Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


To’yingan uglevodorodlarga oid kimyoviy eksperementlar o’tkazish


Download 141.03 Kb.
bet25/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

4.1 To’yingan uglevodorodlarga oid kimyoviy eksperementlar o’tkazish.
1 - amaliy mashq. To`yingan uglevodorodlaming vakillaridan (С6Н14 yoki C7H16) birining izomerlarini yozib, ularni ratsional va IYuPAK nomenklaturalari yordamida nomlanishi.
1- tajriba. Metan olish va uning xossalarini o`rganish.
Reaktivlar: natriy atsetat, natron ohak (NaOH+Ca(OH)2aralashmasi), bromli suv, 1% li kaliy permanganat eritmasi.
Quruq probirkaga bir qism natriy atsetat va ikki qism natron ohakdan iborat aralashmadan 2 gr solinadi. Probirkaning og`zi gaz chiqish nayi o`rnatilgan tiqin bilan berkitiladi va probirka qisqich yordamida shtativga o`rnatiladi. Nayning ikkinchi uchi suvli boshqa probirkaga tushiriladi. Shundan so`ng aralashmali probirka gorelka alangasida qizdiriladi, gaz holidagi mahsulot metan hosil bo`lishi kuzatiladi. Ajralib chiqayotgan gazga nay og`zida gugurt alangasi tutilsa, u ko`kimtir alanga berib yonadi. Demak, bu gaz - metan. CH3COONa + NaOH CH4 + Na2CO3 CH4 + 2O2 CO2 + H2O
Ajralib chiqqan gaz avval bromli suv solingan probirkadagi eritma orqali, keyin kaliy permanganat solingan probirkadagi eritmadan o`tkaziladi. Ikkala holatda ham eritmalar rangi o`zgarmaydi, ya`ni reaksiya amalga oshmaydi. Bu tajriba ham ajralib chiqqan gaz metan ekanligini tasdiqlaydi.
2- tajriba. Alkanlarni konsentrlangan mineral kislotalar bilan ta`siri. Reaktivlar: geksan, kons. H2SO 4 , kons. HNO3 Probirkaga 1 ml geksan solib, unga teng miqdorda kons. H2SO 4 aralashtiriladi. Bunda aralashma suv bilan sovutib turiladi. Geksan rangining o`zgarmasligi to`yingan uglevodorodlarning inertligini ko`rsatadi. Xuddi shunday tajriba kons.HNO 3 bilan o`tkazilganda ham eritma rangi o`zgarmaydi. Demak, to`yingan uglevodorodlarga nitrat kislota ham ta`sir etmaydi.
3 - tajriba. Alkanlarga kaliy permanganatning ta`siri. Reaktivlar: geksan, 1% li kaliy permanganat eritmasi 5% li natriy karbonat eritmasi. Probirkadagi 1ml geksanga 1ml soda eritmasi va bir necha tomchi kaliy permanganat eritmasi qo`shiladi va qattiq chayqatiladi. Kaliy permanganatga xos binafsha ran g yo`qolmaydi, chunki geksan va to`yingan uglevodorodlar bu sharoitda oksidlanmaydi.

4.2 Tuzlar va ularning turlari. O’rta tuzlar. Nordon tuzlar, asosli tuzlar, qo’sh tuzlar ularning olinishi, fizik va kimyoviy xossalari mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish tuzish. . Nordon tuzlar kislota tarkibidagi vodorodning bir qismi o’rnini metall olishidan hosil bo’lgan mahulotdir. Nordon tuz molekulastarkibida metal va kislota qoldig’idan tashqari, o’rnini metallga bera oladigan vodorod ham bo’ladi., masalan, NaHSO4, CaHPO4.

Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling