Metall konstruksiyali fermalar
Download 0.95 Mb.
|
NiBw2iffex0hsMEAd2sklXDaWc85MlLvF1Lbf7EN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash.
METALL KONSTRUKSIYALI FERMALARFermaning turlari va ularni qo‘llanish sohasi. Ferma – geometrik shakli o„zgarmaydigan metall panjarali konstruksiya bo„lib, deformatsiya ta‟sirida uning egilishga sezilarli darajada qarshilik ko„rsatadi. Barcha turdagi panjarali fermalarni quyidagi uchta asosiy sistemaga ajratish mumkin: uchburchakli (1,a,b,c-rasmlar), kashakli (1,d,e,v-ra-smlar) va maxsus (1,k,n,m,f,l-rasmlar). 1-rasm. Panjarali fermaning turlari: 1-kashak; 2-ustun. Fermaning uchburchakli turi (4.1,a-rasm) asosan uchburchak tizimli panjaralardan tashkil topgan bo„ladi. Bu turdagi fermalarning mustahkamligi yuqori bo„lmaydi. Bunday fermalarning mustahkamligini oshirish uchun ularga ustunlar payvandlanadi (1,b,d,c,e-rasmlar). Fermalar sanoat, jamoat va gidrotexnika inshootlarini qurishda ishlatiladi. Ular, temir yoki temir-beton ustunlariga qo„zg„aluvchan (4.2,a,b-rasmlar) yoki qo„zg„almas (2,d-rasm) qilib o„rnatiladi. Shuningdek, fermalarning konsolli (4.2,c,e-rasmlar) turlari ham mavjud. Bunda ferma ustunlarga qo„zg„luvchan (4.2,c- rasm) yoki qo„zg„almas (2,e-rasm) qilib o„rnatiladi. e) 2-rasm. Fermalarni o‘rnatish: a-uchburchak panjarali qo„zg„luvchan; b- uchburchak tayanchli qo„zg„luvchan; c,e-konsolli; d-arkasimon qo„zg„lmas. Fermalarni tanlashda uning ustiga tushadigan yuklamalarni (turli material va qor qoplamalarining og„irliklari) hisobga olish lozim. Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash.Temir yoki temir-beton ustunlariga (ular haqida 6-bobda ma‟lumot beriladi) fermali to„sinlar (ular haqida 5-bobda ma‟lumot beriladi) o„rnatiladi. Buni ustun- to„sin bog„lanish sistemasi deb atash mumkin. Bunday sistemalarning bir nechtasini birlashtirib ishlab chiqarish binolari hosil qilinadi. Sistemani birlashtirishda gorizontal hamda vertikal bog„lagichlardan foydalaniladi. Bir nechta ustunlar qatoriga-qator ustunlar (kolonnalar) deb ataladi. Odatda bino ustining tayanchlari fermali to„sinlardan tashkil topgan bo„lib, ular to„g„ri burchakli (4.2,e-rasm) yoki teng yonli (4.1,e,v-rasmlar) uchburchak shaklida bo„ladi. Binoni usti (tomi) maxsus (bemir-beton yoki azbestsemet, shuningdek, shakildor sapol taxtalari, oddiy va zanglamas to„lqinsimon po„lat tunika) issiq va sovuqni ushlab turuvchi materiallar bilan yopiladi. Keyingi yillarda binolarning tomlari zanglamas to„lqinsimon po„lat tunikalar yordamida qoplash (4.3, a-rasm) keng yo„lga qo„yilgan. Bu qoplamning balandligi 40, 60, 80 mm, qalinligi 0,8…1 mm, eni 680…845 mm oraliqda, uzunligi esa 12000 mm bo„ladi. Ularning ko„ndalang kesimi to„lqinsimon trapesiya (4.3,b-rasm) yoki parabola shaklida bo„lib, o„lchamlari unga qo„yilgan yukka bog„liq bo„ladi. Yuqorida aytilganidek, to„sin fermalar ustunlarga o„rnatilib, maxkamlanadi va ustunto„sin sistemasi hosil qilinadi. Ushbu sistemaning ustun hamda to„sin ferma (ularning oralig„i odatda 3 m ni tashkil qiladi) larining yuqori qismlari gorizontal fermalar bilan bir biriga bog„lanadi. To„sin fermaga va unga o„rnatilgan qoplamaning tuguni 4.4-rasmda ko„rsatilgan. Po„lat tunukalar ustiga maxsus issiq va sovuqni ushlab tutuvchi materiallar o„rnatiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling