Merkantelizm iqtisodiy ta’limoti va uning mohiyati Reja: Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi


Download 35.56 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1764798
1   2   3   4
Bog'liq
1476966373 65782

Merkantilizm (fransuzchamercantilismeitalyanchamercante — savdogar) — 1) iqtisodiy tafakkur tarixida mu-him yoʻnalishlardan biri, hukmron hokimiyat va savdogarlar mafkurasini nazariy asoslashga xizmat qilgan;2) kapitalning dastlabki jamgʻarilishi davrida davlatning xoʻjalik hayotiga faol aralashuvini yoqlovchi iqtisodiy siyosat. M.ning vujudga kelishi va rivojlanishi Buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tizimining paydo boʻlishi bilan bogʻliq. M. dastlab qonuniy yoʻl bilan pulni koʻpaytirishga qaratilgan siyosatni targʻib qilgan. Xorijdan kelgan savdogarlarning pulni oʻz mamlakatiga olib ketishini taqiqlagan, savdodan tushgan pulga mahalliy sanoat mahsulotlarini xarid qilish zarur boʻlgan. M. davlatning iqtisodi-yotga faol aralashishini talab etadi. M. taʼlimotiga koʻra, boylik ishlab chiqarishda emas, balki muomala sohasida yuzaga keladi va u aynan mamlakatdagi oltin, kumush va boshqa javohirlarda oʻz aksini topadi. M. 15-asrning 2-yarmidan rivojlana boshlab, 17-asrda ravnaq topdi, 18-asrning 1-yarmiga qadar nufuzini saqgsab keldi. Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi. M. mo-hiyatan oʻtkinchi taʼlimot boʻlishiga qaramasdan, uning gʻoyalari tovar-pul, moliya-kredit, savdo rivojiga muhim hissa qoʻshdi.
Kapitalizmning paydo boʻlishi bilan M.ning asosiy qoidalari yangi iqtisodiy sharoitga mos kelmay qoddi. M.oʻrniga erkin iqtisodiy (proteksionizmga qarshi) faoliyatni nazariy asoslagan klassik siyeʼsiy iktisod maktablari vujudga keldi.

Natural-xo‗jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi 16-asrdan 18-asrgacha bo‗lgan tarixiy davrni o‗z ichiga oladi. Bu davr merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so‗zidan kelib chiqqan – savdogar ma‘nosini anglatadi) birinchi ilmiy qarashlar tizimi hisoblanadi.


Bu ta‘limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‗ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‗lishi savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‗ldi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat harajatlarini himoya qildilar.
Bir qancha asr davomida boylikning manbai, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik deb tushnilar edi. Lekin XV asrga kelib, natural xujalikning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, Fan va madaniyatning yuksalishi, Yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar va mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Manna shu davrga kelib, Yevropadagi asosiy mamlakatlar merkantilizm siyosati ta‘sirida edilar. Merkantilistlar , millatlar xuddi savdogarlar singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblardilar. Xukumat eksportni qonunlar bilan qo‗llab quvvatlashi, sanoatda ish haqi va resrslarga kam harajat qilishi kerak deb ta‘kidladilar. Shu usulda «qulay savdo balansiga» erishishi mumkin.
«Qulay savdo balansi» deb eksport importdan ortiq bo‗lgan vaziyat tshunilar edi. Merkantilistlarning fikricha oltin va kumush zahirasining ko‗payishi millat farovonligining o‗lchovidir.
Yevropadagi ko‗pchilik mamlakatlar qulay savdo balansiga erishish uchun o‗zga mamlakatlarni bosib olib, ular mustamlakalarni arzon ishchi kuchi va xom ashyo manbai hamda tayyor tovarlarni sotish uchun bozor deb hisoblar edilar. Masalan Angliyada Amerikadagi o‗z koloniyalarida Navigatsiya to‗g‗risida qonun qabul qilingan edi. Bu qonun koloniyalarga qalpoq, jundan to‗qilgan buyumlar, toblangan temir kabi tovarlar ishlab chiqarishni taqiqlab, Britaniya sanoatini himoya qilar edi. Qonunda Angliya xukumatidan boshqa birorta mamlakatga sotilishi mumkin bo‗lmagan «alohida tovarlar» (asosan xom ashyo) ro‗yxati bor edi

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling