Metall va uning qotishmalarini korroziyadan ximoyalash usullari


Elektrokimyoviy ximoyalash


Download 28.53 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi28.53 Kb.
#265541
1   2   3
Bog'liq
Metall va uning qotishmalarini korroziyadan ximoyalash usullari

Elektrokimyoviy ximoyalash:
1.Protektor yordamida ximoyalash.

Bu usulni amalga oshirishda metallarning kuchlanishlar katori amaliy jixatdan muxim axamiyatga ega. Bunday usul bilan metall buyumlarni ximoyalashda elektr utkazuvchi muxitda (elektrolit eritmasida) ishlaydigan metall kismlarga protektorlar ulanadi. Masalan, dengiz kemasining pulatdan yasalgan suv osti kismiga rux kuymasi ulansa, pulat-rux gal’vanik jufti xosil buladi. Bunda rux korroziyalanadi, chunki u kuchlanishlar katorida temirdan ancha chapda turadi, kemaning pulat kismi saklanib koladi.

Kuyida sxemada protektorning potentsial kiymati asosiy anod-elektrodning potentsial kymatiga nisbatan kuprok manfiylikka ega bulganligi sababli, protektor emirilib katod va asosiy anodning korroziyalanish tezligini birmuncha sekinlashtirish sxemasi tasvirlangan (Ilova, 18-rasm).

Elektrokimyoviy ximoyalash usuli kemasozlik, samolyotsozlikda, bug kozonlari, truboprovodlar va boshka metall inshootlar va buyumlarni ximoya kilishda kullaniladi.



2.Uzgarmas elektr toki yordamida ximoyalash

Tuzlar eritmasi ta’sirida bulgan konstruktsion materiallarni korroziyalanishdan saklash uchun elektr toki yordamida ximoyalash deb nomlanuvchi usuldan xam foydalaniladi.

Bu usulning moxiyati shundan iboratki, ximoyalanishi lozim bulgan metall-konstruktsiya uzgarmas tok manbaining (dinamomashina, akkumulyator yoki tugrilagichlar) manfiy kutbiga ulanadi, tok manbaining musbat kutbi esa biror metall masalan, temir plastinka bilan (protektor) tutashtiriladi. Natijada temir plastinka anod, konstruktsiya metali katod vazifasini bajaradi (19-rasm).

Katodda vodorod ajralib chikadi, eritmadagi anod atrofida esa ishkoriy muxit vujudga keladi. Bu usul yordamida ishkorbardosh metallardan tayyorlangan konstruktsiyalarnigina korroziyadan saklash mumkin.




Download 28.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling