Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati
Download 68.77 Kb.
|
Merkantilizm Iqtisodiy ta`limoti va faoliyati
4-rejaA.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina "Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq" deb yozish bilan shunday nuqtayi nazarni ilgari surdiki, unga ko`ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko`shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro`y beradi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog`liq ta'limot yuzaga keldi. U "Merkantilizm to`g`risidagi mulohazalar" va "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli asarlarida merkantilizmning ayrim g`oyalarini qo`llaydi. Keyns o`zini merkantilistlar bilan yaqinlashtiruvchi to`rt sohani berdi: 1. Merkantilistlar mamlakatdagi pul massasini oshirishga intilib, ssuda foizini pasaytirish va investitsiyalarni rag`batlantirishni o`ylaganlar; 2. Merkantilistlar baholar oshuvidan qo`rqmaganlar va yuqori baholar savdo va ishlab chiqarishni kengaytirishni rag`batlantirgan. Keynsning fikricha, "mo`'tadil inflatsiya" iqtisodiy faollikni qo`llabquvvatlaydi 3. Merkantilistlar "pulning yetishmasligi ishsizlikning sababchisi ekanligi" to`g`risidagi tushunchaning asoschilari bo`lganlar. Keynsning fikricha, bank va davlat budjeti kamomadini kredit ekspansiyasini oshirish yo`li bilan pul miqdorini oshirish ishsizlikka qarshi kurashishda muhim qurol bo`lishi mumkin. Ishsizlik bir qancha obyektiv sabablarga bog`liq edi, masalan, agrar sohada u ko`pincha mavsumiy edi, ya'ni qishloq xo`jaligi ishlarining tugashiga yoki kam hosilli yillarga to`g`ri keladi. Hatto sanoatda ham bu holat qayd etiladi, ya'ni daryodagi kishki muzlar yoki bahorgi toshkinlar suv tegirmonlarini to`xtatib qo`yganidek; 4. Merkantilistlar o`z siyosatlarining milliy xarakteri va uning urushlar ochish yo`nalishini ochiqdan-ochiq namoyon qiladilar. Keyns proteksionizm mazkur mamlakatda ishsizlik muammosini hal etishga yordam bera oladi, deb hisoblagan va iqtisodiy millatchilik tarafdori bo`lgan. Ma'lumki, asrimizning 60-70 - yillari mustamlakachilik tizimining yemirilishi va ko`plab yangi mustaqil davlatlarning vujudga kelish davri hisoblanadi. Bu davrda "nomerkantilizm" g`oyalari ilgari surilmoqda. Yosh, rivojlanayotgan davlatlarning ko`pchiligida iqtisodiyotda davlat sektorining kattaligi, xalq xo`jaligida reja va dasturlar mavjudligi, milliy sanoatni bojxona tariflari bilan himoya qilish va boshqa choralar "nomerkantilistik" hisoblanadi. Ikki tomonlama savdo shartnomalari, davlat zayomlari yo`li bilan industrializatsiyani moliyalash, baholarni tartibga solish va monopoliyalar daromadini cheklash ham shu ta'limotga to`g`ri keladi. Download 68.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling