Maqsud Shayxzoda haykali —Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Monumental sanʼat yodgorligi. Obyekt davri: 1986-yil. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Jenov“ MFY Jenov qishlogʻi.
19
|
O’lkam hududidagi spleonimlar haqida ma’lumot (masalan:Teshiktosh g’ori)
|
Taxtaqoracha dovonida Takalisoy bo’yidagi g’ordan arxeolog D.N.Lev tomonidan muste davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi tosh davri odamlari yashaganligidan dalolat beradi.
|
20
|
O’lkam hududidagi zoonimlar haqida ma’lumot (o’tmishdagi va hozirdagi Masalan:Otchopar, Tuyabo’g’iz)
|
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hududidagi ayrim qishloqlarda Govkushon nomi bilan ataladigan joy nomlari uchraydi.Bunda nazarga tutilgan gov-sigir ma’nosida keladi.Demak,sigirxona degan ma’noni beruvchi zoonim mavjud bo’lgan,hozirda bu nomdan foydalanishmaydi.Nom adabiy tildan chiqqan termin sifatida qo’llaniladi.Qo’chqarbuloq-qishloq,SHahrisabz tumani.O’zbeklarning saroy qabilasi tarkibida qo’chqorbuloq degan urug’ bo’lgan.
|
21
|
O’lkam hududidagi muzeylar haqida ma’lumot
|
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa bo'lib Qashqadaryo viloyatining madaniy hayoti, hududning o'ziga xos bo'lgan tarixi va madaniy hayotiga oid bo'lgan 38 mingdan ziyod eksponatlar mavjud.Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1909-yilda qurilgan Xoʻja Abdulaziz madrasasida 1975-yildan 2007-yilga qadar faoliyat koʻrsatib kelgan. Dastlabki davrda 3 ta boʻlim: "Inqilobgacha boʻlgan davr", "Inqilobdan keyingi davr" hamda "Tabiat boʻlimlari" faoliyat ko'rsatgan. 1992-yil "Inqilobgacha" va "Inqilobdan keyingi davr" boʻlimlari "Tarix" boʻlimiga aylantirildi. Shu yildan, “Xalq amaliy san’ati” boʻlimi, 1995-yil Qarshidagi “Shuhrat” qoʻrgʻonida “Mehnat va shon-shuhrat“ boʻlimlari tashkil etildi. Mazkur boʻlim 2003-yildan “Xotira va qadriyat” boʻlimi sifatida qayd etib kelinmoqda. 2004-yil 24-sentabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 452-sonli Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Qashqadaryo viloyati oʻlkani oʻrganish muzeyi faoliyat koʻrsatib kelgan Xoʻja Abdulaziz madrasasi ham qayta ta’mirlash dasturiga kiritilgan boʻlib, ta’mirlash ishlari olib borildi. Muzeyning barcha eksponatlari madrasa yonidagi binoga, ya’ni fondga joylashtirildi.
|