Mening sevimli ertagim
Download 11.98 Kb.
|
insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- Men sevgan ertak qahramoni”
“Mening sevimli ertagim” Reja: 1. O‘zbek xalq ertaklari- bebaho. 2. Ertaklar – yaxshilikka yetaklar. Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertakning paydo bo‘lishida qadimiy urf-odatlar, marosimlar, tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o‘rin tutgan. Ertaklarda ijobiy qahramon, albatta, yovuzlik, adolatsizlik, zulm ustidan g‘alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifodalaydilar.Ertaklar azaldan xalqni, ayniqsa, biz bolalarni insonparvarlik, Vatanga muhabbat, rostgo‘ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalaydi. Ertaklar turli mavzularda bo‘lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo‘linadi. Ertaklarni ham tinglaymiz, ham o‘qiymiz. O‘zbek xalq ertaklarining bebaho namunalari bizga hanuzgacha ma’naviy zavq berib kelyapti. Qiziqarli ertaklar asosida yaratilgan sahna asarlarini, kinofilmlarni, multfilmlarni sevib tomosha qilamiz. Biz “Uch og‘a-ini botirlar”, “Susambil” ertaklari bilan tanishdik. “Susambil” ertagi o‘zbek xalq ertaklari orasida o‘zining tili, tasvir jozibasi, mavzusining muhimligi bilan ajralib turadigan asar. Avvalo, ertakda xalqimizning adolat va farovonlik hukm suradigan zamonlar haqidagi orzulari aks etgan. Susambil ertakda adolat qaror topgan va hamma baxtli yashaydigan afsonaviy yurt timsoli sifatida tasvirlanadi. “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko‘ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag‘ishlovchi ma’naviy manbadir. “Men sevgan ertak qahramoni” Reja : 1. Ertak qahramonlarining yaxshi fazilatlari. 2. Otaning o’g’illariga nasihati. 3. “Uch og’a-ini botirlar” ertagidan chiqargan xulosam. Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biridir. Ertak voqealari juda qiziqarli bo’lib, tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Qadim zamonda o‘rtahol bir kishi yashagan ekan. Uning uch o‘g‘li bo‘r ekan. O‘g‘illarini safarga kuzatib qo‘yishdan oldin ularga shunday pand-nasihatlar qiladiki, biz bu pand-nasihatlardan ushbu kishining qanday odamligini osongina bilib olamiz. «O‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim», - deydi u. Haqiqatan ham, o‘qigan odam dunyoni taniydi, oq-qoraning farqiga boradi. Ilmli va hunarli odam hech qachon xor bo‘lmaydi.Bu kishi o‘g‘illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Birinchidan, sog‘lom qilib tarbiyalaydi, natijada o’g’illari baquvvat bo’lib o‘sadi. Ikkinchidan, qurol-yarog’ bilan tanishtiradi, natijada o‘g‘illari yarog’ ishlatishga usta bo‘lishadi. Uchinchidan, qo‘rqitmay o’stiradi, natijada o‘g‘illari botir, dovyurak bo’lib voyaga yetishadi. Endi bularning ustiga ilmli ekanligini ham qo’shsak, ular naqadar barkamol yigitlar ekanligining guvohi bo‘lamiz. Biroq ularning otasi bu bilan kifoyalanib qolmaydi. U o‘g‘illarini yanada mukammal bo’lishlarini istaydi. Shu sababli ularga yana uch narsani uqtiradi: «To’g’ri bo’ling - bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang - xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo‘lmaysiz». O‘g‘illari otalarining bu o‘gitlariga amal qilganlari uchun ham barcha xatarlardan omon chiqdilar. Hatto podshoh o‘zining uch qizini ularga berib, og‘a-inilarni o‘ziga kuyov qilib oldi. Endi ular saroyda qolib, faqat yeb-ichib yashasalar ham bo‘lardi. Podshohning o‘zi ularga shuni taklif qiladi. Biroq og‘a-inilar bunga rozi bo‘lmaydilar. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagi bilan tanishgach, uning betakror badiiy olami, uch og‘a-ini, ularning qahramonliklari, go‘zal xulqi, odobi, aql-farosat egasi ekanliklaridan zavq oldim. Ushbu ertak mazmunidan talay kerakli xulosalar chiqardim, ertaklar shunchaki ko‘ngil ochish, ovunish uchun aytilmasligi va to‘qilmasligiga ishonch hosil qildim. Download 11.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling