Metall va uning qotishmalarini metall elektrodlar bilan elektr yoy erdamida suyultirib dastaki payvandlash
Payvandlash elektrod simlari va ularning qoplamalari
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
3-LABORATORIYA ISHI.
Payvandlash elektrod simlari va ularning qoplamalari
GOST 2246-70 ga ko‘ra payvandlash elektrod simlarining 77 ta markasi bo‘lib, ularning 6 tasi masalan, SvO8, SvO8A, SvO8GA va boshqalar kam uglerodli po‘latlarni, 30 tasi masalan, Sv18GS, Sv10X5M va boshqalar legirlangan po‘latlarni va 41 tasi masalan, 5NMF, Sv12X11, SvO8X18N9T va boshqalaridan ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashda foydalaniladi. Elektrod simlar markalaridagi Sv—payvandlash simi ekanligini, undan keyingi birinchi raqam uglerodning yuzdan shuncha ulush foizini, ratsamlardan keyingi harflar masalan, X — xromni, N — nikelni, T — titanni, M — molebdenni undan keyingi keluvchi raqamlar shu elementdan shuncha foiz borligini bildiradi. SHuningdek, cho‘yanlarni payvandlashda quyma cho‘yan chiviqlardan, alyuminiy qotishmalarni pay-vandlashda AK, AD, AMg markali simlardan foydalaniladi. Ma’lumki, metallarni payvandlashda sifatln choklar olish uchun ularning sirti maxsus tarkibli qoplamalar bilan qoplanadi. Elektrod qoplamalarni qalinligiga, chokning mexanik xossalariga, ishlatish joyiga va bo‘lak ko‘rsatkichlariga ko‘ra ajratiladi. Qoplamalarning qalinligiga ko‘ra ularni yupqa va qalin xillarga ajratiladi. YUpqa qoplamalar qalinligi 0,1—0,3 mm oralig‘ida bo‘lib, tarkibi yolg‘iz ishqoriy metallardan, masalan, 80—85% bo‘r, 20—15% suyuq shishadan iborat bo‘ladi. Eng oddiy qoplamali elektroddan ey barqarorligini ta’minlash maqsadida foydalaniladi. Qalin qoplamalar qalinligi 0,7—2,5 mm oralig‘ida bo‘lib, tarkibida shlak ajra-tuvchi moddalar sifatida marganets ruda, rutil, kalsiy fto-rid, marmar va boshqalar, gaz ajratuvchi moddalar sifatida kraxmal, sellyuloza, magnezit va boshqalar, chokdagi oksidlar-dan metallni qaytaruvchilar sifatida ferromarganets, ferro-siliqiy, ferrotitan va boshqalar, legirlovchilar sifatida ferroxrom, ferrotitan va boshqalar kiritiladi va ularni o‘zaro bog‘lovchi sifatida suyuq shishadan foydalanadi. Elektrodlarni ishlatilishiga ko‘ra tubandagi tiplarga ajratiladi: 1. Konstruksion po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlarga E38, E40, E42 va boshqa turdagi elektrodlar kiradi. Bu erda E harfi elektrod ekanligini, undan keyingi raqamlar bostirilgan chokning cho‘zilishga mustahkamligini bildiradi. 2. Legirlangan po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlar: E-09M, E- 05X2M, E-YUX5MF va boshqalar. 3. Ko‘p legirlangan po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlar: E- 12X13, E-06X13N, E-10X17T va boshqalar. CHok tuzilishiga ko‘ra ularni austenit klass po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallangan elektrodlarni EA indeksi bilan, ferrit klass po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallaiganlarni Ef indeksi bilan, qoplamalar olishga mo‘ljallanganlarni N indeksi bilan belgilanadi. Uglerodli va kam legirlang‘an po‘-latlarni dastaki payvandlashda foydalaniladigan elektrodlar markalariga UONI-13/45, ANO-4, ANO-6, OZS-23, SM-11 va boshqalar kiradi. Har bir tur elektrodg‘a turli tarkibli qoplamalar qoplanishi mumkin. Tubanda GOST 9466-75, GOST 9467-75 larga ko‘ra kam uglerodli po‘latlarni payvandlashga tavsiya etilgan elektrodlar tipi va markasi, GOST bo‘yicha shartln belgilarini ta’birlashga misol sifatida keltirilgan: Masalan; bu erda E42A-elektrod tipi, UONI-13/45 — markasi, 5,0— dnametri, mm, u — uglerodli po‘latlarni payvandlashga mo‘ljallanganligini, D-qalin qoplamali, 3 — sifatiga ko‘ra uchinchi guruhda ekanligini, E — elektrod, 41 chokning cho‘zi-lishdagi mustahkamligini, 2 — chokning nisbiy uzunligini (22% ligi), (5) chidamliligi (T ·40 0 gacha), B — asos qoplama, 2 — vertikal chokni yuqoridan pastga qarab bostirishdan bo‘lak barcha holatdagi choklar bostirish mumkishshgi va O — faqat o‘zgarmas tokda teskari qutbli ulanishini bildiradi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling