Faoliyatning borishi:
«Yullar» va «Ko’priklar» suratini kuzatish.
Yo’llar va ko’priklar haqida ma`lumot olish.
Ko’prik qurish uchun geomertik shakllarni tanlash
Yo’llar va ko’prik qurish
Bajarilgan ishni o’rtoqlari bilan solishtirish, mustahkamligini tekshirish.
Qo’shimcha: Bajarilgan ishni turli belgilar bilan boyitishni tavsiya etishi mumkin, rag`batlantirish.
Alohida e`tibor qaratiladi: Bolalarni jamoa bo’lib ishlashiga, bajarilgan ishning mustahkam va to’g`ri bajarilganligiga, mavzuni to’liq o’zlashtirganligiga.
Til va nutq markazi.
Mavzu: «Toshkent – qurilishlar shahri» (AKT)
Maksad: O’zi yashab turgan manzilini biladi, yashab yurgan shahri nomi, tarixi borasida qisqacha ma`lumotga ega
Kerakli jixozlar: Toshkent shahrining rasmi, shaharning diqqatga sazovor joylari namoyish etilgan videolavhalar diski
Faoliyatning borishi:
«Toshkent qurilishlar shahri» videlavhasini kuzatish
Lavha bo’yicha tushuncha berish, hikoya tuzish
Lavha to’g`risida o’zaro suhbat qurish
Lavhadagi diqqatga sazovor binolar va ularning nomlarini yodga olish, tahlil qilish.
Qo’shimcha: Lavha yuzasidan savol-javoblar o’tkazish, «Baland, past», «Katta-kichkina» o’ynini o’ynashni taklif etish.
Alohida e`tibor qaratiladi: Nutq boyligining oshganligi, lug`atiga yangi so’zlarning qo’shilganligiga ahamiyat berish.
San`at markazi.
Mavzu: «Gerb» Applikatsiya (tabiiy materiallardan)
Maksad: O’zbekiston Respublikasi ramzlarini biladi, ularning ma`nosini biladi, applikatsiya yordamida mayda qo’l motorikasi rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: O’zbekistan gerbi, gerb namunasi, bug`doy boshog`i va paxta, oq va rangli qog`oz, qaychi, tabiiy materiallar
Faoliyatning borishi:
Rasmlar orqali O’zbekiston ramzlari haqidagi ma`lumotlar bilan tanishish.
Gerbni kuzatish, tahlil qilish.
Gerb yasashni rejalashtirish.
Kerakli jihozlarni tanlash.
Gerbni mustaqil yasash.
Qo’shimcha: Gerb xaqida she`r yod oldirish.
Alohida e`tibor qaratiladi: Ijodiy ish jarayonida tozalikka axamiyat berish, hayot xavfsizligiga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |