Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja
Download 31.96 Kb.
|
Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlari.
- Merkantilizm
- Xristofor Kolumb
- Vasko da Gama
a Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti Reja Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari. Ilk merkantilizm taъlimoti va uning namoyondalari Rivojlangan merkantilizm-manufaktura tizimi. Merkantilizim va proteksionizim siyosatining ayrim mamlakatlardagi ko‘rinishi. Merkantilizmning tarixiy taqdiri. 1. Merkantilizm tushunchasi va uning mazmuni. Merkantilizm g‘oyasining vujudga kelishining iqtisodiy va ijtimoiy shart- sharoitlari. Avvalgi davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda natural xo‘jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. YAngi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy taъlimot paydo bo‘ldi, bu merkantilizm taъlimotidir. «Merkantilizm» iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Lug‘aviy maъnosiga ko‘ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so‘z yangi taъlimotning mazmun va mohiyatini o‘zida aks ettiradi. Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko‘rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o‘zgardi. Bu taъlimotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo‘ldi. Noekvivalent almashuv savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o‘zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy taъlimot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala soxasini o‘rganish bilan shugullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. SHu davrga kelib Evropada oltin va kumush qaxatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko‘p, degan mish-mishlar va u erdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi erlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi. Pul vazifasini bajargan nodir metallar (xali qog‘oz pul yo‘q), ularning oxangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg‘azdi, insonni o‘ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, dengizda kemalar orqali xavfli yo‘lga otlanish taraddudi boshlandi, haritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog‘ to‘plandi. Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko‘proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar-oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko‘paytirish borasida maъlum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi. 1492 yilda portugaliyalik Xristofor Kolumb uchta kemasi bilan tasodif tufayli Amerika qitъasini ochdi (u o‘zini Hindistondaman deb o‘ylagan, shuning uchun qitъa nomi boshqa dengizchi - Amerigo Vespuchchiga nasib etdi, tarixning bu xatosini to‘g‘rilash uchun bu qitъadagi bir davlatga Kolumbiya nomi berildi). Ammo Amerika ko‘pchilik o‘ylaganidek oltin-kumushga unchalik boy emas ekan. Hindistonni qidirish yana davom etdi va 1498 yilda Vasko da Gama tomonidan ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan bu diyorga yo‘l ochildi. Boshqa dengizchi Magellanning butun dunyo bo‘ylab qilgan sayohati tufayli yangi er, orollar kashf etildi, ular qisqa vaqt ichida Evropa davlatlarining mustamlakasiga aylantirildi, u erlarda oltin-kumush konlari ochildi, yangi xom ashyo, ekin, hayvon turlari ochildi, ularning Evropaga kirishi boshlandi (paxta, makkajo‘xori, tamaki, kofe, kakao). Evropadagi davlatlar o‘rtasida (Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya-Gollandiya, Fransiya va Angliya) o‘rtasida kurash ham qizidi. SHakllanib kelayotgan yangi iqtisodiy munosabatlarning rivoji uchun muhim moddiy turtki paydo bo‘ldi. Kapitalizmning shakllanishi va rivoji uchun kapitalning dastlabki jamg‘arilish jarayoni kuchaydi, unga qulay imkoniyat yaratildi. Ayniqsa savdo rivoj topdi, bosib olingan erlardagi arzon-garov xom ashyolar Evropaga oqib kela boshladi, bu erda tayyorlangan tayyor mahsulotlar esa u erlarga olib borib sotildi. Savdo kapitalining roli beqiyos o‘sdi. Tarixan esa bu kapital umuman kapitalning dastlabki shakli bo‘lib qoldi. Undan keyin esa sanoat kapitali ajralib chiqdi. Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari). Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling