Mening o’lkam tarixi


Download 53.21 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi53.21 Kb.
#1515433
  1   2   3
Bog'liq
Sayfullayev.E


Tuzuvchi: 21.01-guruh talabasi Sayfullayev Elbek


MENING O’LKAM TARIXI





Savol

Javob

1

O’lkamning hozirgi nomi va qachon bu nom berilgan? (qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha, shahar, shaharcha, tuman)

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani  2003-yil 6-yanvar.Mirishkor QFY .Obodon mahallasi.
Yoshlik kochasi.

2

O’lkamning qadimgi nomlari (qishloq, ovul, mahalla, guzar, ko’cha, shahar, shaharcha, tuman)

Usmon Yusupov va Bahoriston tumanlarining birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan.

3

O’lkam haqida quyidagi yozma manbalarda keltirilgan(yunon-rim, fors, xitoy, arab, mahalliy va boshqa manbalar)

Qashqadaryo viloyati toponimlari haqida keltirilgan ma’lumotlar Zahriddin Muhammad Boburning ''Boburnoma'', Mahmud Koshg’ariyning ''Devonu lug’otit turk'' asarlarida keltirilgan.’’Hudud ul- olam’’ asarida ham ma’lumotlar keltirilib o’tilgan.

4

O’lkamning tarixiy geografiyasi (qadimgi davrdan to hozirgi kungacha bo’lgan davrda qaysi davlatlar, sulolalar tarkibiga kirgan va uning hududi)

Miloddan avvalgi VII-VI-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.
Qashqadaryoda VII-VIII asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“degan yozuv boʻlgan.
Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. IX-X asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiy-ijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val adab“nomiga sazovor boʻddi.
Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shaharlari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (XIV asrda) Kepakxon (1318—1326) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahriga asos solindi.
XIV-XV-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi.
Mangʻitlar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.

5

O’lkamning hozirgi kundagi geografiyasi (hududi, chegarasi)

 Mirishkor tumani Qashqadaryo viloyatining Janubi-g’arbida joylashgan. Tuman shimoldan muborak, Sharqdan Kasbi, Qarshi, Nishon tumanlari, g’arbdan Buxoro viloyatining Olot va Qorako’l tumanlari, Janubdan Turkmanistonning Lebap viloyati bilan chegaradosh. Mirishkor tumanida 12 fuqarolar yig’ini (Avazcho’l, Vori, Guliston. Gulshanbog’, Jo’ynov, Mirishkor, Navbahor, Obod, Pomuq, Chamanzor, Chandir, Yangiobod) bor. Maydoni 3,1 ming kilometr kvadrat
. Viloyat geografik o’rni jihatidan Albaniya, Nedirlaniya, Belgiya, Armaniston mamlakatlari bilan tengdir.O’lka respublikaning janubi-g’arbida, Pomir-Oloy to’g’ sistemasining g’arbida, Amudaryo, Zarafshon daryolari,Hisor va Zarafshon tizma tog’lari orasida joylashgan

6

O’lkamdagi arxeologik yodgorliklar haqida ma’lumot (rasmlar bo’lsa orqa qismga ilova qiling)

Pirmaqalatepa — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: XI—XIII asrlar. Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan. Obyekt manzili: “Pomuq” MFY.

Download 53.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling