1.5 Oksidlarning kislotalar bilan ta’siri. Kislotali oksidlarning kimyoviy xossalari. Amfoter oksidlar. Betaraf oksidlar mavzulari bo’yicha kimyoviy eksperementlar o’tkazish. 1. Vodorod peroksidni topish reaktsiyalari Probirkaning 1/3 qismiga suv quying, uning ustiga kaliy bixromat eritmasidan 2—3 tomchi va suyultirilgan H2SO4 dan 2—3 tomchidan tomizing. 0,5 ml efir va H2O2 ning 3 % li eritmasidan ozgina quying.
Probirkani chayqatib, suyuqlikni aralashtiring va efir qavatining bo’yalishini kuzating.
Bunda sodir bo’ladigan reaktsiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
K2Cr2O7 +4H2O2 + H2SO4 = 2CrO3 + K2SO4 + 5H2O
2. Vodorod peroksidning olinishi.
Probirkaga distillangan suvdan 5 ml cha soling va shisha tayoqcha bilan chayqatib turib, 3—4 dona natriy peroksid qo’shing. Probirkani vodoprovod jo’mragi ostida tutib soviting va kuchsiz kislotali reaktsiyaga kelguncha (lakmusli qog’oz bilan tekshirib turib) suyultirilgan sulfat kislota qo’shing. Eritmani ikki probirkaga bo’lib qo’ying.
Birinchi probirkaga efir ishtirokida K2Cr2O7 eritmasida qo’shib, ikkinchisiga esa kraxmal kleysteri ishtirokida KJ eritmasidan qo’shib, H2O2 borligini isbotlang. H2O2 ning hosil bo’lish reaktsiyasi tenglamasini yozing.
3. Vodorod peroksidning katalik parchalanishi.
Probirkaga H2O2 ning 3 n li eritmasidan 1—2 ml quying va unga ozgina marganets (IV)-oksid soling. Ajralib chiqayotgan gazni uchi yallig’lanib turgan cho’p bilan sinab ko’ring. Reaktsiya tenglamasini yozing.
4. Sulfit angidrid va sulfit kislota xossalari bilan tanishish.
Nazariy qism. Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o’ziga xos o’tkir hidli, zaharli. Havodan 2,27 marta og’ir. 1 xajm suvda 40 xajm eriydi, suvda eriganda suv bilan qisman birikib, sulfid kislota hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |