Metall kesuvchi
Ko‘p maqsadli stanoklar (ishlov berish markazlari)
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
17.4. Ko‘p maqsadli stanoklar (ishlov berish markazlari)Murakkab profilli detallarga ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida ishlab chiqarishda ko‘p operatsiyali (ko‘p asbobli, keng maqsadli) RDBB stanoklar qo‘llaniladi. Bu stanoklarda detaining bir o'rnatilishida avtomatik siklda ko‘p operatsiyalarni bajarish mumkin: frezalash, parmalash, teshik kengaytirish, rezba ochish, razvyortkalash va h.k. Bu stanoklarda universal stanoklarning turli ishlami bajara olish xususiyati bilan agregat stanoklarning katta ish unumdorligi birlash- gandek bo'ladi. Boshqa stanoklarga xos bo'lgan detallarni qayta-qayta o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xatolarga yo‘l qo'yish bu stanoklarda o'rinsiz bo‘lib, endi detalga bir o‘matishda har tomondan istalgan burchak ostida ishlov beriladi. Ko‘p operatsiyali stanoklarning o‘ziga xos alomatlaridan biri— kesuvchi asboblami avtomatik ravishda almashtiravchi qurilmaning mavjudligidir. Hozirgi paytda bunday qurilmalar sifatida asosan avto- operatorlarga ega bo‘lgan asboblar magazinlari qo'llanmoqda. Bunday magazinlar uch turli bo‘ladi: barabanli, diskli va zanjirli. Ular stanokdan alohida turuvchi uzel ko'rinishida yoki kolonnaga joylash- gan, yoki shpindel kallagiga o‘rnatilgan bo'ladi. Ko‘p operatsiyali stanoklarda zagotovkalami avtomatik almash- tiruvchi qurilmalar (ZAA) ham qo'llaniladi. Ko'pincha zagotovkalar yo‘ldosh-stollarga o‘matilib, ZAA qurilmasi boshqarish dasturiga binoan tayyor bo'lgan detalni ish stolidan bo'shatib oladi va yangi zagotovkani o‘matadi. Ko‘p operatsiyali stanoklarda ishlanayotgan detallaming o‘lcham- larini nazorat qiluvchi maxsus o'lchov qurilmalari bo‘ladi. Misol tariqasida 2254ВМ1Ф4 modelli vertikal va 2204ВМ1Ф4 modelli gorizontal ko‘p operatsiyali parmalash-frezalash-teshik kengaytirish, 2Е450АМФ4 modelli ko‘p maqsadli koordinat-teshik kengaytirish, 2623ПМФ-4 modelli ko‘p operatsiyali stanoklarini ko‘rsatish mumkin. Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlarDownload 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling