Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati


Download 68.77 Kb.
bet2/3
Sana19.01.2023
Hajmi68.77 Kb.
#1102219
1   2   3
Bog'liq
Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati

M.Blaus fikricha, merkantilistlar ilmiy dunyoqarashining yetakchi tamoyillari quyidagilar: 1) oltin va boshqa qimmatbaho metallar boylikning asosi sifatida qaraladi; 2) mamlakatga oltin va kumushlarning oqib kelishini ta'minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; 3) arzon xomashyoni import qilish yo`li bilan sanoatni qo`llab-quvvatlash; 4)import qilinadigan tayyor sanoat tovarlariga proteksionistik (yuqori) tariflar; 5) eksportni, ayniqsa tayyor mahsulot eksportini rag`batlantirish; 6) ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholi sonining o`sishi. Shakshubhasiz, milliy farovonlikning asosiy sharti sifatida aktiv savdo balansi hisoblangan va bu merkantilizm g`oyasining yuragi edi.
Demak, merkantilizm bo`yicha boylikning asosi pul (davlatda qancha pul ko`p bo`lsa, u shuncha boy deb hisoblangan) va pul miqdorini davlat hokimiyati yordamida oshirish mumkin. Aslida merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldinroq paydo bo`ldi va XVI asrning o`rtalarigacha (asosiy oltinlar yig`ib olinguncha) yashadi. Ilk merkantilizm davrida chaqalar ataylab ishdan chiqarilgan, chunki bu pullar bilan faqat ichki savdo oborotini olib borish mumkin (tashqi savdoda esa mumkin emas), maqsad - pulni mamlakatda saqlab qolish.

3-reja


Bu ta'limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim merkantilistlar ham tan olgan. A.Smitning fikricha, bu "bizning savdogar va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o`tkazilgan proteksionistik anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik bilan bog`liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o`z boyligini oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam sarflashi kerak.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630 yilda T.Manni o`zi ham mamlakatga qimmatbaho metallarning oqib kelishi ichki baholar ko`tarilishiga olib kelishini va "qimmatroq sotish, arzonroq olish" doktrinasi mamlakatning o`ziga qarshi ekanligini tushundi. Taniqli ingliz iqtisodchi R.Kantilyon (1680-1734) va D.Yum (1711-1776)lar ham merkantilistlar g`oyasining noto`g`ri ekanligini isbotlab berdilar. Sof avtomatik mexanizmlar savdo qilayotgan davlatlar o`rtasidagi "pul metallarining tabiiy taqsimlanishi"ga va ichki baholar darajasining shunday o`rnatilishiga olib keladiki, har bir mamlakat eksporti uning importiga teng bo`ladi.
"Pul savdoni rag`batlantiradi" doktrinasini eng yuqori darajaga ko`targan qog`oz pul merkantilisti Jon Lo (1671-1729)ning g`oyalari va faoliyati diqqatga sazovordir (ba'zi manbalarda Lou). Uning "Pul va savdo tahlili" (1705y.) asaridagi tub g`oya baholarda foyda hissasini oshirishga va "pulning ko`payishi hozirgi o`ziga to`q odamlarni tadbirkorlikka jalb etadi" degan fikr asosiga qo`yiladi. Uning hayoti to`g`risida "Inflatsiya otasi", "Kredit sehrgari", "Bankir Loning g`aroyib hayoti" kabi turli kitoblar chop etildi.

Download 68.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling