Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati


Download 68.77 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi68.77 Kb.
#1102219
  1   2   3
Bog'liq
Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati

Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati

Reja:

  • 1.Merkantilizmning vujudga kelishining ijtimoiy iqtisodiy asoslari.
  • 2.Merkantilizm iqtisodiy talimotining mohiyati.
  • 3.Merkantilizm iqtisodiy talimoting tarxiy taqdiri.
  • 4.Merkantilizm va hozirgi zamon.

1-reja


"Merkantilizm" iborasi birinchi bo`lib Adam Smitning asarlarida o`z ifodasini topdi. Lug’aviy ma'nosiga ko`ra, bu so`z italyancha bo`lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so`z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o`zida aks ettiradi. Feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o`sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo`ldi. Ana shu o`zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o`rganish bilan shug`ullandi.
Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog`oz pul yo`q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg`azdi, insonni o`ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo`lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog` to`plandi. Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko`proq oltin va kumush keltirish, deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko`paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.

2-reja


Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin: 1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o`rtalari). 2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura sistemasi) (XVI-XVIII asr o`rtalari). Merkantilizmning birinchi davri o`sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya'ni oltin va kumush pullar to`plash bilan bog`liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. qimmatbaho metallni tashqariga, chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo`lishi mumkin). Chet ellik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun).
Merkantilizmni qisqacha qilib quyidagicha ta'riflash mumkin: iqtisodiy siyosatda: mamlakatda va davlat xazinasida imkoni boricha nodir metallarni (oltin, kumush, javohir, zar va durlarni) ko`proq to`plash; nazariya va ta'limotda: savdo, pul oboroti, ya'ni muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarni izlab topish. "Insonlar metall uchun qurbon bo`lmoqda", ya'ni oltin fetishizmi butun kapitalistik jamiyat rivojiga hamohang bo`lgan yangi hayot tarzi va fikrlashning tarkibiy qismidir. Ayniqsa, savdo kapitali davrida bu yorqin namoyon bo`ldi.

Download 68.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling