Metallarni ichki tuzilishi


KOTISHMA TURLARI VA XOSSALAR


Download 313.5 Kb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi313.5 Kb.
#1391639
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu. Metallarni ichki tuzilishi

KOTISHMA TURLARI VA XOSSALAR
Ikki va undan ortik elementlarni birga suyultirish orkali xosil kilingan birikma kotishma deyiladi. Kotishmani tashkil etgan elementlarning xar biri komponent deb ataladi. Texnikada sof metallar emas, balki ularning kotishmalari ishlatiladi. Korroziyabardoshlik fakat kotishmalarning tarkibiga boglik bulmay, balki ularning strukturasiga, kotishmada xoil bulgan fazalarning xossalariga, strukturani tashkil kiluvchilarga, xosil kilingan strukturaning yuza kattaligiga, uning tuzilishiga, shakliga va uning sistemada tarkalishiga, shuningdek kotishmada xosil bulgan kuchlanishga va kotishmaning sirt tuziliщiga boglik.
Komponentlar suyuk xolatida bir-birida eriydigan, ammo kattik xolatida bir-birida mutlok erimaydigan va uzaro kimyoviy birikma xosil kilmaydigan kotishmalar mexanik aralashmalar deyiladi. Kotishmaning bir-biridan chegara sirt bilan ajralgan kismi faza deb ataladi.
Mexanik aralashmalarda, uni tashkil kiluvchi komponentlar soniga karab, ikki yoki undan kup fazalar buladi. Binobarin, ikki komponentli mexanik aralashma ikki fazali kotishma xisoblanadi.
Kupchilik metall kotishmalar suyuk xolatda bir jinsli, ya’ni komponentlari bir-birida erigan xolatda buladi va kristallanish jarayonida uning bir jinsliligi saklanib koladi. Bunday kotishmalarda komponentlarning atomlari umumiy kristall panjaraning tarkibiga kiradi, ya’ni komponentlari bir-birida eriydi. Demak, eruvchi komponentning eruvchanligi va erituvchi komponentning eritish kobiliyati kattik xolatda xam saklanib koladi. Bunday kotishmaning kristallanishi natijasida xosil bulgan kattik jism kattik eritma deyiladi. Binobarin, kattik eritma bir fazali, bir turdagi kristallardan iborat va bir kristall panjaraga ega bulgan kotishmadir.
Birlamchi kristallanish jarayonida komponentlarning uzaro kimyoviy reaktsiyaga kirishuvi natijasida xosil bulgan kotishmalar kimyoviy birikmalar deb ataladi. Kimyoviy birikmalar bir jinsli, ya’ni bir fazali kotishmalar jumlasiga kiradi.
Kotishmalarda ikkilamchi kristallanish jarayoni xam sodir buladi. Bu kristallanish kotishma komponentlarining allatropik shakl uzgarishlariga yoki kattik eritmalarni kisman yoki batamom parchalanishiga boglik. Kattik eritmalar parchalanganda yangi kattik eritma, kimyoviy birikma yoki mexanik aralashma xosil buladi.
Download 313.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling