III.Yangi mavzu bayoni :
O`quvchilarga kompyuterlarning matnli va grafik holatlarti haqida tushuncha beriladi. Kompyuter ishga tushirilganda matnli holatda ishlashi ham alohida uqtiriladi. Kompyuterni grafik hoatga o`tkazish uchun maxsus dasaturlar qo`llaniladi. Kompyuter matnli holatda grafik holatdagiga qaraganda bir necha o`nlab barobar tezzroq sihlaydi.
Paskalning garfik usul buyruq va ko`rsatmalari Graph modulida joylashgan. Shu sababli grafik holatda ishlash uchun dastur boshida Uses Graph ko`rsatmasai beriladi. Ushbu holatda kompyuter ekrani mayda nuqtalardan (piksel) tashkil topadi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekranni grafik holatga o`tkazish uchun InitGaph ko`rsatmasi beriladi. Uning umumiy ko`rinishi quyidagicha: InitGraph(GD, GM, );
bunda GD (GraphDrayver) va GM (Graphmode) – butun sonli o`zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlari va tanlangan grafik holatga bog`liq. Gd ning qiymati 0 (nol) deb olinsa, optimal garfik holat avtomatik ravishda aniqlanadi.
Grafik hoaltdan chiqish uchun CloseGraph operatoridan foydalaniladi.
Misol:
Uses Graph;
Var GD, GM: Integer;
Begin
GD:=0;
InitGraph(GD,Gm, ‘’);
CloseGraph;
End.
PutPixel(X,Y,Rang) operatori ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasini “rang” parametri bilan aniqlanadigan rangga bo`yaydi. Chiziq rangi SetColor(Rang), fon rangi esa SetBkColor(Rang) operatorlari yordamida tanlanadi. Line(X1,Y1,X2,Y2), GetMaxX, GetMaxY funksiyalari haqida ham ma’lumot berish zarur.
IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash:Ortiqcha vaqtga qarab yuqoridagilarni kompyuterda sinab ko`rish mumkin.
V.Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash.Darsda faol ishtrok etgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,mavzu bo`yicha o`quvchilarni fikr-mulohazalarni tinglash,savollarga javob berish va yakun yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |