Metall va uning qotishmalarini korroziyadan ximoyalash usullari
Download 56 Kb.
|
1 2
Bog'liq1404536752 54003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agressiv muxitga ishlov berish.
Metall va uning qotishmalarini korroziyadan ximoyalash usullari Xamma ximoya qilish usullarini shartli ravishda turt guruxga bulish mumkin: Agressiv muxitga ishlov berish; Elektrokimyoviy usul bilan ximoyalash; Metallarni korroziyabardosh metallar va metallmaslar bilan koplash; Metallarni legirlash usuli. Yuqorida nomlangan usullar bilan kiskacha tanishamiz. Agressiv muxitga ishlov berish. Bu usulning moxiyati tashki muxit tarkibidagi agressiv elementlarni yukotish yoki tashki muxitga korroziyalanishni oldini oluvchi yoki susaytiruvchi maxsus moddalar kushishdan iborat. Tashki muxitdagi agressiv elementlarni yukotish, masalan suvdagi kislorodni yukotish uchun suv past bosimda isitiladi yoki temir, magniy, rux va boshka kislorodga yakindosh metall kirindilari orkali utkazish bilan ishlov beriladi. Bazan suvga natriy sul’fat, natriy bisul’fat, bixromat kaliy va boshka tuzlar bilan ishlov berib, undagi korroziyaga sabab buladigan tuz yoki boshka moddalarni aktiv xolatidan passiv xolatiga utkaziladi. Kupincha metall buyumlarning korroziyalanishini sekinlatish uchun elektrolit eritmasiga (muxitga) korroziyani sekinlashtiruvchilar, boshkacha aytganda ingibitorlar deb ataluvchi moddalar (kupincha organik moddalar, daraxt bargidan olinadigan smolalar) kushiladi. Ingibitorlar, ayniksa metallarni kislota ta’siridan saklash uchun, juda xam zarur omillardan biri xisoblanadi. Olimlarimiz birkancha ingibitorlar yaratdilar. Bu ingibitorlar kislotaga kushilganda metallarning erishini , ya’ni korroziyalanishini yuzlab marta sekinlashtiradi. Ingibitorlar metall bilan kimyoviy birikadi va uning sirtida ximoya parda xosil kiladi deb taxmin kilinadi. Ammo ingibitorlarning ta’sir etish mexanizmi xali xam uzil-kesil aniklangan emas. Ammo shunisi anikki kislotali muxitda organik birikmalar (kraxmal, elim, al’bumin, dekstrin, kadein, jelatina va boshkalar), ishkoriy va neytral muxitlarda anorganik birikmalardan xromat va bixromat kaliy va natriy tuzlari, silikatlar, nitratlar, fosfor, kaliy va natriy tuzlari va boshkalar katta ijobiy natijalar beradi. Kupincha gaz xolatidagi ingibitorlar xam keng kullaniladi (kislorod, xlor, suv bugi va g.k.). Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling