Metall kesuvchi


Konussimon g‘ildiraklarda tish kesish stanoklari


Download 1.05 Mb.
bet84/112
Sana19.04.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1363354
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112
Bog'liq
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm

Konussimon g‘ildiraklarda tish kesish stanoklari


Konussimon tishli g‘ildiraklarni ishlab chiqarish silindrik g'ildiraklami ishlab chiqarishga qaraganda ancha murakkabdir. Konussimon g‘ildiraklaming tishlari bir-biriga parallel emas, demak, tishlaming o‘zi ham, ularning oralaridagi bo‘sh joylar qam o‘zaro parallel yon yoqlariga ega emas. Shu sababli tishlar orasidagi bo£sh joyning chuqurligi va kengligi konussimon g‘ildirakning katta asosidan kichik asosiga qarab asta-sekin kamayib boradi. Bularning barchasi konussimon g'ildiraklar tishlariga ishlov berishda qiyinchilik tug'diradi va stanoklarning konstruksiyasini murakkablashtiradi. Amalda to‘g‘ri tishli va doiraviy tishli konussimon g'jldiraklar keng qo‘llaniladi. To‘g‘ri tishli konussimon g'ildiraklar tishlarini shakldor asboblar yordamida kopirlash usuli bo‘yicha quyidagicha kesish mumkin:



  • modulli disk va barmoq frezalari bilan frezalash (xomaki kesish);

  • disksimon protyajka yordamida doiraviy sidirish (xomaki va toza- lab ishlov berish);

  • keskichlar yordamida shablon bo'yicha randalash. Konussimon g'ildirakning tishlarini eng aniq va samarali tayyor-

lash—bu obkatka usulidir. Konussimon g'ildiraklar tishlarini qirqib tayyorlashda ishlab chiqaruvchi yoki faraz qilinadigan g'ildirak tushun- chasi kiritiladi. Haqiqatda stanokda bunday g'ildirak yo‘q, ammo stanokning planshayba (lyulka)sida kesuvchi asboblar (keskichlar, freza- lar, tish kesish kallagi) joylashib, ularning kesuvchi qirralari ishlab chiqarish (faraz qilinadigan) g'ildiragi tishlari profilini tashkil etadi.


130


Ishlab chiqarish g‘ildiraklarining yassi, konussimon, yassi-uchli, ko- nussimon-uchli turlari bor. Asboblami tayyorlash nuqtayi nazaridan yassi ishlab chiqaruvchi g'ildirak eng qulay bo‘lib, unda boshlang‘ich konus uchidagi burchak
n = 90°va tishlar yassi yon yoqlarga ega, ya’ni tishning profili to‘g‘ri (tekis) yoqli (14.9-rasm).
5236П modelli tish ran- dalash yarim avtomati. Bu yarim avtomat zamonaviy stanoklardan bo'lib, konus- simon to‘g‘ri tishli g‘ildi- raklarning tishlarini ikki tish randalash keskichlari yor- damida kesishga mo‘ljal- langan. Stanokda (14.10- rasm) tishlarga xomaki va tozalab qirqib ishlov berish mumkin.
5236П modelli tish ran- dalash yarim avtomatining texnik tavsifi quyidagicha:



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling