Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja


Download 31.96 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi31.96 Kb.
#1020448
1   2   3   4   5
Bog'liq
Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja (2)

Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari).
YAngi taъlimot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika. Uy hunarmandchiligida sohalar, tarmoqlararo mehnat taqsimoti mavjud, hamma ishni bir odam yoki shogird, oila bilan birga bajaradi. Manufakturada esa kooperatsiya yuzaga keladi, eng muhimi chuqur mehnat taqsimoti, xususiy tadbirkor, yollanma ishchi kuchi paydo bo‘ladi (XV àñð). Fabrika to‘g‘risida esa quyida axborot beriladi.
Merkantilizmning birinchi davri o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, yaъni oltin va kumush pullar, javohirlarni to‘plash bilan bog‘liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga o‘rinilgan. Qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqiladigan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). CHet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo‘lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojini susaytirgan.
Taniqli iqtisodchi N.D.Kondratev fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qadnay bo‘lishi kerak va unga nisbatan davlat hoqimiyatining munosabati masalasi asosiydir.
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha taъriflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko‘proq to‘plash; nazariya va taъlimotda: savdo, pul oboroti, yaъni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. «Insonlar metall uchun qurbon bulmoqda», yaъni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamoxang bo‘lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo‘ldi. Savdo kapitalining asosiy tamoyili - qimmatroq sotish uchun sotib olish (bu hodisa O‘zbekistonda ham hozirgi davr o‘zgarishlarida uchrab turadi). Ularning, yaъni sotib olish va sotish farqi esa sariq metall shaklida namoyon bo‘ladi. Farq, yaъni foyda faqat ishlab chiqarishda, faqat mehnat yo‘li bilan yuzaga kelishi mumkinligi haqida o‘ylanmaydi. CHet ellarga ko‘proq chiqarish va ulardan kamroq olish siyosati ham davlat siyosatiga aylandi. Agar davlatda pul ko‘p bo‘lsa, hamma narsa yaxshi bo‘ladi degan fikr asosiy bo‘lgan va bu davlatning, dvoryanlarning va burjuaziyaning talab-ehtiyojlariga mos tushgan. Bu kapitalning dastlabki jamg‘arilishi bilan bevosita bog‘liqdir.
Haqiqatdan ham har qanday tadbirkorlik puldan boshlanadi va pul kapitalga aylanadi, chunki unga ishchilar yollanadi, qayta ishlash yoki sotish uchun tovarlar sotib olinadi. Uni amalga oshirish nihoyatda primitiv (sodda) yo‘llar bilan amalga oshiriladi, bu ishlar odatda davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi bilan, maъmuriy yo‘llar bilan bajarilgan. Bu jarayonda esa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ancha cheklangan bo‘lib, rivojlangan merkantilizm tarafdorlari davlat aralashuvini tabiiy huquq tamoyillariga mos bo‘lishini istaydilar.
Qadimgi SHarqda paydo bo‘lgan tabiiy huquq falsafasi antik dunyoda (Arastu va boshqa olimlar tomonidan) rivojlantirildi va ayniqsa uyg‘onish davrida yuksaldi. Bu huquq lar abstrakt «inson tabiati» va uning «tabiiy huquqlari»dan iborat deb qabul qilingan va ko‘p hollarda O‘rta asrdagi cherkov va dunyoviy (davlat) despotizmiga qarama-qarshi bo‘lgan progressiv(ijobiy) elementlardan iborat.
Faylasuflar va ularning aqidalariga amal qilgan merkantilizm amaliyotchilari davlatga murojaat etib, insonlarning tabiiy huquqlarini taъminlashni talab etganlar. Ana shu talablar orasida mulkchilik va xavfsizlik bor. Bu taъlimotning ijtimoiy maъnosi shuki, davlat yangi jamiyat boyligi o‘sishini taъminlovchi sharoitni yaratishi va qo‘llashi shart edi. Iqtisodiy taъlimotlarning tabiiy huquq bilan aloqasi keyinchalik merkantilizmdan klassik iqtisodiy maktabga ham o‘tdi. Lekin bu aloqa mazmuni keyingi davrda ancha o‘zgardi (Fransiyadagi fiziokratizm, Angliyadagi Smit), chunki bu davrda burjuaziya davlat homiyligiga unchalik muxtoj emas edi, xatto u davlatning imkoni boricha iqtisodiyotga aralashuviga qarshi bo‘lgan.
M.Blaug fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining etakchi tamoyillari quyidagilar: 1)oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini taъminlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3)arzon xom ashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni qo‘llab-quvvatlash; 4) import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) taъriflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor sanoat mahsulot eksportini rag‘batlantirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o‘sishi. SHak-shubxasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g‘oyasining yuragi edi (eksport importdan katta).
Tahlil metodi (uslubi) sifatida asosan empirizm (tajriba)dan foydalaniladi, bunda iqtisodiy hodisalarning tashqi ko‘rinishlarigina taъriflanib, iqtisodiyotning barcha sohalarini o‘z ichiga olgan maъlum tizim asosida tahlil etish istisno etiladi;
Pulning kashf etilishi insonlarning sunъiy kashfiyot oqibati deb hisoblanadi, pulning o‘zi esa aynan boylik deb qaraladi;
Pul qiymati (qimmati) kelib chiqishini oltin va kumushning «obъektiv (jonli) tabiati» dan va ularning mamlakatdagi miqdori bilan belgilanadi;
Mehnatga taklifning o‘sishi ish haqining yuqori emas, past bo‘lish zarurati bilan bog‘lanadi;
Davlatning tartibga solishi tufayli iqtisodiy o‘sish mamlakat pul boyligining ko‘payish oqibati sifatida qaraladi, bunda tashqi savdo va savdo balansi saldosining ijobiy (aktiv) bo‘lishi taъminlanishi kerak.
Manufakturalarning rivoji mustamlakalardan keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom ashyo hisobiga ro‘y berdi, tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib, ancha qimmatga pullangan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya xududini 1 deb olsak, u o‘zidan 120 marta katta bo‘lgan erni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik bilan foydalangan.
Demak, merkantilizm bo‘yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat hoqimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha (asosiy oltinlar yig‘ib olinguncha) yashadi.



Download 31.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling