Metallarni kesish jarayonining fizikaviy asoslari kesish kuchi quvvat kesish tezligi
Download 127.25 Kb.
|
METALLARNI KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY ASOSLARI KESISH KUCHI QUVVAT KESISH TEZLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesishjarayonida quvvat va energiya sarfining miqdori. Tayanch soz va iboralar: 1. Kesish kuchlari. 2.
METALLARNI KESISH JARAYONINING FIZIKAVIY ASOSLARI KESISH KUCHI QUVVAT KESISH TEZLIGI Reja: Kesish kuchining ta'rifi. Kesish kuchining nazariy tenglamasi. Kesish kuchlarini tajribada baholash. Kesishjarayonida quvvat va energiya sarfining miqdori. Tayanch so'z va iboralar: 1. Kesish kuchlari. 2. K. A. Zvorikin tenglamasi. 3. Bikirlik va vibratsiya. 4. Effektiv quwat. 5. Tokarlik dinamometrlari. Kesish kuchining ta'rifi Kesishjarayonida kesuvchi asbobning tig'iga asbobning ishchi hara-kat yo'nalishida surilishiga qarshilik kuchlari ta'sir etadi. Bu kuchlar-ning teng ta'sir etuvchisi kesish kuchi deb ataladi. (P harfi bilan belgilanadi va N yoki kN da o'lchanadi, 4.1 va 4.2-rasmlar). Kesish kuchini paydo qiluvchi manbalari quyidagilardir: ishlanayotgan materiallarning qirindi hosil bo'lishidagi plastik deformatsiyaga qarshiligi; plastik deformatsiyalangan metallning yangi yuzalar paydo bo'lish joylarida buzilishiga qarshiligi; kesilayotgan qirindining qo'shimcha egilishga va sinishga qarshiligi; kesuvchi tig'dagi va asbob ishchi qismining boshqa kontaktlana-yotgan yuzalardagi ishqalanish kuchlari. Keskich absolut birlikka ega deb hisoblab, kesishga qarshilik kuchlarining vektori asosiy kesuvchi qirraning kontaktlanuvchi qismi o'rtasi (A nuqta)ga qo'yilgan holda ta'sir etadi deb olish mumkin. Texnologik hisoblarning qulay bo'lishi uchun va kuchni o'lchash sxe-malarini e'tiborga olib teng ta'sir etuvchi kuch P fazoviy x, y, z o'qlari sistemasida quyidagi tashkil etuvchilarga ajratiladi (4.3-rasm). P-o'а bo'ylab yo'nalgan kuch (o'q kuchi), u ishlanayotgan zago-tovkaning unga surish s yo'nalishi bo'yicha keskichning botib kirishiga qarshiligi va shu yo'nalishida ta'sir etuvchi ishqalanish kuchlari yig'indisiga teng. Px kuchinnig qiymati bo'yicha shpindelning va stanok surish mexanizmi tayanchlari mustahkam-likka hisoblanadi. P,-radial kuch, u ishlanayotgan zagotovkani gorizontal tekislikda ega-di; buning natijasida nisbatan uzun zagotovkalarning ishlov berish aniqligi pasayishi mumkin, zaruriyati bo'lmagan vibratsiyalar paydo bo'ladi; bu kuch stanok ko'ndalang surish mexanizmining mustah-kamligini aniqlashda hisobga olinadi. P- "kesish kuchi" (P kuchining bosh yoki vertikai yoxud tan-gensial tashkil etuvchisi). Pz kuchi z o'qi bo'ylab yo'nalgan barcha kuchlar-qirindi hosil bo'lishidagi kesilayotgan qatlamning plastik deformatsiyaga qarshilik kuchlari, yangi yuzalar hosil bo'lishidagi metallning buzilishi hamda kesilayotgan qirindining egilishi bilan bog'liq bo'lgan kuchlar, shuningdek, ishqalanish kuchlarining yig'indisidan iborat. Bu kuch bo'yicha stanokning quwatini, kesish-dagi ish miqdorini va keskichning yz tekisligida egilishga qarshiligini hisoblab topiladi. Kesishga qarshilik ko'rsatuvchi barcha kuchlarning teng ta'sir etuvchisi quyidagicha aniqlanadi: Px, Py, Pz kuchlarining qiymatlari va ular orasidagi o'zaro muno-sabatga keskichning geometrik parametrlari, kesish rejimining xarak-teristikasi, materiallarning xossalari va ishlov berish sharoiti ta'sir ko'rsatadi. Odatda eng katta qiymatga P_ kuchi ega bo'lib, ko'pincha uni kesish kuchi deb ataladi va Pharfi bilan belgilanadi. Kesish kuchlarining tashkil etuvchilari uchun o'rtacha quyidagi munosabatni qabul qilish mumkin: P:P:P=l:0,45:0,35. Download 127.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling