Metall konstruksiyalarini hisoblashning asosiy qoidalari


Fanni o‘tishda foydalaniladigan texnik vositalar


Download 158 Kb.
bet2/4
Sana14.12.2022
Hajmi158 Kb.
#1006989
1   2   3   4
Bog'liq
Metall konstruksiyalarini hisoblashning asosiy qoidalari

Fanni o‘tishda foydalaniladigan texnik vositalar:
“Qurilish konstruksiyalari” fanini o‘tishda quyidagi texnik vositalardan foydalaniladi:

  • Kompyuter

  • Ko‘rgazmali qurol

  • Proektor

  • Slaydlar

  • Elektron darslik

  • Tarqatma material

Po’lat asosan ferrit va perlit zarrachalaridan iboratdir (perlit zarrachalari mustahkamroq). Asosan ikki xil zarrachalardan iborat bo’lgan po’latning mustah-kamligi, elastikligi va ishlash qobiliyati ularning nisbatlariga bog’liq. Nazariy va tajriba izlanishlar shuni kursatadiki, monokristall temirning bir qismini uzishdan ko’ra siljitish osonroq. Shuning uchun elastik deformatsiyalari temirning zarrachalarida siljish orqali barpo bo’ladi. Tajriba tekshirishlar asosida shunday xulosa chiqadiki, siljish tekisliklar uzra katta diagonal yo’nalish da bo’ladi. Atomlararo bog’lanish kuchini bilib, taxminan nazariy hisob lab chiqish mumkin. Bir tekislikda yotgan atom kristallarining boshqa tekislikda yotadigan atom kristallarini siljitish uchun ketadigan kuch nazariy hisobga nisbatan tajribada siljitishga ketadigan kuch yuz marta kamroqdir. Nazariya bilan amaliyotning farqini shunday tushuntirish mumkin: atom strukturasidagi bo’glanishlar mukammal darajasida bo’lmagan ligi va nuqsonlar borligi sababli.


Materiallar mustahkamligini oshirish uchun ikki xil yo’nalish bor:
Kristall strukturadagi nuksonlarni kamaytirish, ularni mukammal strukturasiga yakinlashtirish;
Atomlar aro boglanishini yaxshilash uning kristall panjarasini uzgartirish orqali erishish mumkin.
Po’latlarning tuzilishidagi kuchlanishlar diagrammasi 1.1-rasmda tasvirlangan. Masalan uglerodli po’lat St3 ning cho’zilish diagrammasini taxlil qilib chiqaylik.
Diagrammadan ko’rinadiki, kuchlanish ma’lum mikdorga etguncha kuchlanish «σ» bilan nisbiy cho’zilish «ε» urtasidagi munosabat tugri chizikdi bo’ladi, ya’ni ular bir-biriga tugri mO’tanosib bo’ladi: σ=E- ε. Kuchlanish ma’lum mikdorga «σp» etgandan sung mO’tanosiblik buziladi. Birinchi bosqichda kuchlanishga mO’tanosib elastik deformatsiyalar sodir bo’ladi, shu sababli bu bosqich po’latning elastik ishlash bosqichi deyiladi. «σok» - oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu nuktaga etish oldida egri chizikning holati keskin uzgaradi va keyin abssissa o’qiga deyarli parallel bo’ladi. Bu bosqichda yuk ta’sirida deformatsiyaning elastik qismi kaytib, boshqa qismi koladi. U qoldiq deformatsiya deyiladi.
Oqish chegarasidan keyin materialning qarshilik kursatish kobiliyati kuchaya boshlaydi, ya’ni material mustahkamlanadi. Bu mustahkamligi va bikirligi Yuqoriirok bo’lgan perlit zarrachalarining ishga tushganligidan dalolat beradi. Po’laning bu ish bosqichi o’z-o’zidan mustahkamlanish bosqichi deyiladi.
Y ukning miqdori ortishi bilan kuchlanish muvaqqatqarshilik ka «σv» yakinlashgan sari materialning eng zaif joyida cho’zilish deformatsiyalari kuchayib, «buyin» hosil qilaldi. Kuchlanish qiymati muvaqqatqarshilik ka tenglashgandan sung (mustahkamlik chegarasi) «buyin» ingichkalashib boraveradi va namuna tezda uziladi.

Po’latning cho’zilish dagi diagrammasi


1.Kam uglerodli po’lat. 2.Legirlangan po’lat. 3. Mustahkamligi oshirilgan po’lat.
E=21000 kN/sm - elastiklik (kayishkoklik) moduli,
Run= σok - po’latning oquvchanlik bo’yicha me’oriy qarshiligi,
Kip=- po’latning vaqtinchalik qarshiligi
Ry=Runm -po’latning oquvchanligi bo’yicha hisob iy qarshiligi,
γm - materialning ishonchlilik koeffitsienti(kuchlanish ta’sirida po’latning mexAniqi xususiyatlari uzgaruvchanligini hisob ga oladi):
γm= 1,025 . . . 1,15 bo’ladi.
Ry=Runm - po’latning vaqtinchalik qarshiligi bo’yicha hisob iy qarshiligi.

Po’lat prokat va quvurlar materiali bo’yicha ishonchlilik koeffitsientlari.



Nazorat usulini belgilovchi standart (po’lat markasi, oquvchanlik chegarasi qiymati)

Um

GOST 27772, GOST 535, GOST 10705, GOST 10706, GOST 19281
l
[oquvchanlik chegarasi 380MPa gacha (39 kgs/mm )], TU 14-227­237, TU 14-1-4431,TU 14-3-1128, TU 14-104-133

1,05

GOST 19281[oquvchanlik chegarasi 380MPa dan yuqori (39 kgs/mm2)], GOST 8731, TU 14-3-567

1,10






Konstruksiyalarni hisob lash va loyihalashning maqsadi va vazifasi. Metall konstruksiyalari loyihalash deb, ularning statik (yoki dinamik) kuchlarga, elementning kesim yuzasini hisoblash va loyihalash tushuniladi. Umuman qurilish konstruksiyalarini hisoblash ikki bosqichdan iborat:


Elementlardagi kuchlanishni aniqlash va bu kuchlanish asosida kesim yuzasini topish;
Konstruksiyani egilishini me’yoridan oshmasligini tekshirish. Loyihalangan konstruksiyalarning samaradorligi ularning texnik -iqtisodiy kursatkichlari hamda ishlash jarayonida mavjud foydalanish talablariga mosligi darajasiga qarab baxolanadi.
Hisob lashning asosiy maqsadi , temirbeton konstruksiyalari yuk ostida ishlaganda ularni eng tejamli o’lchamlarini tanlash va shu bilan birga xavfsizlik, ishonchlilik va uzoqa chidamlilik talablariga javob berishiga erishishdir.
Hisob lashning asosiy vazifasiga tashqi yuk ta’siridan konstruksiya elementlarida hosil bo’ladigan zurikishlarni aniqlash, talab etilgan kesim yuzalar,armaturalar miqdori ni hamda konstruksiya ishchi chizmalarini tayyorlashdagi zarur ma’lumotlarni aniqlash kiradi. Konstruksiyani hisob lash qurilish me’yorlari talablari asosida amalga oshiriladi. Qurilish me’yorlari va qoidalari - KMK qurilish konstruksiyalari nazariyasining amaliy natijasi hisob lanib va u konstruksiyalarni loyihalashda, qurishda va foydalanishda erishilgan yuzida aks ettiradi. Elementning normal kesim yuzasini samarali shakli va o’lchamlarini, betonning optimal sinfini, ishchi armaturaning sinfi, kesim yuzasini va elementni yorilishga bardoshiga va bikirligini hisob ga oladigan kesim yuzasi hisob iy kesim yuzasi deyiladi. Konstruksiya deb, element qismlarini birlashtirish tushuniladi. Konstruksiyalash esa, binolarni konstruktiv xal etish, ularning elementlaridan ishchi, montaj armaturasini joylashni samarali sxemasini belgilash, opalobka va armatura konstruksiya uzellari va elementlari chizmalarini ishlab chikishdan iborat bo’ladi. Konstruksiyalarning loyihalash, kesim yuzasi haqidagi ma’lumotlar asosida, me’yor talablarni hisob ga olgan xolda bino va inootni qurish va ishlatish jarayonida mustahkamligi, yorikbardoshligi va bikirligini ta’minlaydigan hisob iy kuchni aniqlashdan iborat bo’lish kerak.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling