Metallar kooroziyasiga qarshi kurashish usullari Reja Metallarni olishning asosiy usullari Atom radiuslarining kichrayishi


Download 108.5 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1195490
  1   2   3
Bog'liq
Metallar kooroziyasiga qarshi kurashish usullari


Metallar kooroziyasiga qarshi kurashish usullari
Reja
1. Metallarni olishning asosiy usullari
2. Atom radiuslarining kichrayishi
3. Elektrokimyoviy korroziyani birinchi nazariyasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Metallarni olishning asosiy usullari
Sanoatda metallar asosan ularning tabiiy birikmalaridan ya’ni ma’danlaridan olinadi.
Sanoat miqyosida sof metallar olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyoning har xil turlari ma’danlar deyiladi.
Ma’danlardan metallar ajratib olish hamma vaqt oksidlanish-qaytarilish jarayonidir.
Hamma metallar (tug‘ma-metallardan boshqalari) tabiiy birikmalarida oksidlangan shaklda bо‘ladi, ularni birikmalardan ajratish uchun ular qaytariladi.
Metallarni ularning tabiiy birikmalaridan olishning umumiy prinsiplari quyidagicha: ayni metall qanchalik aktiv bо‘lsa, uni ajratish uchun shuncha kuchli qaytaruvchidan foydalaniladi.
Metallurgiyada tipik qaytaruvchilar sifatida: vodorod, uglerod, aktiv metallar (Al, Zn, Mg, Ca, ishqoriy metallar) dan foydalaniladi.
Kо‘pchilik о‘tuvchan d-metallarni ularning oksidlaridan uglerod bilan qaytariladi. Biroq uglerod bir qator metallar bilan mо‘rt va issiqlikka chidamli faza hosil qiladi. Ayrim hollarda bu effektdan maxsus foydalanib, masalan karbotermik usullarda temir rudalari qaytarilib, chо‘yan olishda foydalaniladi.
Sulfidli ma’danlar kuydirilib, oksidlar holiga о‘tkaziladi va oksidlari qaytariladi. Nihoyat eng aktiv ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, alyuminiy, magniylar galogenidli tuzlarni suyuqlanmalarini elektroliz qilib olinadi.
Mo, W, Re va boshqa metallarni ularning oksidlaridan vodorod bilan qaytarilib olinadi. Vodorod ancha yumshoq qaytaruvchidir.
Karbotermik qaytarilish bilan Fe, Pb, Sn, Cu, Zn, Ni, Co,
Mn…metallar olinadi.
Cr, Mn, Fe kabi metallarni olishda alyumotermiya usulidan keng foydalaniladi.

Quyidagi jadvalda metallarning asosiy olish usullari keltirilgan.


Metallarni asosiy olinish usullari
Usul Dastlabki shakli Olinadigan metallar
Fizik usullar
Aralashmalarni ajratish
Oddiy moddaning tug‘ma holati
Au, Pt, Hg, Ag va platina metalari
Qaytarish: vodorod bilan
Oksidlar, galogenidlar, tuzlar
Ga, Jn, Ge, Mo, W, Re
Karbotermiya
(S bilan)
Oksidlar, tuzlar Fe, Co, Ni, Cr, Mn, Pb, Sn, Zn,
Cd, Cu, Sb, Bi, Mo, W
Metallotermiya:
alyumotermiya
Oksidlar Cr, Fe, Co, Ni, Mn,
ishqoriy c (B) Tj-0.10metallari
Sinktermiya Galogenidlar, tuzlar
Ag, Au
Magniy termiya Oksidlar galogenidlar
Be, Ti, Zr, Hf
Kalsiy termiya Oksidlar, galogenidlar
U, V Nb, Ta, Sc, Y, La va lantanidlar
Ishqoriy metallar bilan
Oksidlar, tuzlar Nb, Ta, Ti, Zr, Hf
Elektroliz katodda Galogenidlar, tuzlar ishqorlar
Ishqoriy va ishqoriy-yer metalari, Al, Ga, Jn, Tl, Be,
Mg, Zn, lantanidlar, Pb, Nb, Ta, Mn, Cu,
Parchalash va disproporsionirlash
Galogenidlar.
Subgalogenidlar.
Karbonillar.
Iodidlar.
Azidlar.
Ge, Ti, Zr, Hf, Mo, W, V, Nb,
Ta, Al, G‘ye, Co, Ni, Mn
Misollar: 2TiCl2 t0 TiCl4+ Ti
2TiJ2 t0 2Ti + 2J2
2AgN3 t0 2Ag + 3N2 ↑
Pb(N3)2 tPb + 3N2 ↑
Fe(CO)5 t0 Fe + 5CO ↑
Ni(CO)4 t0 Ni + 4CO ↑
Ayrim о‘tuvchan d- metallarning atom radiuslari (A)

Gruppalar


IV
Ti 1,47
Zr 1,60
Hf 1,59
V
V 1,35
Nb 1,47
Ta 1,47
VI
Cr 1,29
Mo 1,40
W 1,41
VII
Mn 1,28
VIII
Fe 1,29
Co 1,25
Ni 1,25
d- metallarda (qо‘shimcha guruhlarda) yuqoridan pastga tushgan sari atom radiuslari kamayadi yoki deyarli teng bо‘ladi.
Bu hodisaga d- effekt yoki d – qisilish deyiladi.
Metallarning davriy sistemadagi о‘rni va kimyoviy xossalari
Metallarning kimyoviy xossalari ularning atom tuzilishiga va davriy sistemadagi joylashgan о‘rinlariga asoslanib tushuntiriladi.
Metallarning tashqi elektron qavatlarida kam sondagi elektronlar joylashganligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, tashqi qavatida:
1 ta elektroni bо‘lgan metallardan -15 ta;
2 ta elektroni bо‘lgan metallardan -57 ta;
3 ta elektroni bо‘lgan metallar – 4 ta (Al, Ga, Jn, Tl);
4 ta elektroni bо‘lgan metallar 3 ta ( Ge, Sn, Pb);
5 ta elektroni bо‘lgan metallar – 2 ta (Sb, Bi);
6 ta elektroni bо‘lgan metall- 1 ta (Po);
“nol” ta elektroni bо‘lgan metall- 1 ta (Pd).
Demak, 83 ta metallning 72 tasida tashqi qavatida bitta, yoki ikkitadan elektronlari bо‘ladi.
Bitta davrning о‘zida joylashgan elementlar atomlarida elektron qavatlar soni bir xil bо‘ladi, biroq chapdan о‘ngga о‘tgan sari yadro zaryadlari bir birlikka ortib borgani sari elektron qavatlar yadroga kuchli tortiladi va atomlarning radiuslari kichrayib boradi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling