«Mening qadrdon O’zbekistonim» mavzusidagi mashg`ulot ishlanma Qurish-yasash va matematika markazi: Mavzu: «Qurilish materiallaridan shaxar quramiz»


Download 23.88 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1523967
1   2   3   4
Bog'liq
Mening qadrdon O’zbekistonim» mavzusidagi mashg`ulot ishlanma Q

San`at markazi.
Mavzu: «O’zbekiston bayrog`ini chizamiz».
Maqsad: O’zbekiston ramzlari haqidagi bilimga ega, bayroqning har bir rangini ifodalay oladi, namunasiz chizish qobiliyatiga ega, Uzbekiston bayrogini boshqa davlatlarning bayroqlaridan farqlay oladi.
Kerakli jixozlar: Bayroq tasvirlangan turli rasmlardan namunalar, kontseliyariya mollari. Rag`batlantirish uchun «Ofarin» medallari.
Faoliyatning borishi:

  1. Mavzu asosida suratlarni kuzatadi

  2. Kerakli jixozlarni tanlab olish.

  3. Bayroqni chizish.

  4. Rasmlar yordamida ko’rgazma tashkil qilish.

  5. Dustlari suratlarini taxlil etishi va rag`batlantirish.

Qo’shimcha: Mavzu asosida she`r yod oldirish. Pazlla orqali bayroqni yig`ish o’ynini o’ynash.
Alohida e`tibor qaratiladi: Bolaning badiiy-estetik jixatlarini shakllanganligi, tasviriy faoliyatning turlarini ajrata olishi, o’z fikrini rasmlari orqali ifodalashiga.


Qurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: «Maktab quramiz».
Maqsad: Binoni kurilishi va joylashishi shaklini biladi, balandligini o`lchay oladi, geometrik shakllar nomini biladi, maktab inshoatini mustaqil qura oladi.
Kerakli jixozlar: katta kurilish materiallari, gishtchalar va stol ustida uynaladigan qurilish jixozlari.
Faoliyatning borishi:

  1. Binoni qurish rejasini tuzish.

  2. Qurilish uchun kerakli jixozlarni tanlash.

  3. Qurish va yasash.

  4. Tayyor binoni atroflariga qo’shimcha jixozlar joylashtirish.

Qo’shimcha: Maktab xakida sherni yod olish, ukituvchi kasbi xakida tarbiyachi bilan suxbat.
Alohida e`tibor qaratiladi: Bino qurishda uning asosini nimadan tashkil topganligiga, binoni qay darajada mustaxkamligi va bajarilgan ishning sifatiga.
Qurish-yasash va matematika markazi
Mavzu: «Bolalar bogchasi».
Maqsad: Turli bogchalar binolarini kuzatadi, bolalar bogchasi binosini kurilish materiallari, gishtchalardan foydalanib kuradi, katta kurilish materiallarini biladi, va kurilishda foydalanadi, shakllarning katta kichikligini biladi, ranglarni farqlaydi. Nechta? Nechinchi? Savollarini o’rinli ishlata oladi.
Kerakli jixozlar: kubiklar, geometrik shakllar, qurish-yasash materiallari, namuna, mavzu asosida rasm.
Faoliyatning borishi:

  1. «Mening bog`cham» lavhasini tomosha qilish (AKTdan foydalangan holda).

  2. Bolalar bog`chasini qurishni rejalashtirish.

  3. Bolalar bog`chasini qurish.

  4. Tayyor ishga qo’shimcha bezak berish.

Qo’shimcha: Tarbiyachi bolalarga o’zlari qurib bitirgan bog`chani mayda o’yinchoqlar bilan to’ldirishni tavsiya qilishi mumkin (moshina, mebel, daraxt va butalar) va mavzu asosida hikoya tuzish.
Alohida e`tibor qaratiladi: Qurish-yasash materiallaridan to’gri foydalanishni bilishi, to’g`ri qaror qabul qilib o’rtoqlarini o’z izidan boshqarishga.

Syujetli-rolli o’yinlar markazi:
Mavzu: «Muzeyda».
Maksad: Muzeyda o’zini tuta bila oladi. «Ekskursiya», «gid», «Maket» so’zlarining ma`nosini biladi.
Kerakli jixozlar: maskalar, kiyimlar, atributlar, chipta, mavzuga doir rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1.Mavzu asosida suratlarni kuzatish
2. Kuzatuv asosida taxlil etish
3.Muzeylar xakida dustlari bilan fikr almashish.
3. Dustlari urtasida rollarni taksimlab olish
4. Uyin mazmunini boyitish.
Qo’shimcha: Muzeylarga AKT orqali sayoxat uyushtirish.
Alohida e`tibor qaratiladi: tugri boglangan nutkga axamiyatni karatish nutk, suzlarni urnida kullash malakasi, tasavvur va akterlik kobiliyati.
Til va nutq markazi.
Mavzu: «O’zbekistonning qadimiy shaharlari» (Samarqand, Buxoro), AKT suhbat.
Maqsad: Samarqand va Buxoro qadimiy shaharligini biladi, Samarqanddagi «Registon»ni, Buxorodagi «Minorai Kalon»ni biladi. O’zbekistonning 12 ta viloyati mavjudligini biladi. Bola nutqi faollashadi, eshitish qobiliyati rivojlanadi, diqqat va xotira mustaxkamlanadi.
Kerakli jixozlar:Mavzu asosida videolavhalar, Samarqanddagi «Registon»ni, Buxorodagi «Minorai Kalon»ni rasmlari.
Faoliyatning borishi:
1. Lavhalarni tomosha qilish.
2. Lavhalardan olgan ma`lumotlari asosida rasmlarni ajratib olish.
3. Rasmda qaysi viloyat tasvirlanganligini aniqlash.
4. Samarqanddagi «Registon», Buxorodagi «Minorai Kalon»ni rasmlarda tomosha qilish.
5. Rasm va ko’rgazmalar orqali mavzu bo’yicha bilimlarini boyitish.
Qo’shimcha: O’zbekiston xaritasida O’zbekistonning viloyatlari qaerda joylashganligi va chegaradosh davlatlarni bolalarga ko’rsatish.
Alohida e`tibor qaratiladi: Rasmlarni taxlil qilinishiga, tarixga bo’lgan qiziqishiga.


Fan va tabiat markazi.
Mavzu: «Quvnoq sharlar».
Maqsad: Havoning inson hayotidagi muhim o’rni haqida biladi, havoning xususiyatlarini biladi, havo yordamida elementar tajribalar o’tkaza oladi, to’g`ri nafas olib chiqarishni biladi.
Kerakli jixozlar: tsellofan paket, pufak, mavzu asosida rasmlar.
Faoliyatning borishi:

  1. TSellofanga havo to’ldirish.

  2. Pufakka havo to’ldirish.

  3. Havo bilan to’ldirilgan tsellofan va pufakning og`zini mahkamlash.

  4. Havoning hosil bo’lish va bir joyda to’planish jarayonini tahlili qilish.

  5. TSellofan va pufakning og`zini bushatish.

  6. Engil jism yordamida (paxta yoki par) tsellofan yoki pufakdan chiqayotgan havoning bosimini ko’rish va his qilish.

Qo’shimcha: Markazda olib borilgan faoliyatni zimdan kuzatish, tinglash, bolalar fikrini tinglash, havoning ko’z bilan ko’rib qo’l bilan ushlab bo’lmasligini, havo yana nimalar uchun zarurligini, havo bo’lmasa sayyoramizda nimalar sodir bo’lishi mumkinligi haqidagi qo’shimcha ma`lumotlarni berish.
Alohida etibor qaratiladi: Bolaning mavzu borasida qanday fikrga, bilimga ega bo’lganligiga, mavzuni to’g`ri tahlili qila olganligiga.

San`at markazi.
Mavzu: «Mustaqillik bayrami» mavzusida rasm chizish.
Maksad: O’zbekistonda nishonlanadigan bayramlarni biladi, mustaqillik bayramining qachon nishonlanishini biladi, bayram arafasidagi o’zgarishlarni biladi. Mustaqillik hiyoboni haqida tushunchaga ega. Ranglarni to’g`ri tanlay oladi, mavzudan chetlashmaydi, berilgan mavzuni tez idrok etib, uni qog`ozga tushura olish qobiliyatiga ega.
Kerakli jixozlar: shahar ko’chalarining bayram kunlaridagi suratlari, namuna, qog`oz va kontselyariya mollari.
Faoliyatning borishi:
1. «Mustaqil O’zbekiston» mavzusi asosidagi rasmlar va namunani tomosha qilish.
2. Rasm chizish uchun materiallarni tanlash.
4. Rasm chizish jarayoni.
5. Rasmni yana qo’shimcha bezaklar bilan boyitish.
Qo’shimcha: Mustaqillik mavzusida she`rlar yod oldirish, ota-onalar uchun bolalar ishlaridan ko’rgazma tayyorlash.
Alohida e`tibor qaratiladi: Ranglardan to’g`ri foydalana bilishi, ikki va undan ortiq ranglarni aralashtirib rang hosil qilishi.


Qurish yasash va matematika markazi:
Mavzu: «Yullar va kupriklar kuramiz» (uzun va kiska, keng va tor).
Maksad: Kurilish materiallari va gishtchalar erdamida yullarni kurishni biladi, fazoviy muljal olish malakasi, dikkat, tafakkur, xotirasi rivojlangan, topshirikni berilgan ketma-ketlik asosida bajaradi, katta xajmdagi shakllarni ajrata oladi va kurilish ishlarida ularning shakli, rangi va kattaligini inobatga oladi.
Kerakli jixozlar: kubiklar, geometrik shakllar, lego shakllari, yul xarakati belgilari, «Tugriga xarakat» «Ungga xarakat», «CHapga xarakat»



Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling