Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohyati va ahamiyati


Merkantilistlarning fikriga ko`ra, savdogar, tovar narxining ustiga narx qo`yishga haqli emas, u bor - yo`g`i mavjud bo`lgan boyliklarni o`z foydasiga xaridor zarar ko`rishi hisobiga qaratadi


Download 72.59 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi72.59 Kb.
#1372532
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi 4

Merkantilistlarning fikriga ko`ra, savdogar, tovar narxining ustiga narx qo`yishga haqli emas, u bor - yo`g`i mavjud bo`lgan boyliklarni o`z foydasiga xaridor zarar ko`rishi hisobiga qaratadi.

Shunday qilib, har - bir savdo aloqasi, faqat bir tomon uchun, ya`ni sotuvchi uchun boylik manbaiga aylanadi. Demak, shaxsiy boylikni oshirish uchun, ko`proq xarid qilish emas, sotish zarur. Davlat miqiyosida, bu foyda import cheklovi va eksportni maksimal darajada kengaytirishni bildirib, bu borada qonunchilik darajasida ham qarorlar qabul qilingan.

Merkantilistlar fikriga ko`ra, turli boylik yoki mablag` bekorchi, ammo go`zal predmetlarga sarflanishi, mablag`ning boylar qo`lidan, mazkur bekorchi boylik predmetlarini ishlab chiqaruvchi kambag`allar qo`liga o`tishi ta`kidlangan.

  • Merkantilistlar fikriga ko`ra, turli boylik yoki mablag` bekorchi, ammo go`zal predmetlarga sarflanishi, mablag`ning boylar qo`lidan, mazkur bekorchi boylik predmetlarini ishlab chiqaruvchi kambag`allar qo`liga o`tishi ta`kidlangan.

Kapital nazariyasi

  • Merkantilistlar, ayniqsa ital`yan va frantsuz merkantilistlari, kapital nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo`shishgan. Mablag`ning buzilishi, ya`ni tangalarning etarli darajada qimmatbaho metallardan qo`shmasdan turib, chiqarilishi masalasi, ayniqsa dolzarb bo`lgan.
  • Mamlakat miqiyosida mablag` miqdori o`sishi, narxlar o`sishiga, va ishlab chiqarish xarajatlari oshishiga olib keladi. Bu holat esa, eksport tovarlarini qimmatlashtirib, tashqi bozorlarda tovar raqobatbardoshligini pasaytiradi.
  • Katta pul mab`lag`lari zahirasiga ega bo`lgan mamlakat, tashqi savdodagi o`z kuchini yo`qotadi va Shu orqali keyinchalik boyish imkoniyatlaridan mahrum bo`ladi.

Erta va kechki merkantilizm farqi:

  • Erta merkantilistlar, pul aylanmasini nazorat etish siyosati va mamlakatda qimmatbaho metallar (oltin va kumush) yig`ish masalasiga asosiy e`tiborlarini qaratishgan.
  • Mablag` yig`ilishi millatning boyishi sifatida qabul qilingan. Ular mamlakatdan pulni olib chiqishni o`lim jazosi darajasigacha ta`qiqlashni taklif etishgan
  • Kechki davr merkantilistlari tomonidan esa mazkur nuqtai - nazar o`zgartirildi.
  • D. Nors yozishicha: «Har bir inson, pulga aylantirilgan boyligi harakatsiz, bir joyda oltin yoki kumush ko`rinishida yotadigan bo`lsa boyimaydi, aksincha u qashshoqlashadi. Boy deb faqatgina pul mablag`lari aylanmada yotgan shaxsni tushunishimiz mumkin.
  • Misol uchun mavjud yerini ijaraga bergan, pulini foiz ostida qarzga bergan, yoki savdo aylanmasiga tovar olib kelgan shaxsni tushunishimiz lozim.

Download 72.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling