Metallar. Korroziyasiga qarshi kurashish usullari Reja
Metallar korroziyasi va unga qarshi kurashish
Download 72.5 Kb.
|
Metallar.Korroziyasiga qarshi kurashish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- •Korroziyaning oldini olish tadbirlari
- Errozion korroziyalanishga qarshi kurashish choralari
Metallar korroziyasi va unga qarshi kurashish• Ma’lumki, ko‘pgina metall hamda uning qotishmalaridan tayyorlanadigan detallar termik va boshqa ishlovlarga berilishiga qaramay, tashqi muhit (havo, suv, kislota, ishqor, tuz eritma) ta’sirida korroziyaga berilib yemiriladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda mamlakati-mizda yiliga 10% ga yaqin metall korroziya tufayli yemiriladi. Bu esa millionlab so‘m mablag‘ ko‘kka sovurildi, demakdir.•Korroziyaning oldini olish tadbirlariSirt yuzalarini korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Buning uchun avval buyumlarning sirt yuzalari mexanik yoki kimyoviy usullarda zang, moy va boshqalardan tozalanadi, Keyin esa korroziya-bardosh metall (Zn, Sb, Rb) vannasiga tushirilib, u yerda ma’lum vaqt saqlanadi. Masalan, tunuka list, sim, trubalar rux vannasida ruxlansa, mis buyumlar qalayli vannada qalaylanadi. Jarayonning oddiyligi, ish unumining yuqoriligi va puxta qoplama hosil qilishi sababli bu usul amalda keng qo‘llaniladiErrozion korroziyalanishga qarshi kurashish choralariErrozion korroziyalanishga qarshi kurashish choralari konstruksion choralar ko‘rish bilan detallarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish (po‘latlarning mexanik xususiyatini oshirish); metall sirtini chidamli qoplamalar bilan qoplash (polimer materiallar, qattiq po‘lat qoplamalari ishlatish); termodiffuzion qoplamalar hosil qilish (azotirlash, keramik materiallar bilan termik qayta ishlov berish, shishalash, emallash); poliuretan qoplamalar bilan qoplash; katodli elektrokimyoviy himoya usulini qo‘llash; bosim va haroratni o‘zgartirish, suyuqliklarga sirt faol moddalar qo‘shilib, gaz pufakchalari hosil bo‘lishini kamaytirish. Xulosa: Agar metallning tashqi muhit bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bо‘lgan ion (kation) oksidlovchi bilan emas, balki korroziyalovchi muhitning boshqa komponentlari bilan reaksiyaga kirishsa, bunday korroziya elektrokimyoviy korroziya deyiladi. XIX asr boshlaridayoq elektrokimyoviy korroziyani ingliz olimlari Gemfri Devi va Maykl Faradeylar о‘rganganlar. Elektrokimyoviy korroziyani birinchi nazariyasi 1830 y Shvesariyalik olim De la Riv tomonidan kо‘tarilgan. U elektrokimyoviy korroziyani ikkita har xil metallar kontaktda turgan joyda yuzaga kelishini tushuntirdi. Shunday tajribani kо‘rib chiqaylik: stakandagi sulfat kislota eritmasiga rux plastinkasini tushirsak, dastlab reaksiya shiddatli boradi. Keyin asta-sekin sekinlashadi yoki reaksiya tо‘xtaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.XomchinkoG.P,Xomchinko I.G.Kimyo.Toshkent,2007y 2.Muftaqov A.G.Umumiy kimyo Toshkent,2004y 3.Teshaboev S,Nishonov M.Anorganik kimyo Toshkent 2000y 4.К.Ахмедов,А.Жалилов,А.Исмоилов.Умумий ва анорганик кимё. Т.: Укитувчи, 1988. 5.Н.Х. Максудов. Умумий химия. Т.: Укитувчи, 1972. 6.Х.Р. Рахимов. Анорганик химия. Т.: Укитувчи, 1984. 7. Саидносирова. Анорганик химия. Т.: Укитувчи, 1980. 8. К. Расулов, О. Йулдошев, Б. Кораболаев. Умумий ва анорганик кимё. Т.: Укитувчи, 1996. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling