda oila a’zolaringizni har biri tasvirlanishi kerak. Misol uchun kechki ovqat vaqtidan keyingi holatni tasvirlashingiz mumkin. (Bolalar rasm chizishadi) Tarbiyachi: – Suratlar juda ajoyib. Bolalar, kim ota-onasini qanday chaqiradi? Bolalar: – oyi, dada, opa, ada. Tarbiyachi: – Kichik do‘stlarim, ota-onangiz sizni chaqirganida qanday chaqiradi? Bolalar: Asalim, yagonam,aqlligim, mehribonim, go‘zalim.Tarbiyachi: – qaranglar, ota-onamiz bizni qanchalik erkalab chaqirarkanku, biz esa oddiygina oyi dada derkanmiz. Kelinglar, bugundan boshlab ularni oyijon, dadajon, bobojon, buvijon deb chaqiramiz. Ertaga ularni yangicha chaqirganingizda bu ularga qanday ta’sir qilganini aytib berasizlar. MAVZU: INSON MATVAYSIYASINING TARXIY TAFFAKURI:MATVAYSIYA HAQDA ALLOMALARNING QARASHLARI Tarbiyachi: Ahmedova M. N. Download 333.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling