Metall kesuvchi
Download 1.05 Mb.
|
apMphirEfHkgPNF2Xsz37OWS5J6RtevuE3QyjWFm
154
16.10-rasm. Ichki jilvirlash stanogi: 1-stanina; 2-mahsulot (old) babkasi; 3-jilvirlash babkasi; 4-karetka; 5-stol. Konussimon yuzalarni jilvirlashda mahsulot babkasi vertikal o‘q atrofida kerakli burchakka chervyak uzatma yordamida burila oladi. Yon (tores) yuzalarni jilvirlash uchun mahsulot babkasiga o'matilgan maxsus tores jilvirlash moslamasidan foydalaniladi. Jilvirlash doirasini o'tkirlab to‘g‘rilab turish uchun to‘g‘rilash qurilmasining olmos qalamchalari xizmat qiladi. Stanok jilvirlash doirasining yedirilishini kompensatsiya qiluvchi avtomatik qurilma bilan ta’minlangan. 3K227B modelli universal ichki jilvirlash stanogining texnik tavsifi quyidagicha: Jilvirlanayotgan teshikning diametri <£=5-150 mm Detaining eng katta uzunligi Zmax=125 mm Jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 9000-12000 min'1 Detaining aylanish chastotasi 85-600 min-1 Jilvirlash babkasi elektr dvigateli ]V=3kW; «=2880 min'1 Oldingi babkaning eng katta burilish burchagi 30° Ko'ndalang surish 0,05-1,2 mm/min Stolning harakat tezligi 0,4-10 m/min. Ichki jilvirlash stanoklarida zagotovkani o'rnatib mahkamlash uchun universal va maxsus moslamalardan foydalaniladi.Universal mo- slamalardan ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilardir: 155 -to‘rt kulachokli patronlar (simmetrik va silindrik bo‘lmagan detallar uchun); -uch kulachokli patronlar (silindrik detallar uchun); -magnitli patronlar (yupqa disk va halqalar uchun); -membranali patronlar (podshipnikning tashqi halqasi uchun, katta aniqlikda ishlov berishni ta’minlaydi). Yassi jilvirlash stanoklari tekisliklar va chiziqsimon shakldor yuza- larni jilvirlash uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar jilvirlash doirasining cheti (periferiya) bilan (16.11-rasm, a) va yoni (toretsi) (16.11-rasm, b) bilan ishlaydigan, stolning shakli bo‘yicha to‘gsri burchakli stolli va doiraviy stolli stanoklarga bo'linadi. Jilvirlash doirasining cheti bilan ishlaydigan stanoklarning ishlov berish aniqligi doiraning yoni bilan ishlaydigan stanoklamikiga qaraganda yuqoriroq, lekin doiraning yoni bilan ishlovchi stanoklarning ish unumdorligi ancha yuqori. Yassi jilvirlash stanoklarining modellari quyidagi 16.3-jadvalda keltirilgan: 16.3-jadval
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling