Metallar kooroziyasiga qarshi kurashish usullari Reja Metallarni olishning asosiy usullari Atom radiuslarining kichrayishi


Elektrokimyoviy korroziyani birinchi nazariyasi


Download 108.5 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1195490
1   2   3
Bog'liq
Metallar kooroziyasiga qarshi kurashish usullari

Elektrokimyoviy korroziyani birinchi nazariyasi 1830 y Shvesariyalik olim De la Riv tomonidan kо‘tarilgan. U elektrokimyoviy korroziyani ikkita har xil metallar kontaktda turgan joyda yuzaga kelishini tushuntirdi. Shunday tajribani kо‘rib chiqaylik: stakandagi sulfat kislota eritmasiga rux plastinkasini tushirsak, dastlab reaksiya shiddatli boradi. Keyin asta-sekin sekinlashadi yoki reaksiya tо‘xtaydi.
Biroq rux plastinkasiga mis simini eritma ichida botirilganida reaksiya yana sezilarli darajada tezlashadi.
Reaksiyaning sekinlashiga sabab:
Zno = 2H+ = Zn2+ + H2 ↑ ma’lum vaqtdan keyin Zn2+ - ionlarini eritmaga о‘tishi qiyinlashadi. Chunki rux ionlarini rux plastinkasi kuchliroq tortadi, natijada reaksiya sekinlashadi. Cu kuchlanishlar qatorida vodoroddan о‘ngda turadi va suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashmaydi.
Bu ikki metall bir-biriga tegib turganda rux elektronlari misga о‘tadi (katod rolini о‘taydi) va uning sirtida vodorod ionlari qaytariladi:
+
+
+
+
Cu
H2
Zn H2SO4 eritmasi
250
2N++2 
e =N2↑
Ortiqcha elektronlarini misga bergan rux yana о‘z ionlarini tezkorlik bilan eritmaga о‘tkazaveradi, vodorod pufakchalari rux yuzasidan emas, aksincha mis plastinkasidan ajraladi. Reaksiya juda tezlashadi. Bu hodisa faqat mis va rux metallariga tegishli bо‘lmasdan balki metallarning kuchlanishlar qatorida chaproqda va о‘ngroqda turgan ikkita metallar uchun ham taalluqlidir. Bunda aktivroq metall musbat va о‘ngroqda turgani manfiy zaryadlanadi, ya’ni aktivroq metall yemiriladi. Agar metallar galvanometr orqali sim bilan tutashtirilsa,
galvanometr tok borligini kо‘rsatadi (galvanik juft vujudga keladi).
Ikkita har xil metallar orasida vujudga keladigan elektrokimyoviy jarayonlarga elektrokimyoviy korroziya deyiladi. Elektrokimyoviy korroziyada aktivroq metall juda tez yemiriladi, bu har xil asboblarda, mexanizmlarda passivroq metall bilan kontaktda bо‘lgan hollarda namoyon bо‘ladi.
Dengiz suvlarida ishlaydigan temirli yoki alyuminiyli konstruksiyalarda misli yoki latunli detallardan foydalanilganda, korroziyani keraklicha kuchaytiradi. Temir ______________bilan qoplangan korabllarda mis chegalardan foydalanilganda korroziya natijasida korabllarning chо‘kib ketish hollari bо‘lgan.
Elektrokimyoviy korroziyaning vujudga kelishi sabablaridan biri elektr zanjirlaridan tuproq yoki suvli eritmalarga о‘tadigan daydi toklardir, u yerda ular metall konstruksiyalariga о‘tadi. Bu tokning metall konstruksiyalaridan tuproq yoki suvga chiqish joylaridan metallning yemirilish (korroziyalanishi kuzatiladi). Metallarni bunday yemirilishlari elektr transportlarining (tramvay liniyalari, elektr bilan yuradigan temir yо‘l transpotlari) yer ustki qismlarida yemirilish sodir bо‘ladi.
Masalan, 1A tok о‘tganda bir yil davomida 9,1 kg temir, 10,7 kg rux, 33,4 kg qо‘rg‘oshinni yemirilishiga sabab bо‘ladi.
Radiasion nurlanish, hamda bakteriyalar va boshqa organizmlarning hayot faoliyatlari mahsulotlari ta’sirida ham korroziya vujudga kelishi mumkin. Metall konstruksiyalarning sirtida bakteriyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq biokorroziya hodisasi yuzaga keladi. Kema
va korabllarning suvosti qismida mayda dengiz organizmlar ham korroziya jarayoniga ta’sir etadi.
Metallga bir vaqtning о‘zida tashqi muhit va mexanik kuchlarning ta’siridan korrozion jarayonlar aktivlashadi, modomiki bunda termik barqarorligi pasayadi, metall yuzasidagi oksid parda buziladi, yoriqlar va bir jinslilik bо‘lmagan joylarda elektrokimyoviy korroziya kuchayadi.
Yuqori bosim apparatlarini, bug‘qozonlarini, radioaktiv va zaharli moddalar uchun metallik konteynerlarni tayyorlashda, korroziyani hisobga olganda keragidan kо‘proq, metall sarflanishiga olib keladi. Korroziyadan keladigan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri zararlar, chetdagi zarar
va korroziyadan himoyalash uchun sarflar nisbati (3-4) 1:1 kabi baholanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda korroziyadan kо‘riladigan zarar milliy daromadning 4% tashkil qiladi.
Metallarni ishlab chiqarish uzluksiz oshib borayotganligi va ularni ekspluatasiya qilish sharoitlari yomonlashayotganligi sababli korroziya muammolari ham doimo keskinlashib bormoqda. Metall konstruksiyalar foydalanadigan muhit uning ifloslanish hisobiga yanada agressiv bо‘lib bormoqda. Texnikada foydalanilayotgan metall buyumlar yanada yuqoriroq temperatura va bosim sharoitida, kuchli gazlar va suyuqliklar oqimida ishlayaptilar. Shuning uchun metallik materiallarni korroziyadan himoyalash yana ham dolzarblashib bormoqda. Metal-
larni korroziyadan tо‘liq saqlash imkoniyati yо‘q, shuning uchun korroziya bilan kurashishning birdan - bir yо‘li uni sekinlatish usullarini izlashdir.
Metallarni korroziyadan himoyalash deyarli metallarni ishlatila boshlangandan yuzaga kelgan.
Odamlar metallarni atmosfera ta’siridan yog‘lar, moylar yordamida himoya qilish uchun harakat qilganlar, keyinroq esa boshqa metallar bilan qoplash yordamida eng avvalo oson suyuqlanuvchan qalay bilan (qalaylash) himoya qilganlar. Qadimgi grek tarixchisi Gerodot (eramizdan oldingi V asrda) va qadimgi rim olimi Katta Pliniy (eramizdan oldingi I asrda) о‘zlarining ilmiy asarlarida temirni zanglashdan asrash uchun qalayni ishlatilishi tо‘g‘risida sо‘z yuritganlar.
Hozirgi paytda korroziya bilan kurashish uchun bir qancha yо‘nalishlarda ishlar olib borilmoqda:
- muhitni о‘zgartirish bо‘yicha (metall buyum ishlaydigan muhitni);
- metallik buyumni о‘zini korroziyaga chidamliligini oshirish ta’sir kо‘rsatish bо‘yicha;
- metall bilan tashqi muhitdagi agressiv moddalar orasida kontaktda bо‘lishga yо‘l qо‘ymaslik bо‘yicha.
Korroziyani tо‘liq oldini olish mumkin faqat inert muhitda, masalan, argon atmosferasida, ammo real bunday muhitni metall konstruksiyalar ishlaydigan joyda kо‘pchilik hollarda yaratish mumkin emas.
Amalda muhitning korrozion aktivligini pasaytirish uchun, undan reaksion qobiliyati kuchli komponentlar olib tashlash uchun harakat qilinmoqda, masalan, metall bilan kontaktda bо‘ladigan suvli eritmalarni va tuproqni kislotaliligini kamaytirish bо‘yicha ishlar
qilinmoqda.
Temir va uning qotishmalari, mis, latun, rux, qо‘rg‘oshinlarni korroziyalariga qarshi kurashishning usullaridan biri suvdan kislorod va karbonat angidridni chiqarishdir.
Energetikada va texnikaning ayrim sohalarida suvdan mahalliy korroziyani kuchaytiradigan xloridlar chiqariladi.
Tuproqni kislotaligini kamaytirish uchun u ohaklanadi. Atmosferaning agressivligi kuchli darajada namlikka bog‘liq bо‘ladi. Har qanday metall uchun ayrim nisbiy kritik namlik bо‘ladi, undan past namlikda metall atmosfera korroziyasiga uchramaydi. Temir, mis, ni-
kel, rux uchun bu 50-70% tashkil qiladi. Ayrim hollarda tarixiy qiymatga ega bо‘lgan metall buyumlarni butunligini asrash maqsadida ularni sun’iy ravishda shabnamlik temperaturasidan yuqoriroq temperaturada ushlanadi.
Yopiq binolarda (yopiq upakovkali karobkalarda) namlik silikagel yoki boshqa adsorbentlar yordamida pasaytiriladi.
Suvli muhitlarda metallarning korroziyasini, suvga solinadigan (-1%) ingibitorlar yordamida sekinlatish mumkin. Ular metall sirtini passivlashtiradi, metall sirtida hosil bо‘ladigan yupqa oksid pardasi yoki kam eriydigan birikmalar metallni korroziyalanishdan
himoyalaydi. Bu maqsadda natriyning ayrim tuzlari (karbonatlari, silikatlari, boratlari) va boshqa birikmalari ishlatiladi.
Agar ustara lezviyasini kaliy xromat eritmasiga botirilsa, ular ancha uzoq saqlanadi. Anorganik ingibatorlarga nisbatan kо‘proq samarali organik ingibitorlardan foydaniladi.
Korroziyadan himoyalashning usullaridan biri korroziyaga chidamli yangi materiallar ishlab chiqarishga asoslangan. Korroziyalanuvchi metall о‘rnini almashadigan izlanishlar doimo olib borilmoqda. Plastmassalar, keramika, shisha, rezina, asbest va beton tashqi muhit ta’siriga ancha chidamli bо‘lsalarda, biroq kо‘pgina boshqa xossalari bilan metall о‘rnini bosa olmaydilar va ilgaridek konstruksion materiallarning asosini tashkil qiladilar.
Qimmatbaho metallar korroziyaga uchramaydilar, ammo ularni keng miqyosda ishlatish juda qimmat, shuning uchun ular eng mas’ul kontaktelektr detallarda ishlatiladi.
Nikel, mis, titan va ular asosidagi qotishmalar korroziyaga yuqori chidamlilikka ega. Ularning ishlab chiqarilishi о‘sib borishiga qaramasdan eng kо‘p foydalaniladigan metall, tez zanglaydigan temir bо‘lib qolmoqda. Temir asosidagi qotishmalarni korroziyaga
barqarorligini oshirish uchun ular legirlanadi. Tarkibida temirdan boshqa xrom va nikel bо‘lgan zanglamaydigan pо‘lat shunday olinadi.
Hozirgi vaqtda keng tarqalgan zanglamaydigan pо‘lat markasi 18- 8 (18% xrom va 8% nikel) 1923 yildan beri ishlab chiqariladi. U nam va kislorod ta’siriga nihoyatda chidamli.

Xulosa

Sanoatda metallar asosan ularning tabiiy birikmalaridan ya’ni ma’danlaridan olinadi.
Sanoat miqyosida sof metallar olish uchun yaroqli tabiiy xom ashyoning har xil turlari ma’danlar deyiladi.
Ma’danlardan metallar ajratib olish hamma vaqt oksidlanish-qaytarilish jarayonidir.
Hamma metallar (tug‘ma-metallardan boshqalari) tabiiy birikmalarida oksidlangan shaklda bо‘ladi, ularni birikmalardan ajratish uchun ular qaytariladi.
Metallarni ularning tabiiy birikmalaridan olishning umumiy prinsiplari quyidagicha: ayni metall qanchalik aktiv bо‘lsa, uni ajratish uchun shuncha kuchli qaytaruvchidan foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.XomchinkoG.P,Xomchinko I.G.Kimyo.Toshkent,2007y
2.Muftaqov A.G.Umumiy kimyo Toshkent,2004y
3.Teshaboev S,Nishonov M.Anorganik kimyo Toshkent 2000y 4.К.Ахмедов,А.Жалилов,А.Исмоилов.Умумий ва анорганик кимё. Т.: Укитувчи, 1988.
5.Н.Х. Максудов. Умумий химия. Т.: Укитувчи, 1972.
6.Х.Р. Рахимов. Анорганик химия. Т.: Укитувчи, 1984.
7. Саидносирова. Анорганик химия. Т.: Укитувчи, 1980.
8. К. Расулов, О. Йулдошев, Б. Кораболаев. Умумий ва анорганик кимё. Т.: Укитувчи, 1996.
Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling