1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo‘ldi. - 1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
- Merkantilizm davri har bir shaxs o‘z - o‘zi uchun iqtisodchi, degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma - xil bo‘lganligi sababli 1500-1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi.
- Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‘ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G‘arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan
- Merkantilizm eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan.
- Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‘llab-quvvatlaydilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: - har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash;
- mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish;
- arzon xomashyoni import qilish yo‘li bilan sanoatni rag'batlantirish;
- eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish;
- ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o‘sishi;
- Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |