Metall va uning qotishmalarini metall elektrodlar bilan elektr yoy erdamida suyultirib dastaki payvandlash
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
3-LABORATORIYA ISHI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot.
3-LABORATORIYA ISHI. METALL VA UNING QOTISHMALARINI METALL ELEKTRODLAR BILAN ELEKTR YOY ERDAMIDA SUYULTIRIB DASTAKI PAYVANDLASH Ishdan maqsad. Metall va uning qotishmalarining metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlab chok bostirish va uning sifatini kuzatish. Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, metall va uning qotishmalarining o‘zaro atomlar bog‘lanishlari hisobiga ajralmaydigan birikmalar olish payvandlash deyiladi. Detallarni metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida suyultirib dastaki payvandlash usuli 1888—1890 yillarda N.S.Slavyanov tomonidan yaratilganiga qaramay XX asr boshlarigacha metallarni payvandlashda gaz alangasidan foydanilgan. 1907 yilda shved injeneri O.Kvelberg metallarni maxsus qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlab sifatli choklar olgach, bu usul keng tarqala boshladi. Bu usul gaz alangasida payvandlashga qaraganda qator afzalliklarga ega, jumladan, turli toklardan foydalanishi, sifatli choklar olinishi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi va boshqlar. Metallarni qoplamali metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlash posti va payvandlash sxemasi 14.1- rasmdan ko‘rinadiki, payvandlanuvchi metall bilan metall elektrodi oralig‘ida elektr yoy hosil qilinadi va uning issiqligi ta’sirida elektrod uchi va payvandlanuvchi metall joyi erib, vanna hosil bo‘ladi. Bunda elektrod qoplamasi ham suyuqlanib, suyuq metall vanna havoning zararli ta’siridan himoya etuvchi gaz qobiq hosil etadi. Payvandlashda yoy payvandlash yo‘nalishi bo‘ylab surilgani sari metall vanna qota borib, uning sirtida oson ajraladigan shlak po‘stlog‘i hosil bo‘ladi. Chok sifati esa payvandlanuvchi metallar materialiga, payvandlash joylarini payvandlashga tayyorligiga, elektrod diametriga, tipiga, markasiga, chokni fazadagi holatiga, ishchining malakasiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Metallarni payvandlashga o‘tishgacha qay ishlar qilinmog‘i zarurligi ustida gap yuritaylik. Ma’lumki, mavjud sharoitda payvandlanuvchi zagotovkalar turli materiallardan bo‘lib, sirtlari zang, moy va bo‘lak iflosliklardan xoli bo‘lmaydi, qalinliklari ham har xil bo‘ladi. Shu boisdan avval payvandlanadigan joylarni oksid pardalardan, moylardan, bo‘yoqlardan va boshqa iflosliklardan tozalanib, turli choklar bostirish uchun payvandlash joylarini qalinliklariga ko‘ra 14.2-rasmda ko‘rsatilgan tarzda tayyorlangach, payvandlash stoliga o‘rnatiladi. Bunda payvandlanadigan joyni ma’lum burchak bo‘ylab kesib ochilishi ko‘ndalang kesim bo‘yicha to‘laroq chok bostirishni ta’minlaydi. Undan tashqari zagotovkaning qalinligiga, materialiga ko‘ra elektrod xili, diametrini, tipini, markasini, tok kuchini to‘g‘ri belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Odatda, payvandlanuvchi metall qalinligiga ko‘ra elektrod diametrini tubandagi nisbatda olish tavsiya etiladi: payvandlanuvchi metall qalinligi, 5 mm 1-2; 3-5; 4-10; 12-24; 30- 60 elektrod diametri, d mm-1,5-2,5; 3-4; 4-5; 5-6; 6-8. Elektrod materiali, diametri, ish qismi uzunligiga qoplama xiliga, chokning f-zadagi holatiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra tok kuchini tubandagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling