Metallarni kesishda sovitish, moylash suyuqliklari va usullari


Sovitish-moylash moddalarining tarkibi


Download 72.08 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi72.08 Kb.
#1545785
1   2   3   4
Bog'liq
METALLARNI KESISHDA SOVITISH abdullo

Sovitish-moylash moddalarining tarkibi. Metallarni kesib-ishlashda kullaniladigan sovitish-moylash suyuqliklarini uchta guruxga bulish mumkin.


I - Suvli suyuqliklar:
1 ) elektrolitli eritmalari;
2 ) yuvuvchi moddali eritmalari;
3 ) emulosiya;
4 ) moylarning yarimtiniq eritmalari.
II. Moylar:
1 ) mineral;
2 ) chukindili mineral;
3 ) tabiiy moylar.
III. Gazlar.

Suvli suyuqliklar katta sovitish qobiliyatiga ega. YAngi qiyin ishlov beriladigan metallar va qotishmalarning keng kUlamda tarqalishi bilan suvli suyuqliklar borgan sari katta maonoga ega bUlmoqda.


Suvli suyuqlik va moylarning sovitish-moylash xossalari, ularning tarkibiga turli moddalarini qushish bilan oshadi.
Sovitish-moylash suyuqliklari ishlov berish turi va maoromini, detal va kesuvchi asbob materialining xossalarini, ishlov berilgan yuza tozaligiga talablar, ishlolov berish aniqligini xisobga olib tanlanishi kerak.
Suvli suyuqliklar: yunish, parmalash, razvertkalash, frezerlash, jilvirlash, rezoba ochish uchun; moylar: xoninglash, metchiklar va plashkalar bilan rezoba ochish, tish ochish, chuqur teshiklarni parmalash, avtomat ishlov berish uchun tavsiya etiladi.
Metall kesuvchi asboblar bilan (keskichlar, parmalar, frezalar) qora ishlov berish uchun, shuningdek jilvirlash uchun yaxshi sovitish xususiyatlariga ega bulgan suyuqliklar yaroqli xisoblanadi.
Bunday ishlarda elektrolitlarning suvdagi eritmalari yoki 2,5-30% li emulosiya, jilvirlash uchun 1 – 2 % li moy eritmalari kullaniladi.
Yarim toza operatsiyalarda emulosiyalar ( 3 – 4 % li emulgirlovchi) eritilgan moylar va elektrolitli eritmalardan foydalaniladi.
Qiyin ishlov beriladigan materiallarni kesib ishlashda, shuningdek toza sidirish, rezoba ochish, shakldor yunish kabi operatsiyalar uchun kesish va sovitish-moylash xususiyatlari yuqori bulgan suyuqliklar talab etiladi.
Metallarga kesib ishlov berishda kullaniladigan suvli emulsiyalar tarkibida 2 – 10 % emulsol mavjud.
Eng kup tarqalgan spirtli emulsolning taxminiy tarkibini (% larda) keltiramiz.

Olein kislatasi 6 – 10 %;
Kanifol 7 – 10 %;
Mineral moy 75 – 80 %;
Spirt 3 – 4 %;
Suv 3 – 7 %.
Kaustik soda eritmasi 3 – 4 %

Emulsiyani tayyorlashda suvni dastlab kaltsiyli soda yoki natriy geksametafosfati bilan yumshatiladi.


Moylar ichida eng kup tarqalgani sulofofrezol deb ataluvchi moy xisoblanadi. Uning tarkibida 70 – 78 % vereten, 1,8 – 2,0 % nigrol, 1,8 – 2,0 % oltingugurt moylari mavjud.
Ishlatish jarayonida sovitish-moylash suyuqlarining tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Suvli eritmalar engil parchalanadi, bunda dastgox detallarida kukunsimon chang tUplanadi, bu yuqori ishqalanish, eyilish va korroziyaga olib kelishi mumkin. SHuning uchun dastgoxlarining ochiq qismlari puxta artilishi va moylanishi shart, ayniqsa dasgox yUnaltiruvchilari. Suvning parlanishida elektrolitning eritmadagi kontsetratsiyasi ortadi, bu ishchilarni teri kasalliklari olib kelishi mumkin va dastgoxlarni bUyuqlari emirilib ketadi. SHunga asosan sovitish-moylash suyuqliklari muayyan chegaralarda davriy ravishda nazorat qilinib turilishi shart.

Download 72.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling