Metall konstruksiyalarni loyihalash asoslari
Metall konstruksiyalar ishlatiladigan sohalar, o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari va ularga qo’yilgan talablar
Download 46.32 Kb.
|
METALL KONSTRUKSIYALARNI LOYIHALASH ASOSLARI
Metall konstruksiyalar ishlatiladigan sohalar, o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari va ularga qo’yilgan talablar
Hozirgi vaqtda metall konstruksiyalar turli xil binolar qurilishida, muhandislik inshootlarini yaratilishida ishlatiladi. Ayniqsa, tayanch oralig’i katta bo’lgan binolarning tom konstruksiyalarning barpo etishda, baland inshootlar qurilishida va ko’p yuk ta’sir etayotgan qurilmalarni bunyod etishda metall konstruksiyalarning ahamiyati kattadir. 2005 yil O’zbekiston Respublikasida 450000t po’lat eritildi, 108000t prokat metallidir. Konstruktiv shakliga va qayerda ishlatilishiga qarab metall konstruksiyalar 8 xil sohalarda ishlatilishi mumkin: Sanoat binolarini sinchini yaratilishida; Tayanch oralig’i katta bo’lgan binolarning tom konstruksiyalarini yaratishda (angarlar, kontsert va sport saroylari, gumbazlar, bozorlar); Ko’prik va estakadalar qurilishida; Minora va machtalar qurilishida (tele va radio minoralar, neft qazib chiqarish va suv xo’jaligi binolari va inshootlari); Ko’p qavatli binolarning sinchini yaratishda; Varaqsimon prokatidan yig’ilgan gaz va suyuqliklarni saqlash hamda taqsimlash inshootlarini qurishda; Kranlarni va boshqa turli harakat qiluvchi konstruksiyalarni yaratilishida; Boshqa konstruksiyalarni qurishda. Ko’rib chiqilgan metall konstruksiyalar ishlatiladigan sohalari turli konstruktiv shakl va tizimlardan iboratdir. Ammo, bu turli xil konstruksiyalarni yaratilishi asosan ikkita omil bilan bog’langan. Birinchidan, turli xil konstruksiyalarni yaratishda standart bo’yicha ishlab chiqariladigan elementlardan, prokat sortamentidan foydalanishadi (qo’shtavr, shveller, burchaklik, varaqsimon prokati). Ikkinchidan, metall konstruksiyalarning yig’ish texnologiyasi bir xilligi bilan bog’langan, sovuq holatda boltlar yoki parchin mixlar orqali va qizdirib eritish orqali elektr yoyi bilan elementlarni bir-biriga payvandlash bajariladi. Metall konstruksiyalarning o’ziga xos bo’lgan afzalliklari bor. Bu ularni turli xil inshootlarda ishlatishga imkon beradi. 1. Metall materiali yuqori mustahkamlikka ega, siqilishga va cho’zilishga bir xilda qarshilik ko’rsatadi. Uni bir jinsliligi qurilmalarda ishonchli ishlashini ta’minlaydi va hisobini onsonlashtiriladi. 2. Metall konstruksiyalardan yasalgan inshootlar nisbatan yengil bo’ladi. Har qanday materialning qurilmaga sarf bo’lish darajasi quyidagi nisbat bilan aniqlanadi: S Ry, bunda (1.1) - materialning hajmiy og’irligi (zichligi), Ry – materialning hisobiy qarshiligi. «S» qancha kichik bo’lsa, shuncha konstruksiya yengil bo’ladi; po’latlar uchun S3,71,710-4 1m; beton uchun S18,410-4 1m; yog’och uchun S5,410-4 1m. 3. Metall qurilmalar ishonchli hisoblanadi. Po’latning mexanik xususiyatlari uning bir jinsliligiga bog’liq bo’lib, hisob orqali va amalda ishlayotgan konstruksiya kesim yuzasida hosil bo’layotgan kuchlanishlar bir xil bo’ladi. 4. Po’latning zichligi ancha katta bo’lgani tufayli undan yasalgan qurilmalar gaz va suyuqlikni o’tkazmaydi. 5. Metall qurilmalar sanoatbop bo’ladi, ya’ni ular asosan korxona sharoitida tayyorlanib, qurilish joyida mexanizmlar yordamida yig’iladi. 6. Metall konstruksiyalar ekologiya talablarigi javob beradi. Chunki metall konstruksiyalardan tayyorlangan binolarni xizmati tugagandan keyin konstruksiyalarni qayta elementlarga bo’lib yana ishlatish mumkin yoki metallalomga topshiriladi. Metall konstruksiyalarning ba’zi bir kamchiliklari ham bor, bu ularning keng ishlatilishini cheklaydi. Po’lat konstruksiyalarning asosiy kamchiligi ularning turli ta’sirlarning ostida emirilishidir. Bu hol qurilmalarni korroziyadan muhofaza qilishning turli xil usullarini qo’llash talab qiladi. Metallning issiqqa bardoshligi ham katta emas. Harorat 2500C ga yaqinlashganda po’latning elastiklik moduli kamaya boshlaydi va 6000C da batamom plastik holatga o’tadi. Yong’in xavfsizligi talablariga javob berish uchun metall konstruksiyalarni olovbardoshligini ko’paytirish zarur. Buning uchun har xil usullardan foydalanish mumkin. Metall konstruksiyalarga qo’yilgan talablar: metall qurilmalar yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lishi, ya’ni mustahkamlik, ustivorlik va bikrlik talablariga javob berishi kerak. Iqtisodiy jihatdan tejamli bo’lishi kerak, yig’ish muddatlarini kamaytirish uchun unumli usullar qo’llash va standart elementlardan keng miqyosda foydalanish zarur. Metall konstruksiyalardan foydalanib qurilgan bino va inshootlarning tashqi ko’rinishi go’zal bo’lishi, ya’ni estetik talablarga ham javob berishi kerak. Download 46.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling